• Silindrlar blokining ichini yo‘nmasdan ishlatish oqibatlari
  • Silindrlar blokining ichini yo‘nish va xoninglash




    Download 337.07 Kb.
    bet1/5
    Sana24.03.2024
    Hajmi337.07 Kb.
    #175986
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    raschet rastochki
    №1 ЛҲИ. Метрологиядан, ишлов бериш сифати, дастгохнинг хатоликлари, RDB dastgohlar, 10-мавзу, технологик хужжатлар, Detal yuzalariga mexanik ishlov berish rejasini tuzish va termik

    Silindrlar blokining ichini yo‘nish va xoninglash



    silindrlar blokining ichini yo‘nish operatsiyalarining bosqichlari


    1. Dvigatelni bo‘laklarga ajratish va silindrlar blokini chiqarib olish.

    2. Silindr blokidan metall hajmini kesib olish bo‘yicha har ikki tomondan mikrometrik o‘lchovlarni bajarish. Agar silindr bloki ovalsimon shaklga kelgan bo‘lsa ushbu operatsiyani bajarish juda zarur bo‘ladi.

    3. Silindrlar blokin dastgoh staninasi ustiga qat’iyan gorizontal sathda o‘rnatiladi.

    4. Blok ichini yo‘nishni tajribali mutaxassis bajarishi zarur. Aniqlik talabiga mos kelmaydigan dastgoh ta’mir ishlarini aniq bajarisjga imkon bermaydi, natijada silindrlar bloke buzilishi mumkin.

    5. Blokni “xoninglash” yoki “ko‘zgu yaratish” usulidan bittasi tanlab olinadi. Silindr ichki devorlarini xoninglash Afzal ko‘riladi, lekin har ikki usul ham qabul qilinishi mumkin,usulni mutaxassis tanlaydi.

    6. Ta’mirlashning oxirgi bosqichida – silindrlar blokini yig‘ish va montaj qilish (joyiga o‘rnatish) operatsiyalari bajariladi.



    Silindrlar blokining ichini yo‘nmasdan ishlatish oqibatlari


    Silindrlar gometriyasining buzilishi porshenlarni silindrlar devorlariga tegish sifatini buzilishiga olib keladi. Buning natijasida quyidagi nuqsonlar paydo bo‘ladi:
    -karterga qaynoq ishchi aralashmaning yoki ishlab bo‘lgan gazlarni kirishi;
    -motor moyi yonish kamerasiga kira boshlaydi, buning natijasida motorning quvvati pasayadi va motor moyining sarfi ortadi;
    -porshen halqalari bo‘shashib qoladi, kompressiya yetarli bo‘lmaydi.
    Ushbu nuqsonlarning belgisi – kapot ostida taqillash va titrashning kuchayishi.
    Silindrlar gilzasining ishlashga yaroqligini ta’minlashda navbatdagi ta’mirlov o‘lchamigacha ichini yo‘nish usuli qo‘llaniladi. Ushbu mexanik ishlov natijasida silindr gilzasi shaklining talab etilayotgan aniqligi, o‘lchamlar qo‘yimlari va gilzalar ishchi yuzalarining kerakli g‘adir-budirligi ta’minlanadi.
    Avtomashina dvigatellari gilzalari yuzalarining yetarli darajada yeyilishga chidamliligiga erishish uchun ular ko‘pincha cho‘yndan tayyorlanadi va yuzaki yoki ikki tominiga o‘tuvchi termik ishlov beriladi (toblanadi). Bunda termik ishlov berilgan gilzalar yuzalarining qattiqligi 55-65 HRC bo‘ladi. Gilzalar ichini yo‘nish uchun kesuvchi qirrasi Elbor-R materialdan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday keskichlar +1500 oS yuqori haroratgacha qirqish xossasini yo‘qotmaydi hamda yeyilishga yuqori darajada chidamliligi bilan ajralib turadi.
    Hisoblar uchun eng keng tarqalgan dvigatellar gilzalari orasidan eng katta diametrli gilzani olamiz, ya’ni 130 mmli YAMZ-236/238 motorining gilzasini olamiz. Bunday dvigatellar MAZ, URAL, KrAZ va boshqa avtomashinalarga o‘rnatiladi. Diametri bundan kichikroq gilzalar ichini yo‘nishning hisobi ushbu texnologik jarayondan unchalik katta farq qilmaydi.
    Tanlangan gilzaning o‘rtacha yeyilganligini hisobga olgan holda, mexanik ishlov berish uchun qo‘shim qiymatini diametrga 1,2 mm qilib qabul qilamiz. Shunda bir tomondan yo‘nish uchun qo‘shim miqdori 0,6 mmga teng bo‘ladi. Bunday metal qalinligini bitta o‘tishda kesib olish mumkin bo‘ladi, ya’ni kesish chuqurligi t=0,6mmga teng bo‘ladi. Surish qiymatini S=0,12 mm/ayl etib qabul qilamiz.



    Download 337.07 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 337.07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Silindrlar blokining ichini yo‘nish va xoninglash

    Download 337.07 Kb.