|
16-mavzu. Texnologik hujjatlarni tuzish va tushuntirish. Texnologik hujjatlar
|
bet | 1/10 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 1,4 Mb. | | #147605 |
Bog'liq технологик хужжатлар
16-mavzu. TEXNOLOGIK HUJJATLARNI TUZISH VA TUSHUNTIRISH.
Texnologik hujjatlar deb ishlab chiarish jarayonini tashkil etish uchun keralki ma’lumotlarni o’z ichiga olgan, buyumni tayyorlash (ta’mirlash) texnologiyasini aniqlovchi matnli va grafik hujjatlar majmuasiga aytiladi.
Mashinasozlikda davlat standartlari tomonidan “Texnologik hujjatlarning yagona Tizimi” o’rnatilgan (ESTD). ESTD korxonada hujjatlar majmuasining barqarorligini ta’minlab, ularni takroran yaratishni istisno etadi.
Asosiy texnologik hujjatlar umumiy va maxsus ahamiyatga ega hujjatlarga bolinadi.
Umumiy ahamiyatga ega hujjatlar qatoriga eskizlar kartasi (KE) va texnologik yo’riqnoma (TI) kiradi.
Eskizlar kartasi (KE) –buyumni tayyorlash yoki ta’mirlash uchun o’tishlarni yoki operatsiyalarni hamda texnologik jarayonni bajarish uchun tushuntirishlarni, eskizlarni, sxemalarni, jadvallarni, buyumlarni siljitish va nazorat qilishni o’zida aks ettirgan grafik hujjat hisoblanadi. KE har bir operatsiya va o’rnatish uchun rasmiylashtiriladi. Eskizda zagotovkani o’rnatish sxemasi hamda qo’yimlar va o’chamlar, shu operatsiyada yoki o’rnatishda ishlov beriladigan yuzalarning g’adir-budirligi, zarur qo’shimcha ma’lumotlar (buyumning shakliga, o’zaro joylashuviga qo’yiladigan talablar) ko’rsatiladi.
Texnologik yo’riqnoma (TI) – buyumlarni tayyorlashda takrorlanadigan texnologik jarayonni, usullar va uslublarni, texnologik jihozlardan foydalanish qoidalarini bayon qilish uchun mo’ljallangan hujjat hisoblanadi.
Maxsus ahamiyatga ega hujjatlar buyumlarni tayyorlash va ta’mirlash texnologik usullarini avvaldan o’z ichiga oluvchi, ishlab chiqarishning turi va ko’rinishiga bog’liq ravishda texnologik jarayonlarni va operatsiyalarni bayon qilish uchun mo’ljallangan. Majburiy hujjatlar qatoriga marshrut kartasi (MK) kiradi.
Marshrut kartasi (MK) – buyumni texnologik ketma-ketlikda barcha operatsiyalar bo’yicha tayyorlash texnologik jarayonini, buyumni siljitish va nazorat qilshni batafsil bayon qiluvchi hujjat bo’lib, unda qo’llaniladigan jihozlar, moslamalar, moddiy va mehnat resurslari va boshqa xarajatlar ko’rsatiladi.
MK o’rniga mos ravishda texnologik jarayon kartalaridan (KTP) foydalanishga ruxsat etiladi. KTP buyumni tayyorlash yoki ta’mirlash texnologik jarayonining texnologik ketma-ketlikda bitta shal hosil qilish, ishlov berish, yig’ish, ta’mirlash operatsiyalasi bo’yicha, har bitta o’tishlar, texnologik rejimlar va qo’llaniladigan texnologik jihozlar, moddiy va mehnat xarajatlari haqida ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
|
| |