• Tasvirga olishda quyidagi holatlarda vaqt omili talab etiladi
  • Davriy imkoniyat (Temporal resolution)




    Download 0,55 Mb.
    bet6/7
    Sana10.01.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #133793
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    10-Mavzu

    Davriy imkoniyat (Temporal resolution)

    • Masofadan zondlash tizimida fazoviy, spektrli va radiometrik imkoniyat bilan birga davriy imkoniyat tushunchasini ham hisobga olish kerak. Masofadan zondlash tizimining davriy imkoniyati deganda ma’lum bir maydonni qay darajada tez-teztakroran tasvirga olish tushuniladi. Past davriy imkoniyat deganda platformaning belgilangan maydonni tez-tez bo‘lmagan vaqt oralig‘ida tasvirga olishi, yuqori davriy imkoniyat esa belgilangan maydonni tez-tez vaqt oralig‘ida tasvirga olishi tushuniladi. Masofadan zondlashni ayrim sohalarda qo‘llanilishida davriy imkoniyat muhim omil hisoblanadi. Masalan, ekinlarning o‘sish jarayonini monitoring qilishda har 10 kunda tasvirga olish talab qilinadi, lekin har yili bir marta olinadigan tasvirlar shaharlarningo‘sishini kuzatishda foydalaniladi.
    • Tez kunlarda olinadigan tasvirlarni tahlil qilish vaqt davomida bo‘ladigan o‘zgarishlar haqidagi ma’lumot bilan ta’minlaydi. Shuning uchun belgilangan vaqt oraliqlarida belgilangan joyning bir nechta tasviri talab qilinadi. Turli vaqt davomida Yer yuzasidagi ma’lum bir maydonning tasvirlarini to‘plash imkoniyati masofadan zondlash ma’lumotlarini qo‘llashda eng muhim element hisoblanadi. Obyektlarning spektrli xususiyatlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi va bu o‘zgarishlar ko‘p-davriy tasvirlarni yig‘ish va taqqoslash orqali aniqlanadi. Masalan, o‘simlik dunyosining o‘sish davrida aksariyat o‘simlik turlari davomiy o‘zgaribturadi va ushbu kichik o‘zgarishlarni masofadan zondlash yordamida monitoring qilish tasvirlarni qachon va qay darajada tez-tez yig‘ishimizga bog‘liq. Turli vaqtlarda davomiy tasvirga olish orqali biz Yer yuzasida bo‘layotgan o‘zgarishlarni ular tabiiy sodir bo‘lishi (vegetatsiya qoplamidagi o‘zgarishlar yoki suv toshqini) yoki insoniyat tomonidan sodir etilishidan qa’tiy nazar (shaharlarning rivojlanishi yoki o‘rmonlarning kesilishi) monitoring qilishimiz mumkin.

    Tasvirga olishda quyidagi holatlarda vaqt omili talab etiladi:

    • Tasvirga olishda quyidagi holatlarda vaqt omili talab etiladi:
    • Doimiy bulut bilan qoplanganlik Yer yuzasini aniq ko‘rinishiga to‘sqinlik qiladi (tropik mintaqalarda).
    • Qisqa vaqt davom etgan hodisa (suv toshqini, neft qoplami va boshqa).
    • Ko‘pdavriy taqqoslashlar talab qilinadi (o‘rmondagi daraxtlar kasalligining yillar davomida tarqalishi).
    • Vaqt o‘tishi bilan obyektlar ko‘rinishining o‘zgaruvchanligi ularni boshqa o‘xshash obyektlardan farqlashda ishlatiladi (bug‘doy yoki jo‘xori).
    • Masalan, IRS-1A sun’iy yo‘ldoshida 22 kun davriy imkoniyat mavjud, bu esa aynan bir joyning tasvirini har 22 kunda takroran tasvirga olish imkoniyatini beradi. Biz ushbu bobda qayta o‘tish davri tushunchasi haqida aytib o‘tgandik, bu sun’iy yo‘ldoshning bitta to‘liq orbita aylanishini bosib o‘tish vaqtiga aytiladi. Odatda sun’iy yo‘ldoshning qayta o‘tish davri bir necha kundan iborat. Shuning uchun, masofadan zondlash tizimining absolyut davriy imkoniyati bir xil ko‘rinish burchagi ostida aniq bir joyni ikkinchi marta tasvirga olinishi bu bir davrga teng.

    Download 0,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davriy imkoniyat (Temporal resolution)

    Download 0,55 Mb.