|
7-mavzu. Mehnat unumdorligini oshirish omillari va manbalarini tahlili
|
bet | 1/2 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 141 Kb. | | #255211 |
Bog'liq 7-mavzu 1-ma`ruza
7-mavzu. Mehnat unumdorligini oshirish omillari va manbalarini tahlili
REJA
1 Mehnat unumdorligini oshirish omillari va zahiralarini tahlil qilish yo‘nalishlari
2 Mahsulot mehnat sig‘imining tahlili.
1. Mehnat unumdorligini oshirish omillari va zahiralarini tahlil qilish yo‘nalishlari. Mehnat unumdorligining oshishi uning darajasiga ta’sir etadigan barcha omillarni va imkoniyatlarni ko‘paytirishni taqazo etadi. Mehnat unumdorligi omillari - mahsulot, ish yoki xizmatlar ishlab chiqarishda yollanma mehnat sarfi miqdorining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi sabablar, harakatlantiruvchi kuchlardir. Bu omillar o‘z navbatida moddiy – texnikaviy, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy-ruhiy omillarga ajratiladi.
Moddiy-texnikaviy omillarga: ilm-fan yutuqlarini joriy etish,
uskunalarni zamonaviylashtirish, mehnat predmetlari va qurollarini texnik
darajasini oshirish, progressiv texnologik jarayonlarni, ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash kabi chora va tadbirlar kiradi.
Ushbu tadbirlar yordamida qariyb 60% mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi
o‘sishi ta’minlanadi.
Tashkiliy omillar – ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kombinatsiyalash borasida kengaytirish, ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish, mehnatning ilg‘or usullari va uslublaridan foydalanish, ish joylarini tashkil etishni va ularga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, ish joylarining xavfsizligini ta’minlashga oid tadbirlar tushiniladi. Iqtisodiy omillar – mehnat natijalariga binoan moddiy rag‘batlantirishni, biznes-rejalashtirish usullarini, mehnat unumdorligini o‘lchash usullarini takomillashtirish, barqaror moliyaviy muhitni ta’minlash kabi chora-tadbirlar majmuasi kiradi. Ijtimoiy-ruhiy omillar–xodimlarning siyosiy, madaniy-texnik, ma’naviy barkamolligini ta’minlash, mehnat jamoalarining sifati, ularning ijtimoiy demografik tarkibi, xodimlarning intizomliligi, mehnat borasidagi faolligi va ijodiy tashabbuskorligi, jamoaning jipslashuv darajasi, mehnatni ma’naviy rag‘batlantirish rolini yanada oshirish kabi tadbirlar.
Bundan tashqari mehnat unumdorligi tabiiy va ijtimoiy mehnat
sharoitlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, tog‘-ruda korxonasida ruda
tarkibida temir kamaysa, rudani qazib chiqarish oshishiga qaramasdan
mehnat unumdorligi pasayadi.
Agar bitta ishchining ruda qazib chiqarishi 8%ga oshsa, ruda
tarkibidagi metall o‘rtacha 5%ga kamaysa tabiiy omillar ta’sirida yakuniy
mahsulot bo‘yicha mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi faqat 2,6%ga
ko‘payadi (1,08·0,95·100-100). Ayrim xollarda tabiiy omillar mahsulot
mehnat sarfiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladi. Har bir omil mehnatni tejash
bo‘yicha baholanadi va ish vaqtidan oqilona foydalanish bilan
ta’minlanadi.
Ishlab chiqarishning texnik darajasini oshishi natijasida mehnat unumdorligi o‘sishining tahlili yangi uskunalarni joriy qilish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, qo‘l mehnatini kamaytirish, mavjud uskunalardan samarali foydalanish natijasida ishchilar sonini kamaytirishni aniqlash imkonini beradi.
Mehnat unumdorligini oshirishning imkoniyatlari (rezervlari) – ishlab chiqarish korxonalarida samaradorlikni yanada oshirish uchun mavjud bo‘lgan, lekin turli sabablarga ko‘ra foydalanilmayotgan salohiyatli imkoniyatlar tushuniladi. Mehnat sarflarini tejashning (mehnat sig‘imini kamaytirish va ish unumini ko‘paytirishning) foydalanilmagan imkoniyatlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Bunday imkoniyatlar odatda
fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida ishlatiladi va yana yuzaga chiqadi. Mazkur
imkoniyatlar quyidagicha turlarda bo‘lishi mumkin, ya’ni, milliy iqtisodiyot
imkoniyatlari, tarmoq imkoniyatlari, tarmoqlararo imkoniyatlar, ichki
(tarmoq) ishlab chiqarish imkoniyatlariga ajratiladi.
Milliy iqtisodiyot imkoniyatlari umumdavlat miqyosidagi imkoniyatlar, ya’ni ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish, ishlab chiqarish texnologiyalarini modernizatsiya qilish, sanoatning tarmoq tarkibini takomilashtirish, boshqaruvni yanada takomilashtirish kabi imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi.
Tarmoq imkoniyatlariga esa xo‘jalik aloqalarini rivojlantirish, mehnat
taqsimotini yaxshilash, ishlab chiqarish texnologiyalarini konsentratsiya va
modernizatsiyalash, boshqaruvni yanada takomillashtirish kabi imkoniyatlardan tashkil topadi. Tarmoqlararo imkoniyatlar jumlasiga sanoatning milliy iqtisodiyotdagi boshqa tarmoq va sohalar o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalarini
mustahkamlash, yalpi mahsulot ishlab chiqarishni oshirishda kompleks
tadbirlarni amalga oshirish va tashkil etishni optimallashtirishdan iborat.
Ishlab chiqarishning ichki imkoniyatlariga esa, korxonalarda mavjud,
ishlab chiqarish fondlari va mehnat salohiyatidan yanada samarali foydalanish, mehnatni tashkil etishning yangi uslublarini qo‘llash, ish vaqti
yo‘qotishlarini kamaytirish, moddiy resurslardan tejamkorlik asosida
foydalanish kabi tadbirlar kiradi. Foydalanish muddati bo‘yicha rezervlar –
joriy va istiqbolli rezervlarga bo‘linadi. Joriy rezervlardan oy, chorak, yil
davomida korxonalarning haqiqiy imkoniyatlariga qarab foydalanish
nazarda tutiladi; istiqboldagi rezervlar korxonaning ularni yaqin vaqt
ichida ishga solish uchun yetarlicha resurslari yo‘q va ulardan kelajakda bir
yil yoki uzoq vaqtdan so‘ng foydalanish mo‘ljallanadi.
Ichki imkoniyatlar o‘z navbatida ikki turga ajratiladi: mahsulot mehnat
sig‘imini kamaytirish va ish vaqtini tejashga ajratiladi. Ish vaqtini tejash imkoniyatlari, bu ish vaqtidan tejamli foydalanish bo‘yicha salohiyatli imkoniyatlardir. Bularga ish vaqti yo‘qotishlarni bartaraf etish, turli yo‘qotishlarga barham berish, bir birlik mahsulotga sarflanayotgan mehnat sig‘imini kamaytirish, ish vaqtining noishlab chiqarish sarflarini kamaytirish kiradi.
|
| |