• 4. Qumli joylarda yollarni loyihalash.
  • Mavzu: tog‘ yonbag‘irlaridagi yo‘l poyining ustivorligi




    Download 3.28 Mb.
    bet1/3
    Sana10.03.2024
    Hajmi3.28 Mb.
    #169650
      1   2   3
    Bog'liq
    AYL fani Tog\' yonbag\'ridagi
    HUSNIDDIN, 5 маруза МТ, 2-Курс. Электроника ва схемалар 2 якуний назорат-CAE1426 HEMIS Student axborot tizimi, Chervyakli uzatmalar, Annakulov Ilyos Marketing..taqdimot, 4-tеmа. Milliy dinlerdiń sociallıq rawajlanıw hám shaxs isenimin támiyinlewdegi roli, application integration (1)



    MAVZU: TOG‘ YONBAG‘IRLARIDAGI YO‘L POYINING USTIVORLIGI
    REJA:

    1. Tog' yonbag'irlaridagi yo'l poyining ustvorligi.

    2. Tog’li joylarda yo’llarni loyihalash.


    3. Tog‘ yonbag‘rida yo‘l poyini qurish.

    4. Qumli joylarda yo'llarni loyihalash.


    5. Xulosa.

    6. Foydalanilgan adabiyotlar.


    Tog’li tumanlarda yo’llarni qurish va avtomobil transportidan foydalanishni murakkablashtiruvchi quyidagi omillarni hisobga olish lozim: yo’llarning chegaraviy bo’ylama qiyaligidan katta bo’lgan joy qiyaligi; juda past-baland rel’ef; tik qiyaliklarni zabt etish; havo haroratining keskin o’zgarishi va xokozo. Markaziy osiyoning katta qismi tog’lardan iborat. Qirg’iziston umumiy maydonining 95% ini (188 ming km2 ), Tojikistonning -93% ini (132 ming km2 ), O’zbekistonning – 30% ini (121 ming km2 ), Turkmanistonning – 28% ini (134.8 ming km2 ), Qozoqistonning – 10% ini (275 ming km2 ) tog’li xududlar tashkil etadi.


    Tog’ relefi qisqa masofalarda balanglik belgilarining ancha farq qilishi, tog’larning tik yonbag’irlari, tog‘ daryolarining chuqur egri-bugri vodiylari bilan tavsiflanadi. Tog’li joyning geologik tuzilishi uncha katta bo’lmagan uchastkalarda keskin o’zgarishi mumkin. Tog’ yonbag’irlari turg’un bo’lmaydi, yo’l qurilishi ularning muvozanatini buzishi, qulashlar va o’tirilishlarni yuzaga keltirishi, surilish va to’kilishlarni faollashtirishi mumkin. Tabiiy sharoitlar tog’larda qisqa masofalarda o’zgarib turadi, buning ustiga tik (vertikal) mintaqaviylik (dengiz sathidan yuqorilashgan sari iqlim sharoitlarining o’zgarishi) va qiyaliklarning dunyo tomonlariga nisbatan joylashishining (ekspozisiya) ta'siri keskin namoyon bo’ladi. Tog’larda havoning harorati o’rtacha balandlikning har 100 m ko‘tarilishida taxminan 0,50 ga pasayadi.
    Sovuq havo yonbag’irlardan berk vodiyga oqadi. Baland tog’li hududlarda haroratning sutkali ancha katta o’zgarib turishi sodir bo’ladi. Balandlik oshgan sari havoning bosimi pasayadi. Balandlik belgilarining havo bosimining 1 mm sim. ust. ga mos keluvchi farqlari havo harorati va atmosfera bosimiga qarab 10...17 mm ni tashkil etadi. Baland tog’li hududlarda havoning siyraklanishi, yonilg’i to’la 102 yonmaganligi sababli, avtomobil dvigatellari quvvatining kamayishini yuzaga keltiradi.
    Tog’larga tushadigan yog’in-sochin miqdori dengiz sathidan ko’tarilgani sari har 100 m balandlikka taxminan 40...60 mm ga ko’payadi, bulutlar jadal hosil bo’ladigan zonada maksimumga yetadi. Yozda tog’larda jalalar jadal yog’adi, bunda yillik yog’in-sochinning 15...20 % miqdori tushadi. Barcha tog’ tizmalaridagi, ularning geologik tuzilishlari keltirib chiqaradigan farqlarni, yo’llarni o’tkazish prinsiplari nuqtai nazaridan, tog’ relefining to’rt turini ajratib ko’rsatish mumkin: tog’ oldi, to g’ vodiylari, tog’ yonbag’irlari, suv ayirgich tog’ beli yoki plato. Rejada vodiy bo’ylab yurishda yo’l o’qining yo’nalishi daryo vodiysi qiyaliklarining egri-bugriligi, unga kelib quyiladigan suv oqimlari, yonbag’irlarning noturg’un joylari, aylanib o’tishga to’g’ri keladigan qoyaning turtib chiqqan joyi borligi bilan belgilanadi, bularni aylanib o’tishga, chuqur o’ymalar qilib, qisqa tunnellar qurib kesib o’tishga yoki yo’lni daryoning boshqa qir g’og’iga ko’chirishga to’g’ri keladi.
    Ishlarning texnologiyasi va tashkillashtirilishining o’zaro bog’liqligi noan’anaviy, ijodiy yondoshuvni talab etadi: turli ishlar bo’yicha keyingi yilga bitkaziladiganlarini aniqlash; ishlar texnologiyasini tanlashda mavjud texnika, mexanizatorlar va butun quruvchilar jamoasining tajribasini hisobga olish; ishlarni tashkillashtirish usullarini ratsionalizatorlashtirish ehtimoli, mahalliy materiallardan foydalanish va hokazolarni nazarda tutgan holda ko’p sonli texnologiya variantlarini ko’rib chiqish. Yo’l qurilishining o’ziga xos murakkabligi shundan iboratki, oddiy atmosfera sharoitida vaqti-vaqti bilan o’zgaradigan harorat hamda namlikda yo’l inshootlarining talab qilinadigan xossalari, birinchi navbatda, mustahkamligi ta’minlanishi shart. Ma’lum qurilish sharoitida ish texnologiyasining eng maqbul varianti to’g’risida qaror qabul qilish kerak. Inshootning sifati va qiymati bunday variantni tanlash mezoni hisoblanadi.





    Avtomobil yo’lining sifati transport-foydalanish, texnologik, ergonomik, estetik, ekologik va boshqa xususiyatlarni, shuningdek xizmat muddati va boshqa asosiy parametrlarni o’z ichiga oladi. Avtomobil yo’lining samaradorligi, ya’ni foydalanishdan olinadigan foydali samaraning yo’l qurilishi va foydalanishiga ketgan umumiy xarajatlarga nisbati uning sifat darajasi mezoni hisoblanadi. Yo’lning uzunligi bo’yicha va vaqt mobaynida o’zgarib turadigan tuproqlar, materiallarning xususiyatlari va holatlari, ayrim konstruktiv qatlamlarning parametrlari, harorati hamda namligi bilan ifodalanadigan yo’llarni qurish va foydalanish sharoitida ishlarni amalga oshirishning eng maqbul usuli doimo bo’ladi, bu usul yo’lning talab qilinadigan foydalanish xossalarini ta’minlab, uni qurish va foydalanishda keltirilgan eng kam xarajatlarga mos keladi.

    Download 3.28 Mb.
      1   2   3




    Download 3.28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: tog‘ yonbag‘irlaridagi yo‘l poyining ustivorligi

    Download 3.28 Mb.