Mavzu: Ona tili va adabiyot fanidan modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlari va ularning tahlili




Download 24.12 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi24.12 Kb.
#36673
Bog'liq
dqQgf6TXMkN1nxs2hihZk7zalKOq4ZxwqnMnYFCp
1 Маҳалла раисининг кунлик иш режаси, Al Buxoriy (kurs ishi) (2)

MAVZU: Ona tili va adabiyot fanidan modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlari va ularning tahlili

DTSda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili o‘qitishning asosiy maqsadi quyidagicha belgilangan: “o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat”.


Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi sifatida “o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani shakllantirish; o‘quvchida grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, yozuv, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish; ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat” ekanligi belgilangan.
O‘quv dastirida oʻquvchi ehtiyoj sezadigan har qanday fan doirasida mavzular shakllantirilib, ularda til birliklaridan qanday foydalanish, nimalarga e’tibor berish kerakligi, ularning mashq va topshiriqlar orqali mustahkamlanishi fanlararo integratsiyani ta’minlashga xizmat qilgan.
Mazkur o‘quv dasturi kognitiv, ya’ni tilga oid malaka va koʻnikmani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan bo‘lib, Ona tili faniga shunchaki oʻquv predmeti sifatida qaralmaydi. Bunda ona tili butun borliqni: tabiat, jamiyat, fanlarni, oʻzlikni anglash va oʻrganish vositasiga aylantiriladi. Oʻquvchi Ona tili fanini oʻzlashtirish jarayonida tildan turli ijtimoiy munosabatlarda to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishni oʻrganadi. Matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, iqtisod, jamiyatshunoslik kabi fanlarni oʻzlashtirishda til omilini his qiladi. Muayyan soha mutaxassisiga aylanganida, maktabda olgan bilim, ko‘nikma va malakalaridan foydalanib oʻzbek tilida ish yuritish, nutq soʻzlash, turli uslublarda yoza olish, qarashlarini erkin ifodalagan holda fikrini boshqalarga turli shakllarda samarali tarzda yetkazishni, eng muhimi, teran fikrlashni biladi.
5–11- sinflar uchun Ona tili fani dasturi boshlang‘ich sinfda egallanadigan nutqiy va lingvistik kompetensiyalarning uzviy davomi bo‘lib, soddadan murakkabga tamoyili asosida ishlab chiqilgan.
Ona tilidan ta’lim mazmuni tilning barcha xususiyat va qonuniyatlari parallel ravishda soddadan murakkabga tomon, amalda qoʻllash ehtiyojidan kelib chiqqan holda oʻrgatishga asoslangan, ya’ni malaka talablarida koʻrsatilgan koʻnikma va malakalarni egallash uchun nutqiy mavzu doirasida qaysi grammatik va til sathlari boʻyicha bilim zarur boʻlsa, shundan o‘quvchining yosh xususiyatlari va o‘quv imkoniyatlarini hisobga olgan holda foydalanilgan. Ketma ketlik hisobga olinmagan. Bir mavzuga qayta-qayta murojaat qilinishi va uning doimiy murakkablashib borishiga e’tibor qaratilgan.
O‘quv dastirida oʻquvchi ehtiyoj sezadigan har qanday fan doirasida mavzular shakllantirilib, ularda til birliklaridan qanday foydalanish, nimalarga e’tibor berish kerakligi, ularning mashq va topshiriqlar orqali mustahkamlanishi fanlararo integratsiyani ta’minlashga xizmat qilgan.
O‘quv materiallarini tanlashda turli uslubdagi qiziqarli ma’lumotlarni oʻzida jamlagan yaxlit matnlar yoki yaxlit mazmun ifodalagan badiiy matn parchalarini oʻqish, eshitish va tahlil qilish, bir xil mavzuda ikki xil uslubda yozilgan matnlarni o‘zaro qiyoslash kabi jihatlar e’tiborga olingan.
Ona tilidan darsliklar yaratishda ona tilining boshqa fanlar bilan aloqasini ta’minlashga, ona tilining barcha ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan fanlar, o‘quv predmetlarining o‘rganish va o‘rgatish vositasi ekanligini chuqur anglagan holda undan ilmiy va amaliy faoliyatda foydalanishga, ijtimoiy hayotning turli qirralarini aks ettirishga, shuningdek, ta'lim oluvchilarning yosh, gender va etnomadaniy xususiyatlariga, to‘rtta lisoniy malakaning baravar shakllantirishga e’tibor qaratilishi lozim.
