• Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
  • 1- labotatoriya ishi




    Download 0,94 Mb.
    Sana28.01.2024
    Hajmi0,94 Mb.
    #147421
    Bog'liq
    1-Laboratoriya ishi


    1- Labotatoriya ishi
    MAVZU: QISHLOQ XO’JALIGI TEXNIKASI VA QUROLLARINI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISHNI O’RGANISH.
    Mashg’ulot maqsadi:Qishloq xo’jaligi texnikasi va qurollarini loyihalashva modellashtirishn io’rganish va uni takomillashtirish. Umumiy ma’lumotlar Barkamol avlod va boshqa ijodkorlik klublaridagi asosan bolalar bilan indivedual ish olib boriladigan texnika to‘garaklarida turli qishloq xo‘jalik mashinalarining murakkab yagona model- nusxalarini tayyorlash uchun real imkoniyat mavjud bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik mashinalarini modellashtirishda ko‘p detallarga ancha soddalashtirish mumkin. Mashina modelini uning asliga o‘xshatishga ko‘rinadigan qismlarining nisbatini saqlash bilan erishiladi. Buning uchun modul tanlash, ya’ni mashinaning biror parametrini birlik sifatida qabul qilish, so‘ng chizmadan yoki fotosuratdan yasalayotgan parametr modulning qancha qismiga tengligini aniqlash kerak. Ba’zi detallarning o‘lchamlarini mashina fotografiyasining negatividan olish mumkin. Buning uchun tasvirni 1: 2 masshtabga ekranga tushirib kerakli o‘lchashlar qilinadi. G‘ildirakli traktorlar uchun asosiy o‘lchov bo‘yi bo‘lishi kerak. Cnunki ularning gabarit o‘lchamlari va ko‘ndalang bazasi bajariladigan ishlarning turiga, qo‘shimcha mexanizmlar va moslamalar bilan jixozlashga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Boshqa mashinalar uchun esa ko‘ndalang bazani ham asosiy o‘lcham qilib olsa bo‘ladi.


    Prototipning tahlili materiallari bo‘yicha mashinaning chizmalarini tayyorlash kerak. Bu ish model uchun tanlangan masshtabda bajariladi, shunda ishchi chizmalarini tuzish osonlashadi. Mashina prototipining umumiy ko‘rinishi rasmi aslida modelning umumiy ko‘rinishi tasviridir. Masalan detallarning chizmalari unifikatsiyalangan buyumlar tanlangach ularga moslab chiziladi. Etishmaydigan detallarning eskizlari detallari tayyorlash texnologiyasi hisobga olinib tayyorlanadi. Detal faqat funksional emas, balki ishlov berishga qulay, konstruksiyasi jihatdan sodda va chiroyli bo‘lishi kerak. Bu talablar bitta vazifani bir necha variantlarda bajarishni taqazo etadi. Bunda konstruksion materialning tanlanishi asoslanadi. Detalning konstruksiyasiga ta’sir ko’rsatadigan hamma omillar hisobga olingan holda chizmalar tuziladi, ular bo’yicha har bir detal’ uchun, yig’ish birliklarini va umuman modelni tarkib toptirish uchun texnologik kartalar ishlab chiqariladi. Modelni tayyorlash bo’yicha amaliy ish jarayonida chizmalar va texnologiyaga o’zgartirishlar kiritish mumkin. Masalan , modelni yig’ish va sozlash jarayonida o’zgartirish lozim bo’lsa, rulli boshqarish tortqilarining programmali qurilmalardagi kontakt plastinalarining va boshqa mexanizmlarining konstruksiyalariga o’zgartirish kiritish mumkin. Traktorga tirkaladigan xaskashning modeli Bu model’ konstrukturasi traktorga tiraktorga tirkaladigan real xaskashning tuzilishi va ishlash prinsipini soddalashtirilgan holda aks ettiradi.

    Vazifasi va konstrukturasiga ko’ra xaskashlarning quyidagi turlari bor; 1. Ot tortadigan KG-1 xaskashi. Bu xaskashdan pichanni yig’ish g’aramlashda foydalaniladi Traktorga tirkaladigan ko’ndalang GTP-6 xaskashi. Bu xaskashni o’rib qo’yilgan quruq pichanni hamda kosilkali agregat bilan yangi o’rilgan o’tni uyumlashda ishlatiladi. 2. Traktorga tirkaladigan universal GBU-6 yon xaskashi. Bu xildagi xaskashi. Bu xildagi xaskash pichanni uymlash, shuningdek o’rilgan o’tni ag’darish va uymlarni yig’ihsga mo’ljallangan.

    3. GTP-6 xaskashi DT-20, T-28 va boshqa zamonaviyroq traktorlarga tirkalgan holda ishlatiladi. Uning asosiy qismlari quyidagilardir: 1. Xaskash apparati. U xaskash bruslariga mahkamlanadigan 84 ta yoysimon xaskash tishlaridan iborat. 2. Xaskash apparatining ko’tarish mexanizmi. U pichan uymini xaskash avtoatlari yordamida tushirish uchun xaskash tishlarini ko’taradi. Xaskash apparatining har birida ozining ko’tarish mexanizmi bo’ladi. Xaskashlarning tuzilishini va ishlash prinsipini to’liq bilib olish va shuningdek ularning turli konstruksiyalari bilan tanishish ushun kolxoz yoki sovxoz remont ustaxonasiga ekskursiya uyushtirish maqsadga muvofiqdir. Traktorga tarqaladigan xaskashlarning asosan uzellari quyidagilardan iborat . a) Tirkash mexanizmi, b) xaskash apparatining ko’tarish mexanizmi, v) xaskash apparati. Tirkash mexanizmi unifaksiyalangan qurilmadir. Xaskash apparati avtonom qurilma bo’lib,ikkita kronshteyn yordamida tirkash mexanizmida mahkamlanadi. Xaskash apparatini ko’tarish va tushirish traktor modelining kabinasidan ham boshqarsa bo’ladigan richag sistemasining ko’tarish mexanizmi yordamida amalga oshadi.

    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
    1.Qishloq xo‘jalik mashinalarini qanday modellashtiriladi?
    2.Traktorga tirkaladigan xaskashning modeli haqida tushuntiring
    3. Xaskash apparatining ko’tarish mexanizmi nima?
    Download 0,94 Mb.




    Download 0,94 Mb.