Neft konlarini ishlash texnologiyalari § Ishlash obyekti va usuli




Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/20
Sana13.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#97849
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
3 maruza (1)



 Neft konlarini ishlash texnologiyalari 
§ 1. Ishlash obyekti va usuli 
Neft va neft-gaz koni yer po‘stining yakka tektonik strukturasida mujassamlashgan neft 
va gaz uyumlari majmui. Konlarga kiruvchi uglevodorod uyumlari, odatda yer ostida turli 
tarqalganlikka ega bo‘lgan, ko‘p hollarda turli geologik-fizik xossali, qatlam yoki tog‘ jinslari 
massivida joylashgan bo‘ladi. Ko‘p holatlarda ayrim neft-gazli qatlamlar katta qalinlikdagi 
o‘tkazuvchanmas jinslar bilan ajralgan yoki konning ayrim qismlarida joylashgan bo‘ladi. 
Bunday ajralgan yoki xossalari farq qiluvchi qatlamlar turli ishlatish quduqlari guruhi 
bilan ishlatiladi, ayrim hollarda turli texnologiyalardan foydalaniladi. 
Konni ishlash obyekti tushunchasini kiritamiz. Ishlash obyekti–ishlashdagi kon 
chegarasi ichida sun’iy ajratilgan geologik tuzilma (qatlam, massiv, tuzilma, qatlamlar 
majmui), sanoat miqyosidagi uglevodorodlar zaxirasiga ega, ularni yer ostidan olish muayyan 
burg‘i quduqlari guruhi yoki boshqa tog‘-texnik qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. 
Konni ishlatuvchi mutaxassislar orasida keng tarqalgan atamaga ko‘ra, har bir obyekt 
“o‘zining burg‘i quduqlari to‘ri” bilan ishlashda bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, tabiatning 
o‘zi ishlash obyektini yaratmaydi – ularni konlarni ishlatuvchi mutaxassislar ajratadi. Ishlash 
obyektiga bir, bir necha yoki konni hamma qatlamlari kiritilishi mumkin. 
Ishlash obyektining asosiy xususiyati – unda sanoat miqyosidagi neft zaxiralarining 
borligi, ushbu obyektga taaluqli va ular yordamida ishlatiladigan burg‘i quduqlari guruhidir. 
Ishlash obyekti tushunchasini yaxshi o‘zlashtirib olish uchun quyidagi misolni ko‘rib 
chiqamiz. Kesimi III.1-rasmda keltirilgan kon berilgan bu kon qalinligi, to‘yingan 
uglevodorodlarni tarqalganlik maydoni va fizik xossalari bilan farq qiluvchi uchta qatlamdan 
iborat. 



Download 1.06 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neft konlarini ishlash texnologiyalari § Ishlash obyekti va usuli

Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish