|
Mavzu : Yirik gulli gazlamalardan yozgi fasondagi ayollar kuylagi asos chizmasi bo’yicha konistruksiyalash va modellashtirish. Reja: Kirish
|
bet | 1/7 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 2,93 Mb. | | #135305 |
Bog'liq Karima-BU
Mavzu :Yirik gulli gazlamalardan yozgi fasondagi ayollar kuylagi asos chizmasi bo’yicha konistruksiyalash va modellashtirish .
Reja:
Kirish .
Yirik gulli gazlamalardan yozgi fasondagi ayollar kuylagi asos chizmasi bo’yicha konistruksiyalash va modellashtirish uchun assortimenti tavsifi
Yirik gulli gazlamalardan yozgi fasondagi ayollar kuylagi asos chizmasi bo’yicha konistruksiyalash va modellashtirish uchun gazlama tanlash va asoslash.
Yirik gulli gazlamalardan yozgi fasondagi ayollar kuylagi uchun asos chizmasini chizish
Yirik gulli gazlamalardan yozgi fasondagi ayollar kuylagi asos chizmasi bo’yicha konistruksiyalash va modellashtirish.
Yirik gulli gazlamalardan yozgi fasondagi ayollar kuylak modelining andozasini tayyorlash.
Yirik gulli gazlamalardan yozgi fasondagi ayollar kuylak andozalarini gazlamaga joylash va gazlama sarfini hisoblash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Yosh avlodning har tomonlama yetuk bo‘lishi ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish bilan chambarchas bog‘liq. Bunda umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan texnologiya fani o‘zining muhim o‘rniga ega. Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o’qitiladigan «Texnologiya» fani quyidagi ikki yo’nalishlar asosida o’qitiladi: «Servis xizmati» hamda «Texnologiya va dizayn». Mazkur fan «Servis xizmati» yo‘nalishi mazmuni asosida ishlab chiqilgan bo’lib, umumta’lim maktablarida o’qitiladigan texnologiya fani, servis xizmati yo’nalishidagi tikuv buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish bo’limini qamrab olgan. Kiyimlarni loyihalash va modellashtirish fanini o’qish jarayonida talabalar tikuv buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish asoslari bo’yicha kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarim izning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir.
Aynan shuning uchun ham ma'naviy jihatdan barkamol yetuk rivojlangan insonni tarbiyalash, ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg‘onish g'oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Mehnat ta'limi o‘qituvchisining darsdagi, to‘garakdagi ishlarida olgan chuqur bilimlari mustaqil ishlashlarida, izlanishlarida katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu o‘quv qo‘llanma ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlarini loyihalash, modellashga oid masalalarning bayoni bo’lib, oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o'qituvchilari, maktabdan tashqari muassasalarning, to'garaklarning rahbarlariga mo’ljallangan. Bundan tashqari, qo‘llanniada bayon etilgan materiallar yakka tartibda kiyim tikadigan keng kitobxonlar ommasini ham qiziqtirishi mumkin.
Qo'llanmadagi berilgan mavzular shu fanni o’rganayotgan kishilarning ijodiy tafakkurlarini rivojlantirish, ularning badiiy didlarini o'stirishda maksimal yordam berishni ko‘zda tutgan holda to'plangan va bayon etilgan. Qo'llanmada kiyim haqida va uning tarixidan ma’lumot, kiyimlarga qo‘yiladigan talablar, kiyimlarning sinflanishi,ayollar, bolalar va erkaklar kiyimini loyihalash bo'yicha asosiy ma’lumotlar batafsil yoritilgan. Odam gavdasi tuzilishi asoslari, turlari, gavdaning asosiy antropometrik nuqtalari va chiziqlari, gavdani modul bo'yicha chizish, kiyimni loyihalashda foydalaniladigan asosiy o’lchovlar va ularni gavdadan olish, kiyimni loyihalash usullari, unda ishlatiladigan qo'shimchalar haqida yetarli ma’lumotlar berilgan.