O‘quvchini xalqaro baholash – o‘qish savodxonligini baholovchi PIRLS hamda PISA dasturlariga tayyorlash maqsadida o‘qib tushunish malakalarini shakllantirishga qaratilgan mashq va topshiriqlar darslik mazmuniga singdiriladi.
O‘quv dasturi asosida tuzilgan taqvim-mavzuiy rejalar ta’lim muassasasining metod birlashmasida o‘rganilib, o‘quvchining o‘quv imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda belgilangan soatlar doirasida 15 foizgacha o‘zgartirilishi mumkin. Mazkur o‘zgarishlar tegishli tartibda pedagogik kengashda tasdiqlanishi lozim.
O‘quv dasturida ona tili chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari uchun alohida mavzular berilmay, mavjud nutqiy mavzularning o‘qituvchining ijodiy va kreativ yondashuvi asosida yo‘nalishga mos ravishda chuqurlashtirib o‘qitilishiga imkoniyat berildi.
Adabiyot fanining Milliy o‘quv dasturida turli davrlarda turli ijodkorlar tomonidan yaratilgan sara badiiy asarlarni o‘rganish obyekt qilib olingan. Dasturga kiritilgan asarlarni o‘zlashtirish orqali o‘quvchilar sog‘lom e'tiqodli, keng dunyoqarashli, nozik didli, o‘zga inson tuyg‘ularini his qiladigan, o‘z xatti-harakatlarini asoslay oladigan, mustaqil fikrga va keng dunyoqarashga ega shaxs bo‘lib shakllanishi nazarda tutilgan. Mazkur dasturda “Adabiyot” darsliklarida har bir o‘rganilgan asar yuzasidan metodik maqola (“asar haqida” bo‘limi) berish tajribasidan voz kechish, o‘rniga asar matni tahliliga yo‘naltirilgan savol-topshiriqlarga zo‘r berishi kerakligi tavsiyasi berilgan. Shuningdek, savol-topshiriqlarning faktologik emas, balki o‘quvchini mustaqil fikrlashga undaydigan, asar tahliliga yordam beradigan konseptual xarakterda bo‘lishi kerakligi ko‘zda tutilgan. Bu dasturda 5-9-sinflarda ijodkorlarning hayot va ijod yo‘li bo‘yicha ma’lumot berishdan tamomila voz kechildgan 10-11- sinflarda ijodkorlar umryo‘li o‘rganilishi ko‘zda tutildi. Chunki o‘quvchilarning yoshi biroz ulg‘ayib, hayot tajribasi ortgandagina asar bilan muallif hayoti o‘rtasidagi bog‘liqlikni payqashi mumkin.
O‘qituvchi savol va topshiriqlar yordamida o‘quvchilarning biror badiiy asarni tahlil qilishlariga zamin yaratishda sinfdagi o‘quvchilarning intellektual imkoniyatlari, ruhiy holati, asarning ta'sir darajasini hisobga olgan holda ish ko‘rishi uchun dasturda variativlik ko‘zda tutildi: ayrim o‘rinlarda o‘rganilishi va tahlil qilinishi tavsiya qilingan asalardan birini tanlash imkoni berilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim so‘ngida o‘quvchilarda adabiyot faniga oid quyidagi
kompetensiyalar shakllangan bo‘lishi lozim:
K1: asarning asosiy va ikkilamchi g‘oyasini (g‘oyalarini) aniqlaydi va munosabat bildiradi, bunda adabiyot va boshqa fanlardan olgan bilimlariga, shu jumladan, asar yaratilgan kontekst (tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, adabiy) haqidagi bilimlariga hamda o‘z hayotiy tajribasiga tayanadi;
AK2: asardagi eksplitsit (ochiq aytilgan) va impitsit fikrlarni (tag ma’nolarni) ilg‘aydi, asardan xulosalar chiqaradi va bu xulosalarini asoslab beradi;
AK3: asarning syujetini tushunadi, syujet elementlarini ajratadi va asarning qurilishiga munosabat bildiradi;
AK4: muallif qo‘llagan badiiy tasvir va ifoda vositalarini, shuningdek, lingvistik (leksik, grammatik, fonetik) xususiyatlarni tahlil topadi hamda ularni asarda qo‘llashdan ko‘zlangan maqsadni, ularning o‘quvchiga ta’sirini tushuntirib beradi;
AK5: asardagi obrazlarni tahlil qiladi, ularga munosabat bildiradi hamda munosabatini matn, boshqa manbalar va hayotdan olingan misollar yordamida asoslab beradi;
AK6: asarning turli talqinlarini (masalan, kino, teatr, tasviriy san’atdagi talqinlarini) solishtirib, o‘xshash va farqli jihatlarini aytadi, munosabat bildiradi;
AK7: o‘qilgan asarlar tahlili (shu jumladan, qiyosiy tahlili) asosida ijodiy va tahliliy matnlar yaratadi, bunda turli lingvistik va ekspressiv vositalardan o‘rinli foydalanadi hamda mantiqiy izchillikka rioya qiladi.


Download 24.12 Kb.




Download 24.12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Ona tili va adabiyot fanidan modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlari va ularning tahlili

Download 24.12 Kb.