|
Mahsulot mehnat sig‘imining tahlili
|
bet | 2/2 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 141 Kb. | | #255211 |
Bog'liq 7-mavzu 1-ma`ruza2. Mahsulot mehnat sig‘imining tahlili. Korxonalarda mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarining tahlili, yuqorida ta’qidlanganidek, uchta asosiy yo‘nalishi bo‘yicha amalaga oshiriladi. Jumladan, mahsulot mehnat sig‘imining tahlili, ish vaqtidan foydalanishning tahlili va mehnat unumdorligiga kadrlar strukturasi va doimiyligi ta’sirining tahlili bo‘yicha amalga oshirib kelinadi. Mehnat sig‘imi deb, bitta mahsulotga ketgan ish vaqti sarflari hisoblanadi. Mahsulot birligining mehnat sig‘imi mahsulot turini ishlab chiqarishga sarflanadigan ish vaqti fondining natural yoki shartli-natural o‘lchovdagi uni ishlab chiqarish xajmiga nisbati bilan xisoblab chiqiladi.
Mehnat sig‘imi quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda: t mehnat sig‘imi;
Q mahsulot xajmi;
T mehnat yoki ish vaqti harajatlari.
Mahsulotning mehnat sig‘imini kamaytirish mehnat unumdorligini oshirishning eng muhim omilidir. Bu bog‘liqlikni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
bu yerda: M.u. mehnat unumdorligi.
Mehnat unumdorligining oshishi birinchi navbatda mahsulot mehnat sig‘imini kamaytirish hisobiga, ya’ni tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni (fan va texnika yutuqlarini joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish) amalga oshirish xisobiga, ishlab chiqarish normalarini qayta ko‘rib chiqish va xokazolar xisobiga sodir bo‘ladi.
Tahlil qilish jarayonida mehnat sig‘imining dinamikasi, uning darajasi bo‘yicha rejaning bajarilishi, uning o‘zgarish sabablari va mehnat unumdorligi darajasiga ta’sir ko‘rsatishi o‘rganib chiqiladi. Turli korxonalarda mahsulotning mehnat sig‘imini taqqoslash yaxshi natija beradi, chunki ilg‘or tajribani aniqlash va uni tahlil etilayotgan korxonada joriy etish tadbirlarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Tahlil qilish jarayonida umumiy mahsulot sig‘imi ishlab chiqarilgan mahsulot turlari bo‘yicha qilinadi va har biriga batafsil baho beriladi.
Mahsulot mehnat sig‘iminining o‘zgarishiga asosan quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
;
;
.
Bu yerda: - mahsulot sig‘imining umumiy o‘zgarishi;
- mahsulot mehnat sig‘imining harajatlari evaziga o‘zgarishi;
- mahsulot mehnat sig‘imining mahsulot xajmi evaziga o‘zgarishi.
Bu omillarning mehnat sig‘imiga ta’sirini xisob-kitob qilib chiqqandan so‘ng, yanada chuqur o‘rganish maqsadida ushbu omillar detallashtirilishi lozim (1- rasm).
J umladan:
1- rasm. Mehnat sig‘imi omillarining batafsil tahlili.
|
| |