• Bir quduq bilan ikki gaz qatlamini alohida ishlatish
  • Separate use of two gas layers with one well
  • Science and e ducation




    Download 102.74 Kb.
    bet1/2
    Sana23.10.2023
    Hajmi102.74 Kb.
    #90191
      1   2
    Bog'liq
    bir-quduq-bilan-ikki-gaz-qatlamini-alohida-ishlatish
    Risklarni boshqarishning tarkibiy-tashkiliy asoslari, maktabgacha-ta-lim-tashkilotlarida-pedagogik-jarayonni-tashkil-etish, 3.Amaliy ish Power point 23-16, идрок-лаборатория иши, КРУЖОК УЗБЕК АДИБЛАРИ (2), Etika standartlariga rioya etish yuzasidan nazorat, 8-mavzu O’rta osiyo hududlarining xonliklarga bo’linib ketishi,-fayllar.org, 1701542240, Mavzu qattiq magnit disk-fayllar.org, 1. Qattiq disk bu Kompyuterning asosiy xotirasi


    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)

    January 2023 / Volume 4 Issue 1


    Bir quduq bilan ikki gaz qatlamini alohida ishlatish


    Nurshod Shonazar o’g’li Normatov Bobirjon Zamirovich Adizov nshnormat@22mail.ru


    Buxoro muhandislik-texnologiya instituti


    Annotatsiya: Neft va gaz konlari ko’p qatlamli va bir qatlamli turlarga bo’linadi. Ko’p qatlamli deb, kesimda alohida uyumlari mustaqil o’ringa ega bo’lgan qatlamlar bilan bog’liq, o’zining geologik - fizik xususiyatlari, neftning fizik - kimyoviy xossalari va uyumning o’lchamlari bilan tavsiflanuvchi hamda o’zaro o’tkazmas jinslar qatlamlari bilan ajralgan konlar hisoblanadi.
    Kalit so’zlar: gazkonlari, gazkondensat konlari, ko’p qatlamli uyumlar, quduqlar to’ri, qatlam, quduq, paker, porshen, lubrikator.


    Separate use of two gas layers with one well


    Nurshod Shonazar o’g’li Normatov Bobirjon Zamirovich Adizov nshnormat@22mail.ru


    Bukhara Engineering Technological Institute


    Abstract: Oil and gas fields are divided into multilayer and single-layer types. As multilayer, it is said that in the cross section, individual heaps are associated with layers with an independent place, characterized by their geological and physical properties, physico - chemical properties of oil and the size of the pile, and deposits separated by layers of non - conductive rocks.
    Keywords: gas fields, gas condensate fields, multi-layer heaps, borehole, layer, well, packer, porshen, lubricator.

    Bizga ma’lumki, ko’pgina gaz va gazkondensat konlari ko’p qatlamli bo’ladi. Bunday konlarni ikkita usulda ishlatish yoki foydalanish mumkin. Bulardan birinchi usulda har qanday gaz konlari alohida quduqlar to’ri orqali ishlatiladi, ikkinchi usulda-birgalikda, ikki yoki uchta qatlam bir quduq orqali alohida-alohida usulda ishlatiladi. Bir vaqtda ikki va undan ko’p qatlamlarni bir quduq orqali alohida ishlatishning quyidagi texnik-iqtisodiy afzalliklarga ega bo’ladi:



    • ikki qatlamni ishlatishda qazib oluvchi quduqlarning umumiy soni kamayadi;

    • konlardagi gaz yig’ish quvur uzatmalarining umumiy uzunligini qisqartiradi;

    • yangi gazkondensat uyumlarining ishga tushirish jarayonini jadallashtiradi;

    • quduqlarni qurishga hamda yer usti jihozlariga ajratilgan kapital mablag’larni kamaytiradi;

    • konda xizmat qiladigan xodimlarning soni kamayadi.

