• Marshrut va operatsiya kartalari haqida batafsilroq tо‘xtalib о‘tamiz. Marshrut kartalarida
  • Operatsiya kartalarida
  • Tayyorlov bosqichi
  • Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat standartlari




    Download 1,4 Mb.
    bet3/10
    Sana28.01.2024
    Hajmi1,4 Mb.
    #147605
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    технологик хужжатлар

    2.Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat standartlari.
    Texnologik hujjatlarning rо‘yxati va mazmuni texnologik xujjatlar yagona sistemasining davlat standartlari bilan belgilanadi.
    Texnologik hujjatlarning asosiy turlari marshrut kartasi, operatsiya kartasi, eskizlar kartasi, texnologik yo’riqnoma, asbob-uskunalar qaydnomasi hisoblanadi. Bularning dastlabki ikkitasidan ishlab chiqarishning hammasida, keyingilaridan esa kо‘pincha faqat donalab va kam seriyali ishlab chiqarishda foydalaniladi. Marshrut va operatsiya kartalari haqida batafsilroq tо‘xtalib о‘tamiz.
    Marshrut kartalarida  chiqariladigan mahsulotning xarakteridan qat’iy nazar, materiallar, yarimfabrikatlar va zagotovkalar tayyor mahsulotga aylangunicha bosib о‘tadigan butun yо‘l aks etadi. Marshrut kartada barcha operatsiyalar bо‘yicha buyumlar tayyorlashning texnologik jarayoni tavsifi, asbob - uskunalar, jihozlar qо‘llanadigan materiallar haqidagi ma’lumotlar, shuningdek normativ xarakterdagi ayrim ma’lumotlar bо‘ladi.
    Operatsiya kartalarida о‘tishlar bо‘yicha har bir aloxida operatsiyaning bajarilishi marshrut kartalaridagiga qaraganda batafsilroq ifodalanadi. Shuningdek ularda asbobanjomlarning, qо‘llanadigan kontrol-о‘lchov nnstrumentlari va priborlarning ratsional ish rejimi kо‘rsatiladi.
    Hujjatlarda belgilangan ishlar tartibiga, texnikadan foydalanish qoidalariga, texnologik intizomiga aniq rioya qilish texnologik jarayonni amalga oshirishning majburiy shartidir.
    Sizlar mehnat ta’limi mashg‘ulotlarida texnologik jarayon odatda uch bosqichdan: zagotovkalarni olish, tayyor detallarni yasash na buyumlarni yig‘ishdan iborat bо‘lishini bilib oldingiz. Ana shu tayyorlov, shakl berish va yig‘ish bosqichlari iqtisodiyotning kо‘p tarmoqlariga doir korxonalardagi texnologik jarayonlarda о‘z о‘rniga ega. Masalan, mashinasozlik korxonasidagi texnologik jarayonning qanday о‘tishini kо‘raylik.
    Tayyorlov bosqichi tayyorlov (quyish, shtampovkalash) sexlarida amalga oshadi. Ularda dastlabki materiallar va xom ashyolardan bо‘lajak detallarning zagotovkalari olinadi. Korxonada xom ashyoniig sarflanishi mazkur sexlardagi ishchilar (quyuvchilar, modelchilar, qolipchilar, presslovchilar, shtampovkachilar) mehnatining sifatiga va tayyorlov ishlab chiqarishining texnik jihozlanishiga kо‘proq bog‘liqdir. Zagotovka qanchalik aniq yasalsa, metall ga ishlov berishda u shunchalik kam isrof qilinadi, ishlab chikarish shunchalik tejamli bо‘ladi.

    Download 1,4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat standartlari

    Download 1,4 Mb.