Amaliy mashg’ulotlar iii-semestr 1-amaliy mavzu: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasining umumiy asoslari Mavzu bayoni




Download 350.5 Kb.
bet1/41
Sana07.11.2023
Hajmi350.5 Kb.
#95120
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
BTP majmua amaliy (2) (2)
-xh6ajopkty7it6j5-1-01, Avazov Islombek Маълумотлар коммуникацияси 1 deadline 1 6, Elektrik filtrlar tuzilishi, Когнитивная педагогика, 01 Verben mit Praepositionen, 11 12, 0057fb58aa9e62d9c4bf9ee0a944cfd3 Amaliy matematika, TARIX-FANIDAN-NAZORAT-ISHLARI-2, 1694784521 10 -sinf MATEM, falasadalillash, afdbc920-6333-4c88-bd5c-5dad46669c93, Portlash - Vikipediya, Презентация1, Aktepa Project.VC0-Report

Amaliy mashg’ulotlar
III-semestr


1-amaliy mavzu: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasining umumiy asoslari


Mavzu bayoni: Pedagogika nima? U nima bilan shug‘ullanadi? Nimalarni tadqiq qiladi, degan savollar pedagogika fanini o'rganishga kirishgan odam- ning aqlini band etadi. Pedagogikaga oid darslikiarda, qomuslarda pedagogikaning bahs tushunchasi turlicha, ayrim hollarda bir-biridan farqlanadigan darajada talqin qilinadi. Masalan, pedagogika - tarbiya haqidagi fan; pedagogika - o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash haqidagi fan; pedagogika - umuman insonni tarbiyalash haqidagi fan va hokazo.
Asosiy pedagogik tushunchalar
Pedagogikada «tarbiya » so'zi turli ma'noda ishlatiladi. Chunonchi, tarbiya keng sotsial ma’noda, ijtimoiy hodisa sifatida qo'llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini: oilani, maktabgacha tarbiya, o'quv-tarbiya muassasalarini, mehnat jamoalari, axborot manbalarining tarbiya yo'nalishida olib boradigan harakatlarini o*z ichiga oladi. Bu tarbiya vositalari o'sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama kamol topishiga xizmat qiladi.

Pedagogik adabiyotlarda va amaliyotda «tarbiya» so'zi aniq, tor vo'nalishni belgilash uchun ham ishlatiladi. Shu ma'noda tarbiyachi rahbarligida aniq maqsadga qaratilgan jarayon tushuniladi. o‘qitish - o'qituvchi va o^quvchining birgalikdagi faoliyati bo‘lib bu jarayonda bolalarning m alum ot olishi. o'quv ko'nikma va malakasini egallashi, tarbiyalanib, rivojlanib borishi nazarda tutiladi.


Ma’lumot - bunda nafaqat o'qitish, balki mustaqil bilim olish, ommaviy axborotlar ta’sirida b o iish bilan birga. insonning ilmiy tizimni egallashi. ilmiy dunyoqarashini shakllantirishi ko’zda tutiladi. Inson kamoloti - bu insonning keng ma'noda ichki va tashqi omillar ta'sirida shakllanish jarayonidir. Bu jarayonda tarbiyaning muhim ahamiyat kasb etishi tushuniladi. Insonning shakllanishi - bu insonning hayot yo‘li davomida rivojlanishining owziga xos shakli boiib, maxsus olib boriladigan tarbiyaviy ta'sir natijasi hisoblanadi.
Ilg‘or tajribalarni 0‘rganish metodi
Pedagogikaning ko'pgina muammolarini hal etishda ta’lim-tarbiva sohasida orttirilgan tajribalarni o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilg‘or o'qituvchilar tajribasi bilan bir qatorda, oddiy o'qituvchilarning faoliyatlari ham o'rganib boriladi. Chunki tajribalarni o'rganish jarayonida muammo, yutuq va kamchiliklar aniqlanadi.
Pedagogik tajribalarni o’rganishda kuzatish. intervyu olish, anketalar tarqalish, o'quvchilarning yozma va ijodiy ishiari, pedagogik hujjatlarni o'rganish metodlaridan foydalaniladi.
Kuzatish - o'rganish lozim bo'lgan pedagogik hodisani ma’lum maqsad nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kuzatish bayonnomasini olib boradi. Kuzatish obyektiga oid bo'lgan aniq faktik material tayyorlanadi. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib boriladi.
Suhbat (fakt) dalillar to'plash yoki kuzatish davomida to'plangan materiallarga aniqlik kiritish maqsadida olib boriladi. Suhbat tadqiqotning mustaqil yoki yordamchi metodi sifatida qo'llaniladi.
Anketalar tarqatish. Bu ommaviy ravishda material to'plash maqsadida anketalar tarqatish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tadqiqot uchun muhim boim agan materiallar o'quvchilarning yozma va bir qancha fanlar bo'yicha mustaqil ishlarni bajargan daftarlarini tekshirish, o'rganib chiqish yo‘li bilan turlarga ajratilishi mumkin.
Maktab hujjatlarini o'rganish- o'quvchilarning shaxsiy varaqalari, metodistning to'plagan malumotlari, sinf jurnallari, kundaliklar, yig‘ilish va majlislar bayonnomalari tadqiqoti uchun olib borilayotgan ta’lim -tarbiyaning ahvoli, darajasi haqida obyektiv axborot manbayi hisoblanadi.
Pedagogik hodisalarni tadqiq qilish jarayonida eksperiment (sinov) muhim ahamiyat kasb etadi. Maxsus tashkil etilgan eksperiment qo‘llanilayotgan yoki qollanishi mumkin bo‘lgan u yoki bu metod va usullar samaradorligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Matematik metod. Bu metod ommaviy materiallarni tahlil qilishda (masalan, anketalar tarqatish yo‘li bilan to'plangan materiallarni yoki Ma’lumotlarni umumlashtirish uchun) qollaniladi. U eksperiment natijalarining aniq baholanishini, xulosalarning ishonchli bolishini ta’minlaydi.
Tadqiqot natijalari va ularni amalda tatbiq etish. Pedagogikada bu jarayon turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Chunonchi, tadqiqotchilarning seminarlarda, ilmiy konferensiyalarda tadqiqot natijalari bo'yicha ma’ruzalar bilan chiqishi, ilmiy maqolalar, kitoblar nashr etilishi, o'qituvchiga mo'ljallangan metodik tavsiyalar bo‘lishi mumkin. Pedagogikada hali hal etilmagan muammolar juda ko'p. Bular ilmiy tadqiqot olib borish yo‘li bilan hal etiladi.
Zero, boshlang’ich ta’lim pedagogikasi mazmuni quyidagicha idrok etiladi

Asoslar







Tendensiya

Tushuncha

Metodologiya





Bilim berish



Yangi va zamonaviy texnologiyalar

Normativ-huquqiy hujjatlar





Nazariya va amaliyot

O’qitish va tarbiyalash

Madaniy kontekstini kuchaytirish





Ilg’or tajribalarni tadbiq etish

SHarq va G’arb pedagogikasi tajribalari

Samaraga erishish





Milliylik

Ilmiy tadqiqotlar

Tizim







Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tushunchasi



Download 350.5 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Download 350.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy mashg’ulotlar iii-semestr 1-amaliy mavzu: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasining umumiy asoslari Mavzu bayoni

Download 350.5 Kb.