Kadrlar bo‘limining etakchi mutaxassisiga bo‘lgan
ASOSIY TALABLAR
1.1. Kadrlar bo‘limining etakchi mutaxassisi lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga va uch yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinaladi.
1.2. Kadrlar bo‘limining etakchi mutaxassisi quyidagilarni bilishi zarur:
a) qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni, mehnat qonunchiligi;
b) Palataning tuzilmasi va shtatlari, uning ixtisoslashuvi va rivojlanish istiqbollari; Palataning kadrlar siyosati va strategiyasi;
v) kadrlar va ularing harakati bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish, yuritish va saflash tartiblari; g) tabel hisobotini tashkil etish; kadrlar harakatini hisobga olish usullari, belgilangan hisobotlarni tuzish tartibi;
d) kadrlar xizmati ishida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari;
e) orgtexnikadan foydalanish;
j) mehnat muhofazasi qoidalari va me’yorlari.
z) quyidagi kompyuter dasturlari: EDO, Word, Excel, Outlook Express. Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
1.3.Mazkur lavozim yo‘riqnomasining amal qilish muddati 1 (bir) yil.
Kadrlar bo‘limining etakchi mutaxassisi quyidagi vazifalarni bajaradi:
2.1. Hududiy boshqarmalari, Axborot-maslahat markazlari, unitar korxonalardagi xodimlarning kadrlarga oid hujjatlarini rasmiylashtirish, yuritish va saqlash bo‘yicha ishlarni olib boradi. 2.2. Pensiya sug‘urtasiga oid hujjatlar, shuningdek, Palata ishchilari va ularning oilalariga nafaqalarni belgilash uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
2.3. Harbiy majburiyatga ega xodimlar, ularni bronlashga oid hujjatlar hisobotini yuritadi va rasmiylashtiradi, harbiy-hisob mutaxsassislik tarkib bo‘yicha tuman harbiy boshqarmalari bilan tekshiruvlar olib boradi.
2.4. «Germes» dasturi bo‘yicha elektron hujjatlar aylanmasini yuritish, xodimlarning professional-funktional faoliyati sifati va darajasini baholash ko‘rsatkichlari monitoringini amalga oshirish, Palata xodimlari haqida ma’lumotlar bankini yaratish, uni o‘z vaqtida to‘ldirish, foydalanuvchilarga tezkor zarur ma’lumotlarni taqdim etishga oid ishlarni amalga oshiradi.
2.5. Shaxsiy tarkibni hisobga olish va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha belgilangan hisobot tuzilishini ta’minlaydi.
2.6. Joriy saqlashning belgilangan muddatlari tugagunicha hujjatlarni arxivga saqlash uchun tayyorlaydi, belgilangan hisobotni tayyorlaydi.
Kadrlar bo‘limi etakchi mutaxassisining huquqlari:
3.1. Kadrlar bo‘limi boshlig‘ining topshirig‘iga binoan Palataning bo‘linmalari va hududiy boshqarmalaridan kadrlar bo‘limi faoliyatiga oid zarur materiallar va hujjatlarni so‘rash va olish.
Kadrlar bo‘limi etakchi mutaxassisi quyidagilar uchun javobgar bo‘ladi:
4.1. O‘z funksional majburiyatlarini bajarmaganligi uchun.
4.2. Kadrlar bo‘limi boshlig‘ining buyruqlari, topshiriqlarini bajarmaganligi uchun.
4.3. Mehnat va ijro etish intizomiga rioya etmaganligi uchun.
4.4. Xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalarini buzganligi uchun.
Mehnat sharoitlari
5.1. Kadrlar bo‘limi etakchi mutaxassisining ish rejimi Palata belgilangan Ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq belgilanadi.
5.2. Ishlab chiqarish zaruriyati yuzasidan etakchi mutaxassis xizmat safarlariga chiqishi mumkin.
|