Korxonaning xodimlar bilan ta’minlanganligini aniqlash




Download 101 Kb.
bet2/3
Sana27.05.2024
Hajmi101 Kb.
#255209
1   2   3
Bog'liq
6-mavzu (2)

2. Korxonaning xodimlar bilan ta’minlanganligini aniqlash. Korxonaning xodim bilan taominlanganligini tahlil qilish uchun analitik jadval tuziladi va tahlili amalga oshiriladi.
Xodim sonini tahlil qilishda o‘zimizda va chet el tajribalarida qabul qilingan yondashuvlar o‘rtasida keskin farq yo‘q. Son jihatidan xodimga bo‘lgan talabni tahlil qilishning yana bir necha usullari mavjud.
Xodim sonining mutlaq farqini (o‘zgarishini) aniqlash. Tahlil haqiqatdagi sonning rejaga nisbatan, umuman, xodimlarning kategoriyalari bo‘yicha mutlaq o‘zgarishini hisoblashdan boshlanadi. Tahlil uchun ma’lumotlar 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval




Korxonada xodimlar sonining o‘zgarishi






Xodimlar kategoriyalari

Xodimlar soni

Ishlovchilarning mutlaq ortiqcha yoki kamligi

Bazis yil

reja

haqiqat

gr.2-gr1

gr.3-gr1

gr3 -gr2

Barcha xodimlar, jumladan

822

824

820

Q2

-2

-4

SIX
bundan:

820

820

819

-

-1

-1

Ishchilar ulardan:

720

710

709

-

-1

-1

Asosiy yordamchi

427
293

427
283

422
287

-
10

-5
-6

-5
Q4

Mutaxassislar

73

80

79

Q7

Q6

-1

Xizmatchilar

25

26

26

Q1

Q1

-

Nosanoat personal

2

4

1

Q2

-1

-3



Hisob-kitob natijalari shuni ko‘rsatadiki, umuman olganda, korxona kadrlar bilan etarli taominlangan. Xodimlarni kategoriyalari bo‘yicha reja maolumotlaridan mutlaq o‘zgarish statistikasi korxonada asosiy ishchilar (5 nafarga) etishmasligini ko‘rsatadi, ammo yordamchi ishchilar 4 nafarga ortiq. Ishlab chiqarish jarayonida hamma ishchilar ham bir xil rol o‘ynamaydi. Mahsulot ishlab chiqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi ishchilar sonini tahlil qilishda faqatgina mutlaq o‘zgarish statistikasi bilan chegaralanib qolish murnkin emas.
Ishchilar sonining reja ma’lumotlaridan nisbiy o‘zgarishini aniqlaymiz.
Bu o‘lcham ishlab chiqarish rejasining bajarilish darajasiga nisbatan to‘g‘rilangan rejadagi va haqiqatdagi son o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Masalan, ishlovchilar soni va ishlab chiqarish hajmi o‘zaro to‘g‘ri proporsionaldir. Quyidagi misolda tovar ma’suloti ishlab chiqarish rejasi 98%ga bajarilgan. Bu yerdan ishlab chiqarish hajmi uchun talab qilinadigan ishchilarni quyidagicha aniqlaymiz: reja bo‘yicha ishchilar sonini ma’sulot ishlab chiqarish rejasini bajarganlik foiziga ko‘paytiriladi va 100 gabo‘linadi 710-98:100q696.
Nisbiy o‘zgarish 709-696q13 nafarga teng. Shunday ekan, berilgan ishlab chiqarish hajmida ortiqcha ishchilar 13 nafarni tashkil qiladi.
3-jadval ma’lumotlaridan foydalanib, xodimlar tarkibini tahlil qilamiz.
3-jadval
Xodimlar tarkibini tahlili

