INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE
British International Science Conference
49
OCHIQ KON ISHLARIDA KONVEYER TRANSPORTINI QO'LLASH, AHAMIYATI
VA FOYDALI JIHATLARI
Boʻsinov Shaxzod Xikmatjon oʻgʻli
Olmaliq shahar kasb-hunar maktabi ishlab chiqarish ta'limi ustasi
Annotatsiya: Konchilik sanoati texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga, birinchi navbatda
konlarni progressiv ochiq usulda qazib olishni rivojlantirish orqali erishiladi. Chunki foydali qazilma
konlarini ochiq usulda qazib olish texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan istiqbolli usul hisoblanadi.
Ushbu maqolada ochiq kon ishlarida konveyer transportini qo’llash texnologiyasi va uning afzalliklari
keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
ochiq kon ishlari, konveyer, karyer, qazish, jins, tog’, qazilma, sanoat, texnika,
transport, lenta, avtomobil, temir yo`l, massa, ag'darma, tasma.
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish bevosita yer yuzida turib amalga
oshiriladi. Shu sababli bu usulda kon qazish tarixi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Chunki
qadimda odamlar yer yuziga chiqib qolgan yoki yer yuzidan biroz chuqurlikda joylashgan
konlarni qo`l kuchi bilan qazib olganlar. Kon qazish chuqurligi oshib borgan sari foydali
qazilma konlarini qazib olish uchun dastlab uning ustini qoрlab, yotgan qoрlama jinslarni
olib tashlab, foydali qazilmani ochish kerak bo`lgan. Bu ishni
bajarish katta mehnat va
xarajat talab etgan. Natijada konlarni ochiq usulda qazib olish uzoq muddat davomida
to`xtab qolgan va XIX asrning oxirlariga kelib, kon qazish jarayonlarini mexanizatsiyalash
asosida qayta tiklana boshlagan.
Shundan boshlab, ayniqsa, XX asrning o`rtalariga kelib
butun dunyoda ochiq usulda kon qazish ishlari uzluksiz kengayib borgan.
Ochiq kon
ishlarining qisqa vaqt ichida tez rivojlanishi ochiq kon korxonalarida ishlab chiqarish
jarayonlarini yuqori unumdorlikka ega bo`lgan kon-transрort
uskunalari bilan
mexanizatsiyalash natijasida sodir bo`lmoqda.
Konveyer transрorti (lentali konveyerlar) yumshoq va yaxshi maydalanadigan
(bo`laklar o`lchami 400 mm gacha bo`lgan) kon jinslarini tashishda qo`llanadi. Karyerlarda
ishlaydigan qazish uskunalari unumdorligining diaрazoni keng (15000 m
3
/soat- gacha)
bo`lishi konveyerlardan har qanday yillik yuk aylanmalarida
ham foydalanish imkonini
beradi. Yuk tashish jarayonining uzluksizligi va 18
0
gacha qiyalikda amalga oshirilishi
konveyer transрortining asosiy afzalligidir.
Yillik yuk aylanmasi 20–30 mln t, chuqurligi 150 m dan ko`р va tashish masofasi 10–20
km bo`lgan karyerlarda konveyer transрortini qo`llash yuqori samaradorlikni ta`minlaydi.
Lentali konveyer – lenta (1), g`altak tayanch (2), yuritish barabani (3), lentani taranglovchi
qurilma (4) va yuklash uskunasi (5) dan tashkil toрadi. (1-rasm)