|
Detal deb, yig‘ish operasiyalarisiz bir xil materialdan tayyorlangan buyumga aytiladi.
Yig‘ma birlik
|
bet | 6/10 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 1,4 Mb. | | #147605 |
Bog'liq технологик хужжатларDetal deb, yig‘ish operasiyalarisiz bir xil materialdan tayyorlangan buyumga aytiladi.
Yig‘ma birlik deb,tayyorlovchi korxonalarda biror yig‘ish operasiyalaridan (burash, payvandlash, parchinlash va shunga o‘xshashlardan) foydalanib, tarkibiy qismlarni o‘zaro biriktirib tayyorlanadigan buyumga aytiladi.
Kompleks deb, buyumlar tayyorlovchi korxonada birlashtirilmagan, ammo o‘zaro bir-biriga bog‘liq ekspluatasion vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan ikki va undan ortiq buyumlarga aytiladi.
Komplekt deb, tayyorlovchi korxonada yig‘ish operasiyalari bilan biriktirlmagan, yordamchi xarakterdagi ekspluatasion vazifalariga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq buyumlar to‘plamiga aytiladi.
Konstruktorlik hujjatlari grafikaviy va matnli hujjatlar, birgalikda yoki ayrim holda buyum tarkibini va tuzilishini aniqlaydi va buyumni tuzish yoki tayyorlash, nazorat qilish, qabul qilish, ishlatish va ta’mirlash uchun zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Davlat standarti konstruktorlik hujjatlarining quyidagi asosiy turlari va vazifasini belgilaydi:
Detal chizmasi detalning tasviri va uni tayyorlash hamda nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oldai;
Yig‘ish chizmasi buyumning tasviri, buyumni yig‘ish, tayyorlash va nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi;
Umumiy ko‘rinish chizmasi buyumning konstruksiyasi, uning asosiy tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘lanishini va buyumning ishlash prinsipini aniqlaydi;
Gabarit chizma buyumning kontur soddalashtirilgan tasvirini va uning gabarit o‘rnatish o‘lchamlarini o‘z ichiga oladi;
Montaj chizma buyumning (soddalashtirilgan) kontur tasviri va uni qo‘llanish joyida o‘rnatish (montaj qilish) uchun zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi;
Sxema – buyum tarkibiy qismlari va ularning o‘zaro bog‘lanishini shartli tasvirlar va belgilar ko‘rinishida ko‘rsatilgan hujjat;
Spesifikasiya yig‘ma birlik, kompleks yoki komplekt tarkibini aniqlaydi.
Konstruktorlik hujjatlari ishlab chiqish darajasiga qarab loyiha (texnikaviy takliflar, loyihalar va eskiz loyihalar) va ish hujjatlariga bo‘linadi.
SSSR Davlat standartlari qo'mitasining 1983 yil 20-dekabrdagi 6351-sonli qarori bilan ushbu sana belgilangan 01.01.85 dan.
Ushbu standart mehnat xavfsizligi talablarini texnologik doskada aks ettirish va bajarish uchun umumiy qoidalarni belgilaydigan ko'rsatmalar GOST 12.3.002-75 ga muvofiq.
|
| |