|
10-Mavzu Sensor imkoniyati (resolution)
|
bet | 1/7 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #133793 |
Bog'liq 10-Mavzu 10-Mavzu Sensor imkoniyati (resolution). Reja - Kirish
- Fazoviy imkoniyat (Spatial resolution)
- Spektrli imkoniyat (Spectral resolution)
- Radiometrik imkoniyat (Radiometric resolution)
- Davriy imkoniyat (Temporal resolution)
Kirish - Ma’lumot to‘plash tizimida 4 ta asosiy imkoniyat mavjud. Ko‘rinuvchi va infraqizil diapazonda ishlaydigan masofadan zondlash uskunasining asosiy tasvirga olish xususiyatlari uning fazoviy, vaqtincha, spektrli va radiometrikimkoniyati bilan ifodalanadi. Boshqa muhim xususiyatlari sifatidasensorlarning ishlash usullari (elektromexanik yoki elektrik) va geometrik xususiyatlarini sanab o‘tishimiz mumkin. Masofadan zondlangan tasvirdan biofizik yoki boshqa turli ma’lumotlarni ajratib olish uchun tahlilchi yuqorida sanab o‘tilgan imkoniyatlarni bilishi lozim. Imkoniyat – optik tizim yoki sensorning fazoviy yaqin yoki spektrli o‘xshash signallar orasidagi farqni o‘lchash imkoniyati bilan aniqlanadi. Bu to‘rtta imkoniyat birgalikda sensorning imkoniyati deb ataladi.
Fazoviy imkoniyat (Spatial resolution) - Мasofadan zondlash asboblarining аyrimlarida tasvirga olinayotgan obyekt va platforma orasidagi masofa olingan tasvirning tafsilotliligi va tasvirga olingan umumiy maydonni aniqlashda katta rol o‘ynaydi. Obyektdanuzoq masofada joylashgan platformadagi sensorlar katta maydonni kuzata oladi, lekin batafsil ma’lumot bilan ta’minlay olmaydi. Astronavt fazodan Yerga qaraganda ko‘rinadigan va biz samolyotdan Yerga qaraganda ko‘rinadigan maydonni taqqoslab ko‘ring,astronavt bir qarashda to‘liq viloyat yoki davlatni ko‘ra oladi, lekin har bir alohida binoni farqlay olmaydi. Samolyotda esa shahar yoki qishloq ustidan o‘tayotganimizda alohida bino yoki mashinalarni ko‘ra olamiz, lekin biz ko‘radigan maydon astronavt ko‘radigan maydondan ancha kichik. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va aerosuratlar orasida ham shunday farq bor.
Tasvirdan ajratib olinadigan tafsilotlar sensorning fazoviy imkoniyatiga bog‘liq va ma’lumot olinishi mumkin bo‘lgan eng kichik shaklning o‘lchamlarini anglatadi. Passiv sensorlarning fazoviy imkoniyatiasosan ularning lahzali ko‘rinish maydoniga bog‘liq (IFOV–Instantaneous Field of View). Lahzali ko‘rinish maydoni sensorning burchakli konus ko‘rishi va belgilangan balandlikdan ma’lumbir vaqtdagi ko‘rinishning yer yuzasidagi maydonini aniqlaydi. Lahzali ko‘rinish maydon ma’lum bir vaqtda, belgilangan balandlikdagi yagona asbobga ko‘rinadigan yerdagi maydon sifatida ham aniqlanishi mumkin.Yerdagi bu maydon imkoniyat katakchasidir va sensorning maksimal fazoviy imkoniyatini aniqlaydi. Bu ikki yo‘l bilan aniqlanishi mumkin: burchakli o‘lchash sifatida yoki Yerdagi maydon sifatida. Lekin aksariyat sun’iy yo‘ldoshlarning orbitalari barqaror emas. Chunki sun’iy yo‘ldoshning haqiqiy balandligi o‘zgarishi bilan unga bog‘liq holdafazoviy imkoniyat ham o‘zgarishi mumkin. Lahzali ko‘rinish maydoni balandlik kamaysa kichrayadi va balandlik oshsa kattalashadi. Shuning uchun amaliyotda biz sensor tizimining o‘rtacha fazoviy imkoniyatini aniqlaymiz. Landsatning 1,2 va 3 ko‘p spektrli sensorlarining fazoviy imkoniyati 79 m deb yuritiladi. Haqiqiy imkoniyatesa 76 dan 81 metrgacha o‘zgaradi. Lahzali ko‘rinish maydoniga yanada aniqlik kiritish uchun geometrik proyeksiya ishlatiladi va bu lahzali geometrik ko‘rinish maydoni deyiladi. Lahzali ko‘rinish maydonidagi ma’lumot tasvir tekisligidagi tasvir elementi yordamida ifodalanadi, bu tasvir elementi piksel deb ataladi. Ko‘rinish maydoni bu sensorning umumiy ko‘rish burchagi, kenglikni aniqlashda foydalaniladigan va lahzali ko‘rish maydoniga bog‘liq emas. - Tasvirdan ajratib olinadigan tafsilotlar sensorning fazoviy imkoniyatiga bog‘liq va ma’lumot olinishi mumkin bo‘lgan eng kichik shaklning o‘lchamlarini anglatadi. Passiv sensorlarning fazoviy imkoniyatiasosan ularning lahzali ko‘rinish maydoniga bog‘liq (IFOV–Instantaneous Field of View). Lahzali ko‘rinish maydoni sensorning burchakli konus ko‘rishi va belgilangan balandlikdan ma’lumbir vaqtdagi ko‘rinishning yer yuzasidagi maydonini aniqlaydi. Lahzali ko‘rinish maydon ma’lum bir vaqtda, belgilangan balandlikdagi yagona asbobga ko‘rinadigan yerdagi maydon sifatida ham aniqlanishi mumkin.Yerdagi bu maydon imkoniyat katakchasidir va sensorning maksimal fazoviy imkoniyatini aniqlaydi. Bu ikki yo‘l bilan aniqlanishi mumkin: burchakli o‘lchash sifatida yoki Yerdagi maydon sifatida. Lekin aksariyat sun’iy yo‘ldoshlarning orbitalari barqaror emas. Chunki sun’iy yo‘ldoshning haqiqiy balandligi o‘zgarishi bilan unga bog‘liq holdafazoviy imkoniyat ham o‘zgarishi mumkin. Lahzali ko‘rinish maydoni balandlik kamaysa kichrayadi va balandlik oshsa kattalashadi. Shuning uchun amaliyotda biz sensor tizimining o‘rtacha fazoviy imkoniyatini aniqlaymiz. Landsatning 1,2 va 3 ko‘p spektrli sensorlarining fazoviy imkoniyati 79 m deb yuritiladi. Haqiqiy imkoniyatesa 76 dan 81 metrgacha o‘zgaradi. Lahzali ko‘rinish maydoniga yanada aniqlik kiritish uchun geometrik proyeksiya ishlatiladi va bu lahzali geometrik ko‘rinish maydoni deyiladi. Lahzali ko‘rinish maydonidagi ma’lumot tasvir tekisligidagi tasvir elementi yordamida ifodalanadi, bu tasvir elementi piksel deb ataladi. Ko‘rinish maydoni bu sensorning umumiy ko‘rish burchagi, kenglikni aniqlashda foydalaniladigan va lahzali ko‘rish maydoniga bog‘liq emas.
|
| |