Shuningdek, kiyimlarni loyihalash, ya’ni asos chizmasini tuzish, to'r qismidan boshlab, keyin konstruktiv nuqtalar va chiziqlar o'rnini aniqlashgacha bo‘lgan jarayon bosqichma-bosqich yoritib berilgan. Ayollar yengil kiyimini texnik modellash bosqichma-bosqich ko’rib chiqilgan. Ko’ylak, yubka, yeng, yoqa konstruksiyasi asosini modelga muvofiq yangi bichim konstruksiyasiga aylantirish usullari keltirilgan.Kostyum dizaynida mavjud kontseptsiyalar, odatda, o’z davr dizayning asosiy muammolarini oqimidadir va turmush tarzini o’zgarish umumiy rag’batlari bilan bog’lanishidadir. Ammo, bu umumiy rag’batlar dizaynda har xil mualliflar kontseptsiyalarida o’zlashtiriladi, ya’ni dizaynerlar buyumning funktsiyasiga o’zgacha qarashadi, garderobni ta’millash turli kontseptsiyalarini tarafdorlari bo’ladi, har xil shakllantirish usullarni qo’llashadi, turli turmush tarzda yashayotgan insonlarga o’z kiyimini taklif etishadi. Bundan tashqari, kiyim dizaynini o’ziga xosligi shundaki, kontseptsiya matnda emas, balki vizual shaklda o’z ifodasini bayon etadi. Modani mavsumiy o’zgarish ritm an’anasi kiyim dizaynida ijodiy kontseptsiyasini asosiy o’zlashtirish shakli - modellar namoyishdir.
Kontseptuallik faqat kiyim modellashdagina emas (garchi bu eng muhimi bo’lsa ham), balki modellarni tanlashda, muayyan siymo yaratishda (soch turmak, grim va b.), musiqa jo’rligida va namoyish o’tqazish joyda namoyon bo’ladi.Dizaynerlarning muallif ijodiy kontseptsiyalari, odatda, loyiha madaniyatni rivojlanish umumiy tendentsiyalaridan xoli emas va dizaynda mavjud u yoki bu umumiy kontseptsiyalarga qayd qilmaydi. XX asrda loyihalashda ikki global kontseptsiyalari mavjud: XX asrni birinchi yarmida dizaynning rivojini aniqlaydigan funktsionalizm; XX asrni oxirida postmodernizm (“yangi dizayn”, “antifunktsionalizm”).Funktsionalizmning asosiy printsiplari shakllarni funktsionalligi, ma’qulligi va universalligi bo’lgan.
Nemis funktsionalizmning mumtozi D.Rams uning asosiy xossalarini aniqlagan: murakkablikni o’rniga oddiylik, noodatiyni o’rniga odatiy, modalini o’rniga uzoq yashaydigan, emotsionalni o’rniga funktsional, turli taassurot qoldiradiganni o’rniga oqilona bo’lishi lozim deb hisoblagan. Italian dizayni nazariyasida dizaynda modernizmni farqlaydigan funktsional loyihalash yo’li loyiha ongini “kuchli” yo’li deb hisoblandi. “Kuchli loyihalash”ni printsipial xususiyatlari qat’iy funktsionalizm, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni maqtash, mexanitsizm, ratsionalizm, avtoritar loyiha–mafquraviy ta’limotga intilish, ijtimoiy muhandislikni printsipi, dizayn mahsulotlar iste’molchilarni abstrakt-tipologik modellash bo’ladi. Bu xossalar davr me’morchilarni (Le Korbyuzye, Ginzburg aka ukalar), dizaynerlarni (rus konstruktivistlar) va modelyerlarni (K.SHanel) ijodiy kontseptsiyalarini ifodalaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu : Yirik gulli gazlamalardan yozgi fasondagi ayollar kuylagi asos chizmasi bo’yicha konistruksiyalash va modellashtirish. Reja: Kirish
|