• OBRAZLAR TIZIMINI YANGICHA YONDASHUV ASOSIDA TAHLIL QILISH” MAVZUSIDAGI KURS ISHI
  • Fayzulloh almaiyning




    Download 59.95 Kb.
    bet1/6
    Sana09.04.2024
    Hajmi59.95 Kb.
    #191990
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    almaiyning kalila va dimna11
    MAVZU, elbek, 67920, malumotlar banki, bozor iqtisodiyot tushunchalari, Faradey qonunlari, Kompaniya ahvolining tahlili, 4 mavzu Bir jinsli algebrik tenglamalar sistemasi, 1 mavzu matritsaning rangi, 3 мвз Кординаталар алмаштириш силинвирик ва сферик кординаталар, 1. furye qonuni issiqlik o’tkazuvchanlikning asosiy qonuni Furye, 12, bozor, Davlat tashkilotlarida ma\'naviy ma\'rifiy ishlarni tashkil qilish, 190 сон буйруқ тақдимот 2023 йил ноябрь

    ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI
    JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
    O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI
    4-BOSQICH 615-20-GURUH TALABASI
    MIZOMOVA FARIDANING
    O`ZBEK ADABIYOTINI O`QITISH METODIKASI FANIDAN
    FAYZULLOH ALMAIYNING “KALILA VA DIMNA” ASARIDA
    OBRAZLAR TIZIMINI YANGICHA YONDASHUV ASOSIDA TAHLIL
    QILISH” MAVZUSIDAGI

    KURS ISHI

    MUNDARIJA


    Kirish ………………………………………………………………………………3
    Fayzulloh Almaiyning adabiyot rivojidagi o`rni haqida…………………..…….…7
    Asosiy qism
    1. Masala janrining o`ziga xos xususiyatlari……………………………………..11
    2. Kichik janrlarni tahlil qilishning yangicha yondashuvi……………..………..…23
    3. Asardagi obrazlarni tahlil qilishda qo`llaniladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalari ……………………………………………………………………27
    Xulosa……………………………………………………………………………..33
    Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...36


