-rasm. Konsolli ag‘darma hosil qiluvchi bilan qoplama jinslarni ag‘darmaga to‘kish




Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana22.03.2024
Hajmi1.08 Mb.
#175250
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Boʻsinov Shaxzod Xikmatjon oʻgʻli
Inson va kasb, NetSupport ni o\'rnatish, Majburiy Matematika 22.06.23, 3 qism Matematika, @majburiy fan uz 2
5-rasm. Konsolli ag‘darma hosil qiluvchi bilan qoplama jinslarni ag‘darmaga to‘kish 
sxemasi. 


INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE 
British International Science Conference 
55
 
Konsolli ag'darma hosil qiluvchi uskunalar bilan ag'darma hosil qilish quyidagi 
jarayon va operatsiyalardan tashkil topadi: jinslarni qabul qilish, tashish va ag‘darmaga 
joylashtirish, ag'darma ustki maydonini tekislash, tasmali konveyerlarni surish. 
Ag'darmadagi tasmali konveyerlar, tasmali konsol ag’darma hosil qiluvchilar ag‘darma 
texnologik uskunalari hisoblanadi. Tasmali konsol ag‘darma hosil qiluvchi uskuna qoplama 
jinslarni ag‘darma konveyer transportidan qabul qilib olib, ag‘darmaga joylashtiradi. 
Ag‘darma tupigining jinslarni qabul qilish qobiliyatini oshirish maqsadida ag‘darma 
konveyerlari bilan konsolli ag‘darma hosil qiluvchi o‘rtasiga tasmali qayta yuklovchi uskuna 
o'rnatilishi mumkin. 
Qoplama jinslar ag'darmaga bir yoki ikki yarns bo‘yicha to‘kilishi mumkin. Agar 
jinslar ag'darmaga ikki yarns bo'yicha to‘kiladigan boisa, dastlab birinchi ostki yarns jinslar 
bilan to‘ldiriladi, ikkinchi ustki yarns esa konsolli ag'darma hosil qiluvchi uskunaning 
orqaga qaytishida (ag‘darma konveyerini surmasdan) hosil qilinadi. 
Ag‘darma kirmasi (заходка) ga qoplama jinslar ag‘darma hosil qiluvchi uskuna 
konsolining gorizontal tekislik bo'yicha burilishi orqali to'kiladi. Konsolli ag'darma hosil 
qiluvchi qo'llanilganda ag'darma ish fronti parallel yoki yelpig'ichsimon sxemada 
rivojlanishi mumkin. Ag'darma ustki maydoni buldozer bilan tekislanib, undagi tasmali 
konveyerlar tumodozer deb ataluvchi mashina yordamida yangi o'zanga suriladi. Konsolli 
ag'darma hosil qiluvchi uskuna yordamida hosil qilingan ag'darma pog'onasi balandligi kon 
jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari va konsolli ag'darma hosil qiluvchi uskunaning 
chiziqli o’lchamlariga bog‘liq bo‘lib, qoplama jinslarni ikki yarus bo'yicha to'kilganda 50 - 
70 m (jinslar quruq bo’lganda) va 35 - 40 m ni (jinslar namligi yuqori bo’lganda) tashkil 
qiladi. 
Qiya va o‘ta qiya ruda konlarini qazib olishda, to‘rtlamchi yotqiziqlarni tashkil 
qiluvchi yumshoq kon jinslarini qazib olib, ularni tashqi ag‘darmaga tashishda, asosan, 
konveyer transporti qo‘llaniladi. Konveyer transporti qo’llanilganda qoplama jins va 
ag‘darmalardagi kirmalarning o’lchamlari geologik sharoitlar, rotor ekskavatori va ag‘darma 
hosil qiluvchi uskuna parametrlari hamda ularning ishlash sxemalarini hisobga olgan holda 
aniqlanadi. Qoplama jins pog‘onasidagi kirma kengligi, transport kommunikatsiyasi 
joylashadigan tilik kengligi, kavjoy konveyeriga yuk ortish sxemasi, yondosh pog‘onalami 
qazib olish usuli va tartibini hisobga olgan holda qazib olinayotgan pog‘ona ishchi maydoni 
kengligi aniqlanadi. Ish fronti uzunligi tabiiy sharoitlar bilan bir qatorda qazib-yuklash 
uskunalarining rusumi va unumdorligi bo‘yicha aniqlanadi. 
Hozirgi vaqtda karyerlarda qattiq (qoyasimon) jinslarni qazib olib, ularni tashqi 
ag‘darmaga tashishda konveyer transportidan samarali foydalanilmoqda. Buning uchun 
tashiladigan kon jinslarini kerakli darajada maydalash lozim bo‘ladi va bunda konveyer 
ishonchli va samarali ishlashiga sharoit yaratiladi. Kon jinslarini tasma konveyerlarda 
tashish uchun kerakli darajada maydalashga ikki usulda erishish mumkin: 
- kavjoyda ko‘chib yuruvchi tegirmonlardan foydalanish, bunda bir cho'michli 
ekskavator kon massasini tegirmonga bunker - ta’minlagich orqali yuklaydi va tegirmonda 
maydalangan kon massasi konveyerga yuklanadi; 



Download 1.08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Konsolli ag‘darma hosil qiluvchi bilan qoplama jinslarni ag‘darmaga to‘kish

Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish