13– Mavzu: Ikkilamchi resurslardan foydalanish Reja




Download 133.66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.06.2023
Hajmi133.66 Kb.
#73179
Bog'liq
13– Mavzu Ikkilamchi resurslardan foydalanish Reja
1, 9 Класс Информатика и ИТ, 4-must.ish dasturlash


13– Mavzu: Ikkilamchi resurslardan foydalanish
 
Reja: 
1. Chiqindilarni qayta ishlash va qurilish sohasida ishlatilishi.
2. Chiqindisiz va kam chiqitli texnologiyalar.
3. Ikkilamchi resurslardan foydalanishni tubdan yaxshilash.
Tayanch so’z va iboralar: chiqindilarni qayta ishlash, chiqindisiz va kam 
chiqitli texnologiyalar, ikkilamchi resurslardan foydalanish 
Akademik Laskarin B.N boshchiligida olib borilgan tadqiqotlarga asosan 
ishlab chiqarish korxonasining qaysi tarmoqqa mansubligidan qatoiy nazar 
ularning barchasi uchun taolluqli bo‘lgan quyidagi asosiy 4-ta prinsip bajarilsa
chiqindisiz texnologik jarayonga erishilishi mumkindir:
1. Maxalliy oqava suvlarni tozalash texnologiyasini qqllash xisobiga suvning 
aylanma xarakatini tashkil qilish, ya’ni tabiiy er usti va er osti suvlaridan toza suv 
manbai sifatida foydalanishni cheklash. 
2. Bir korxona chiqindilarini ikkinchi korxona tomonidan xom-ashyo 
ikqilamchi xom-ashyo sifatida foydalanishni taominlash ya’ni barcha turdagi 
chiqindilarni qayta ishlash va foydalanishga erishish. 
3. Xom-ashyo va chiqindilardan foydalanishni ta’minlovchi turli ishlab 
chiqarish korxonalarini bir erga to‘plash - ya’ni turli korxonalarni territorial 
kompleksini tashkil etish. 
4. Ishlab chiqarishni ekologizatsiyalash - ya’ni xom-ashyoga maxsus ishlov 
berish yqli bilan tozalab, keyin foydalanish natijasida xosil bo‘ladigan chiqindilar 
turlari va miqdorini kamaytirish. 
Misol tariqasida issiq elektrostansiyasida (IES) chiqindisiz texnologik 
jarayonni xosil qilishni kqrib chiqaylik. Ma’lumki, 70 % elektr energiyasi xozirgi 
kunda issiqlik elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi. SHu bilan bir vaqtda ularda 
xosil bqlayotgan chiqindilar atrof muxitga tashlanayotgan chiqindilarning 29 % ini 
tashkil etadi. IES da xosil bqlayotgan chiqindilarga quyidagilar kiradi: 
1. Tarkibida SO
2
, SO
2
, NO
1
va ko‘mir changi bo‘lgan gaz-chang chiqindilari. 
2. IES da xosil bqlayotgan oqava suvlarga sovitish sistemasi suvlari, gidroqo‘l 
tutish sistemasi suvlari, jixozlarni yuvish natijasida xosil bqlayotgan kimyoviy 
eritmalar, suv tozalagichlarda xosil bqlayotgan regenstratsion suvlar va neft, gaz 
bilan ifloslangan suvlar. 
Turbinalar kondensatorlarini sovitishda foydalanilgan suvlar qz xaroratini 8-
10
o
S ga oshirish xisobiga, asosan issiklik chiqindisi xisoblanadi. Ular yana ishqor 
va minerallarga tqyingan bo‘ladi. Bqlardan tashqari ushbu suvning tarkibida ftor, 
mishoyak, simob va vanadiy xam uchraydi. 
YUvuvchi suvlar esa yuvish uchun ishlatiladigan eritmaning turiga qarab 
organik va noorganik kislotalar, ishqorlar, nitratlar, alyuminiy tuzlari va x.k. bilan 
ifloslanadilar. 


Suv tozalagichlarda (mexanik filtrlarni yuvishda, tindirgich-larning shlamli 
suvlari, ionitli-filtrlarni regeneratsiya qilishda xosil bo‘layotgan suvlar) xosil 
bo‘layotgan suvlar asosan Sa, Mg, K, Al, Fe ning tuzlari bilan ifloslanadi. 
3. IES da xosil bo‘layotgan qattiq chiqindilarga qo‘m va shlak kiradi. 
IESning atrof-muxitni ifloslantirishidagi ishtiroki quyidagicha: 
Atmosfera xavosini 80 gdan ximoya qilish uchun eng samarali usullardan 
adsarbsiya va kattalik oksidlanishi xisoblanib, ular 90 S gacha 80 g ni ushlab 
qolish imkonini beradi. 
qo‘mni ushlab qolish uchun kombinirlangan qo‘m turib qolish sistemasini 
qo‘llanilib, u - Venturi nayi - skrubber - elektrofiltrdan tashkil topgan. Ushbu 
sistema qumning 99,7 % gacha ushlab qoladi. Ajratib olingan qum bilan shlak 
qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladi.
Xom-ashyo va tayyor maxsulotlarni bir joydan ikkinchi joyga olib borishni 
engillashtirish maqsadida turli ishlab chiqarish korxonalarini bir-biriga yaqin 
joylashtirish, ya’ni sanoat territorial kompleksini tuzish zarurdir yuqorida 
aytilganlarga muvofiq ITJ xosil qilishning ikki va uch tamoyillari amalga 
oshiriladi.
4. Tamoyilga binoan esa ishlab chiqarishni ekologizatsiyalash, ya’ni xom-
ashyoga maxsus ishlov berish yqli bilan uni qqshimcha aralashmalardan tozalab 
so‘ngra, ishlatish zarurdir. Natijada xosil bo‘layotgan chiqindilarning miqdorini 
ancha kamaytirishga erishiladi, SO

ni miqdorini kamaytirish uchun yokilg‘i 
tarkibidagi S aralashmani tozalab olinib, so‘ngra yoqiladi. 
SO

ni xosil bqlishini oldini olish, u xosil bo‘lgandan keyin tozalashga ancha 
qulay va arzonroqdir. 
Buning uchun yokilg‘i kimyoviy usullar yoki gravitatsion separatorlar 
yordamida tozalab olinadi. YOkilg‘ini yoqishdan oldin S dan tozalab so‘ng 
yoqilish jixozlarini ish samarasini oshirish, ular yuzasidagi korroziya jarayonini 
kamaytirish imkoniyatini beradi. 
Mustaxkamlash uchun savollar: 
1. Chiqindisiz texnologiyalarni yaratishning nechta prinsip-lari bor? 
2. IES da qanday tur chiqindilar xosil bo‘ladi va ulardan qanday 
foydalaniladi? 
3. Biosferada moddalarning aylanish sxematik kqrinishi qanday? 
4. Ishlab chiqarishda yopiq sistema deganda nimani tushunasiz? 
5. Chiqindisiz texnologik jarayonlar tug‘risida nimalarni bilasiz? 
6. Chiqindisiz texnologik jarayonga erishish uchun qaysi prinsiplar 
bajarilishi kerak? 

Download 133.66 Kb.




Download 133.66 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



13– Mavzu: Ikkilamchi resurslardan foydalanish Reja

Download 133.66 Kb.
Pdf ko'rish