    Kirish
    “O`zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining sara namunalari xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellik kitobxonlarning ham e’tiborini qozonmoqda. Iste’dodli olim va ijodkorlarimiz qalamiga mansub ilmiy va badiiy asarlar nufuzli xalqaro mukofotlarga sazovor bo`lmoqda.
    Xorijiy davlatlar o`quvchilari o`rtasida O`zbek tili va adabiyoti xalqaro olimpiadasini o`tkazish yo`lga qo`yilgani ham ona tilimizni keng targ`ib qilishga xizmat qilmoqda.
    Bugungi kunda jahon miqyosida 50 millionga yaqin kishi o`zbek tilida so`zlashmoqda. Ko`plab mamlakatlarda bu go`zal va jozibali til katta ishtiyoq bilan o`rganilmoqda.
    Ayni paytda, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlarning tili, madaniyati va qadriyatlarini asrab-avaylash hamda rivojlantirishga muhim ahamiyat qaratilmoqda. Biz bu yo`nalishda olib bora0yotgan ishlarimizni kelgusida ham izchil davom ettiramiz.
    Hammamizga ayonki, ko`p millatli xalqimizni yuksak ma’rifatli jamiyat barpo etishdek ezgu maqsad yo`lida jipslashtirish, yurtdoshlarimiz qalbiga yagona Vatan, umumiy farovon kelajak tuyg`usini singdirishda o`zbek tili birlashtiruvchi ahamiyatga egadir.
    Shu bois, Yangi O`zbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, Uchinchi yuksalish davri poydevorini yaratishga qaratilgan tarixiy islohotlar jarayonida o`zbek tilini rivojlantirish bo`yicha belgilab olgan vazifalarimizni izchil davom ettirishimiz lozim.
    Bugungi kunda yoshlarimizning dunyoqarashi, odob-axloqi va nutq madaniyatiga salbiy ta’sir ko`rsatayotgan illatlar, ayniqsa, turli elektron vositalar orqali tobora kuchayib borayotgan ma’naviy tahdidlarga qarshi ma’rifat va ilm bilan samarali kurash olib borish hayotiy zaruratga aylangan.
    Bu borada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tilini o`zbekchalashtirish, butunjahon Internet tarmog`idagi milliy segmentni yanada boyitish, o`zbek va xorijiy tillar bo`yicha lug`at va so`zlashgichlarning yangi avlodini yaratish kechiktirib bo`lmas vazifalarimiz sirasiga kiradi.
    Jahon taraqqiyoti yutuqlari va qimmatli manbalarni o`zbek tiliga tarjima qilish orqali ona tilimizni ilm-fan va innovatsiyalar tili sifatida rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratishimiz zarur.
    Shu ma’noda, XX asr boshida yashab ijod qilgan, o`zbek, arab, fors, hind, turk va rus tillaridagi so`zlarni o`z ichiga olgan bebaho lug`at kitobini yaratgan ma’rifatparvar bobomiz Ishoqxon Ibratning: “Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o`z ona tilini ko`zlariga to`tiyo qilib, ehtirom ko`rsatsinlar. Zero, o`z tiliga sadoqat – bu Vataniy ishdir”, degan hikmatli so`zlari biz uchun muhim dasturilamal, hayot yo`limizni yoritadigan mayoq bo`lib xizmat qilishi kerak.”1
    Aytmoqchimanki, adabiyoti bor xalq o`zining kimligini anglaydi. O`zbek adabiyoti nainki ko`ngilni o`stiradigan, balki bir yog`i borib qadim moziyga, Yaratgan ilhom bergan ulug` insonlarga borib tutashadigan buyuk adabiyot. Oxir-oqibat bu adabiyot ustoz rolini o`ynaydi. Biz — shoir, ijodkor xalqmiz. Zaminimizda she’riyat chuqur ildiz otgan, rivojlangan. Hatto ilmiy asarlar ham she’riy yo`sinda yozilgan. Masalan, Abu Ali ibn Sino asarlari. Yoki tasavvuf ilmining yorqin namoyandasi Hazrati Xoja Ahror valiyning prozada yozilgan “Volidiya” asarini Bobur Mirzo nasriy emas, nazmiy usulda tarjima qilgan. Bobur asar she’r orqali taqdim etilsa, odamlarning ko`ngliga tez va teranroq yetib borishini anglagan. Shu bois, odamlarni yangi, mukammal bosqichga, insoniyatni komillik darajasiga chiqishga undaydigan buyuk vositalardan biri bu — she’riyat, adabiyot.
    Adabiyotsiz odamlar misoli robot. Pul topadi, yeydi, ichadi, umrini o`tkazadi. Adabiyot kirgan yuraklar esa hayotning mazmun-mohiyatini chuqur anglaydi, go`zalliklari, mashaqqatiyu zalvarini chuqur his qiladi. Ularning hayoti yorug` yulduz misoli nur taratib turadi. Navoiyning o`tganiga 500 yildan ortiq vaqt bo`ldi. Hozirgacha buyuk shoirning tavalludini nishonlaymiz. Eng muhimi, xalqimizni Xudo yorlaqagan, katta iste’dodlarni doim Alloh berib turadi. Buning natijasida katta shoirlaru adiblarimiz yetishib kelaveradi.
    Hozir insoniyat qiziq davrni boshdan kechiryapti: yangi texnologiyalar — telefon, internet hayotimizga kirib keldi. Bu — zamon talabi. Lekin biz telefonga termulib, adabiyotni unuta boshladik. Telefonda informatsiya bilan eng qulay usulda tanishish mumkindir, lekin bu ko`ngilni o`stirmaydi. Axborot ming qilsayam, axborot-da. Inson bu dunyoda nimalar kechayotganini axborot orqali anglab boradi, xolos. Ko`ngildagi ehtiyojni adabiyot qanoatlantiradi. Ruhiyatni adabiyot yangilaydi. Xalqimiz o`qiydigan, anglaydigan xalq.
    Hamma xalqda ham muayyan qatlam tufayli jamiyat ilgari odimlaydi. Eng katta qatlam — ko`zga ko`rinmaydigan, bilinmaydigan, puldorlarday muhtasham imorat qurish qo`lidan kelmaydigan mana shu odamlar, ya’ni ziyolilar adabiyotni yaratadi.
    “Adabiyot zamon bilan hamnafas” degan gapni teranroq tushunmoq lozim. Biz ko`pincha bu fikrni yonimizda umrguzaronlik qilayotgan zamon odamlari va voqealarini qanday qilib qog`ozga mukammalroq tushirish deb bilamiz. Ammo bu jarayonda adabiyotning o`zi qay tarzda o`zgarishi lozimligi haqida deyarli fikrlamaymiz. Qahramonlar fe’l-atvorini yaratish, hayotni badiiy bir tarzda kitobxonga yetkazish kerakligi va shunga o`xshash uch-to`rt muhim adabiy qonuniyatlar qobig`idangina qaraymiz.
    Albatta, sof realistik adabiyot nuqtai nazaridan bu juda to`g`ri. Biroq yangi zamon tasviri endi faqat bu o`lchamdagi qonuniyatlarga sig`maydi. Chunki zamon bilan nafas olayotgan adabiyotning o`lchamlari ham boshqa manzara kashf etmog`i lozim.


    Download 59.95 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 59.95 Kb.