|
Innovatsion menejmentda yangi texnologiyalarni joriy qilish yo'llari asadbek Mustafoyev Bahodir o’g’li
|
bet | 1/4 | Sana | 16.09.2024 | Hajmi | 27,41 Kb. | | #271196 |
Bog'liq 01. Asadbek Mustafoyev Bahodir o’g’li
INNOVATSION MENEJMENTDA YANGI TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH YO'LLARI
Asadbek Mustafoyev Bahodir o’g’li
QarMII Iqtisodiyot fakulteti “Menejment “ ta’lim yoʻnalishi
MJ-160-21, 4-bosqich talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada innovatsion menejmentning yangi texnologiyalarni joriy qilish yo'llari va ularning korxona samaradorligiga ta'siri tahlil qilinadi. Yangi texnologiyalarni joriy qilishning ahamiyati, innovatsion menejmentning asosiy tamoyillari va strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, texnologiyalarni tadqiqot qilish, moslashtirish va xodimlarni o'qitish jarayonlarining muhimligi, jarayonlarni avtomatlashtirish va yangi mahsulotlar yaratish yo'llari haqida so‘z yuritiladi. Maqola natijalarida yangi texnologiyalarni joriy qilishning korxonaning umumiy samaradorligi, raqobatbardoshligi va moliyaviy natijalariga ijobiy ta'siri keltirilgan.
Kalit so'zlar: Innovatsion menejment, yangi texnologiyalar, texnologik rivojlanish, integratsiya, avtomatlashtirish, strategik rejalashtirish, jarayonlarni optimallashtirish.
Kirish. Bugungi kunda jahon iqtisodiyotining tezkor rivojlanishi, raqobatbardoshlikning kuchayishi va texnologik o'zgarishlar korxonalarni innovatsion menejmentga o'tishga undaydi. Innovatsion menejment – bu korxona ichida yangi g'oyalar, texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlarni joriy qilish jarayonlarini boshqarish bo'lib, korxonaning bozor talablariga tezkor javob qaytarishi va raqobatbardoshligini saqlab qolishi uchun zarurdir. Ushbu maqolada yangi texnologiyalarni joriy qilish yo'llari, ularning ahamiyati va natijalari haqida batafsil tahlil qilinadi.
Yangi texnologiyalarni joriy qilish korxona samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Bu jarayon korxona ichidagi ish jarayonlarini avtomatlashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, sifatni yaxshilash va xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Shuningdek, yangi texnologiyalar mijozlar ehtiyojlarini tezkor qondirish, bozorning o'zgaruvchan talablariga moslashish va yangi bozor segmentlarini o'zlashtirishda muhim rol o'ynaydi.
Innovatsion menejmentning asosiy tamoyillari
|
| |