    Bir vaqtda ikki qatlamni bir quduq orqali alohida ishlatishda ob’ektlarni tanlash qatlam gazlarining tarkibiga, gaz qatlamlaridagi bosim va haroratning farqiga, vertikal bo’yicha qatlamlar oralig’idagi masofaga, qatlamlarni ishlatish rejimiga bog’liq bo’ladi. Qatlamlarni birlashtirishda qatlam gazlarining tarkibi bir xil bo’lganda, bosimi va haroratni farqi sezilarli katta bo’lmaganda, qatlamlar oralig’idagi masofa 10 m. gacha bo’lganda, shuningdek, uyumlarni ishlatish rejimi bir xil bo’lganda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
    Qatlamlar bir quduq orqali bir vaqtda alohida ishlatilganda bu quduqlar orqali qatlamlarni tadqiqot qilish, qatlamlarni mahsuldorligini oshirishda quduq tubi atrofiga ta’sir qilish, quduqlarda ta’mirlash ishlarini olib borish qiyin bo’ladi. Hamda qatlamlarni ishlash tizimini tanlashda va talab qilinganda kuzatuvchi quduqlarning sonini oshirishda qiyinchiliklar kelib chiqadi. Bir vaqtda alohida ishlatishda quduqda qatlamlarni ajratishda quvurlar oralig’idagi halqali fazani mustahkamlash tizmasi va NKQ tizmasi oralig’ini ajratish uchun pakerlar qo’llaniladi.
    Paker yuqoridagi gazlilik qatlamining ostki qismiga o’rnatiladi va NKQ tizmasini pastki qismiga mahkamlanadi. Gaz yuqoridagi qatlamdan quvurlar oralig’i fazasidan olinadi, pastki qatlamdan esa-NKQ lar tizmasidan olinadi. Bir vaqtda 2000
    - 3000 m va undan ham chuqurlikdagi ikki qatlamni bir quduq orqali alohida ishlatish uchun GUE2GP qurilmasi ishlab chiqilgan. Bu qurilma bosim va harorat farqi katta bo’lgan gaz qatlamlarining har biri uchun qatlamlarni ishlatishning boshqarish bir- biriga bog’liq bo’lmaganda ham ajratishni ishonchli ta’minlaydi. Qurilmaning yuqoridagi qatlamni quvur orqasidagi halqa orqali, pastki qatlamni-NKQ bo’yicha ishlatishga ruxsat beriladi. Ba’zi vaqtda ikkala qatlam ham NKQ orqali ishlatiladi.
    Ikkita gaz qatlamlarini bir quduq orqali (GUE2GP) ishlatishdagi quduq qurilmalari 1-rasmda ko’rsatilgan. U gidravlik qayta ishga qo’shadigan (GQIQ) G va shlipsli pakerlardan P tashkil topgan bo’ladi. Ishga qayta qo’shish qurilmasi quvurli va quvur orqasidagi paker ustidagi fazalarni ajratishga mo’ljallangan. Gidravlik qurilma quduqqa NKQ orqali po’lat arqonda tushirilgan sharlar yordamida boshqariladi. Qurilma korpus 5 dan tashkil topgan bo’lib, yuqori uchi 8 salnikka va pastki qismi - o’zgartma 1 ga burab mahkamlangan. Uning ichiga 3 silindr joylashtirilgan, salnikning sirt yuzasiga tayanadi va tayanch diskga qotirilgan.
    Korpusda salnikda siljiydigan 4 porshen joylashtirilgan, pastki uchida zichlanmani shakllantiradigan boshcha (golovka) mavjud. Silindrda porshenni yurish yo’li 45 mm.ga teng bo’ladi. Silindrning tashqi yuzi porshen usti fazasi tirqish oralig’i orqali egardan pastdagi 2 quvur fazasi bilan biriktirilgan. Salnikning
    korpusida va porshen yuqori qismida 6 ta teshik 10 mm diametrda ochilgan. Bu teshiklar gorizontal bo’yicha tirgak halqadagi porshenning eng yuqori holatini va uning pastki holatidagi yopiq halqani berkitadi.
    Salnikning korpusida 7 kojux joylashtirilgan va u NKQ orqali oqim quvur orti fazasiga haydalganda mustahkamlash tizmasini to’g’ri ta’sirlardan himoya qiladi. Paker usti fazasini quvur va quvur orqasi bilan tutashtirish uchun yoki porshenni pastdan yuqoriga o’tkazish uchun lubrikator yordamida favvora armaturasi quvurlarining pastki uchiga 38 mm.li diametrdagi maxsus shar tushiriladi.


    1. rasm. Ikki gaz qatlamini bir quduq orqali ishlatishning quduq qurilmasi GUE2GP: a-GUE2GPni quduqqa joylashtirish sxemasi; b - qurilmani ishga qayta qo’shish qurilmasi; 1-o’zgartma; 2, 9-pastki va yuqori egar; 3-silindr; 4- porshen; 5-korpus; 6- teshik; 7-kojux; 8-salnik; 9-egar va gayka bilan qisilgan tayanch halqa

    So’ngra pastki egarga shar o’tirgandan keyin bosimi 6-7 MPa dan yuqori qiymatdagi gidravlik bosim hosil qilinadi. Bu bosim pastdan porshenning boshchasiga ta’sir qilib, uni yuqoriga siljishiga majbur qiladi va qurilma ochiladi. Uni berkitish uchun NKQ orqali diametri 45 mm.li shar og’ir yuk bilan birgalikda 9 yuqori egarga to’liq o’tirguncha tushiriladi. Sharning ustidagi bosimni hosil qilishda porshenni eng oxirgi holatgacha siljitiladi. Bunda qurilma yopilgan bo’ladi.
    Zichlovchi detallar sifatida plastmassali elementlarni qo’llanilishi evaziga paker yuqori kimyoviy korroziyaga va haroratga chidamli bo’ladi. GUE2GP qurilmasi Rossiya davlatidagi ko’pgina yuqori bosimli gaz konlarida sinovdan o’tkazilgan. Ikki qatlamni bir quduq orqali alohida ishlatish usuli dastlab 1949 yilda Elshan-Kurdyum gaz konlarida qo’llanilgan. Shundan so’ng Ukraina, Turkmaniston, O’zbekistonda ko’pgina konlarda qo’llanilgan va yaxshi samaraga ega ekanligi isbotlangan. Bugungi
    kunda ham uglevodorodlarga (ayniqsa tabiiy gazga) ehtiyoj yuqori bo’lgan bir vaqtda ushbu texnologiyalardan foydalanib ko’p qatlamli gaz va gazkondensat konlarini ishlatish maqsadga muvofiq bo’lar edi.



    Download 102.74 Kb.
      1   2




    Download 102.74 Kb.