Xodimlar kategoriyalari

Xodimlar kategoriyalari salmog‘i,%

Farq, %

Bazis yil

Reja



Haqiqat

gr.2- gr 1

gr 3- gr 1

gr3-gr2

1 Ishchilar,
jumladan
-asosiy
-yordamchi

87,8

52,0
35,8



86,6

52,0
34,5



86,6

51,2
35,1



-1,2

-
-1,3



-1,2

-0,5
-0,7



-

-0,5
-0,6



2. Mutaxassislar

9,9

9,8

9,6

Q0,9

Q0,7

-0,2

3. Xizmatchilar

3,1

3,2

3,3

Q0,1

0,1

-

Jami SIX

100,0

100,0

100,0










Tahlil vaqtida asosiy ishchilarga nisbatan xizmat qiluvchi yordamchi ishchilarning soni qisqarganligiga alohida e’tibor berish kerak. Yordamchi ishchilar salmog‘ining kattaligi ko‘pgina ishlab chiqarishni tashkil qilishda va yordamchi ishlar mexanizatsiyasida kamchiliklar borligini tavsiflaydi. Biroq, yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asosiy va yordamchi ishchilar mutlaq sonining kamayganlik holatida asosiy ishchilar sonining keskin qisqarib ketishi va yordamchi ishchilar sonining ko‘payishiga olib kelishini hisobga olish kerak.
3-jadvalda ishlovchilar sonining koeffitsiyentlarini hisoblash natijalari berilgan (SIX sonidan xodimlar kategoriyalari salmog‘i).
Korxonaning xodimlar bilan ta’minlanganligi, tahlilining keyingi bosqichida uning sifat tarkibini o‘rganiladi.
Sifat jihatdan talab, ya’ni kategoriyalar kasb, mutaxassislik, xodimlar malakasi darajasi bo‘yicha talab quyidagilarga asoslangan holda tahlil qilinadi:

  • ish jarayoniga ishlab chiqarish texnologik hujjatlarda qayd qilingan ishlarni kasb-malakaga bo‘lish;

  • ish joylari tariflarida yoki lavozim yo‘riqnomalarida belgilangan lavozim yoki ish joylariga talablar;

  • lavozimlar tarkibi belgilangan korxona yoki uning bo‘limlari, shtatlar ro‘yxati;

  • ijrochilar tarkibining kasb-malaka bo‘yicha talablar ajratib ko‘rsatilgan turli tashkiliy-boshqaruv jarayonlarini aniq belgilaydigan hujjatlar.

Kasblar, mutaxassisliklar va boshqalarning sifat talablari tahlili har bitta sifat talabi mezonlari bo‘yicha xodimlar sonini hisoblash bilan birgalikda olib boriladi.
Xodimlarga umumiy ehtiyoj ba’zi sifat mezonlari bo‘yicha son jihatidan talab yig‘indisini aniqlash orqali topiladi.
Xodimlarning sifat tarkibini tahlil qilish kadrlarga bo‘lgan son va sifat ehtiyojlarini oldindan bilish va mavjud tarkib talablarga to‘g‘ri kelishi uchun tadbirlar belgilash (tanlash, ishga qabul qilish, tayyorlash, adaptatsiya, malakasini oshirish, gorizontal va vertikal joylashtirish, ishdan bo‘shatish va h.k.), xodimni o‘qitish va malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqish uchun kerak.
Korxonada ishchi kuchi bilan ta’minlanganlikning son ko‘rsatkichi qo‘shimcha ehtiyoj miqdorini aniqlashga yordam bersa sifat ko‘rsatkichi esa professional tarkibini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ma’muriy-boshqaruv personali har bir xodimining haqiqiy ma’lumot darajasi egallab turgan lavozimiga mos kelishi nuqtai nazaridan tekshirish va kadrlar tanlash, ularni tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq masalalarni o‘rganib chiqish lozim.
Xodimlarning malaka darajasi ko‘p jihatdan ularning yoshiga, ish stajiga, ma’lumoti va hokazolarga bog‘liq. Shu sababli tahlil jarayonida ishchilarning yoshi, ish staji, maolumoti bo‘yicha o‘zgarishlar o‘rganiladi. Bu o‘zgarish ishchi kuchining harakati natijasida sodir bo‘lishi sababli bu masalaga tahlil jarayonida katta e’tibor beriladi.
Xodimlarning bo‘shab ketish sabablarini (o‘z ixtiyori bilan, kadrlar qisqarishi, mehnat intizomini buzganlik uchun va h.k.lar) o‘rganish zarur.
Agar korxona o‘z faoliyatini kengaytirsa, ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirsa, ya’ni ish o‘rinlarini tashkil etsa, u holda ishchi kuchiga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyojlarni toifalar va kasblar bo‘yicha aniqlash, ularni jalb qilish manbalarini topish kerak.
Qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etish hisobiga mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish zahiralari bu o‘rinlar sonini bitta xodim hisobiga o‘rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarish miqdoriga ko‘paytirish bilan aniqlanadi.



Download 101 Kb.
1   2   3




Download 101 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonaning xodimlar bilan ta’minlanganligini aniqlash

Download 101 Kb.