2-Mavzu: Tashqi va ichki kuchlar, ularni aniqlash. Kuchlanish. Ko‘chishlar va deformatsiya. Tashqi kuchlar tavsifi




Download 0,84 Mb.
bet1/4
Sana25.01.2024
Hajmi0,84 Mb.
#145412
  1   2   3   4
Bog'liq
2-Ma\'ruza Taqdimoti


2-Mavzu: Tashqi va ichki kuchlar, ularni aniqlash. Kuchlanish. Ko‘chishlar va deformatsiya.
Tashqi kuchlar tavsifi
Materiallar qarshiligi fanida konstruksiyalarni hisoblashda hamma kuchlar asosan tashqi va ichki kuchlarga bo‘linadi. Tashqi kuchlar brusga (konstruksiya yoki uning elementlariga) tashqaridan ta’sir etayotgan bo‘lib, ular aktiv va reaktiv tashqi kuchlarga bo‘linadi.
Aktiv tashqi kuchlar yoki berilgan kuchlarga misol tariqasida brusga ta’sir etuvchi uning xususiy og‘irligi, samolyot yoki vertolyotga ta’sir etuvchi aerodinamik kuchlar, to‘g‘on devoriga suvning ta’siri, avtomobilning ko‘prikka ta’siri, yuk ko‘tarayotgan kranga yukning ta’siri va h.k. lar kiradi.
Bulardan tashqari tashqi kuchlar qatoriga harorat o‘zgarishidan hosil bo‘ladigan hamda ilgarilama va aylanma harakatlar natijasida hosil bo‘ladigan inersiya kuchlarini ham kiritish mumkin.
Reaktiv tashqi kuchlarga bog‘lanishlarda hosil bo‘ladigan tayanch reaksiya kuchlari kiradi.
Aktiv va reaktiv kuchlar Dalamber prinsipiga asosan muvozanat holatdagi jismda doim muvozanatda bo‘ladi deb qabul qilingan.
Tashqi kuchlar o‘z navbatida qo‘yilishi bo‘yicha to‘plangan va taralgan kuchlarga bo‘linadi:
Yuklanish jismning nisbatan kichik yuzasi bo‘yicha ta’sir etayotgan bo‘lsa unda uni teng ta’sir etuvchi kuch to‘plangan kuch orqali ifodalanadi. To‘plangan kuchlar odatda N, kN va MN lar orqali o‘lcha­nadi (1-jadval a).
To‘g‘ri chiziq bo‘ylab taralgan kuchlar, o‘lchov birliklari N/m, kN/m (1-jadval b), yuza bo‘ylab, o‘lchov birliklari N/m2, kN/m2 (1-jadval d) hamda hajm bo‘ylab, o‘lchov birliklari N/m3, kN/m3 (1-jadval g) ta’sir etishi mumkin (1-jadval а,b,d,g).
1-jadval (а,b,d,g)



Konstruksiya elementlari turlari

Ta’sir kuchlari ko‘rinishi

Yuklar yoki kuchlarning nomi

Yuklar yoki kuchlarning o‘lchov birligi

1

To‘rlangan yoki bir nuqtaga ta’sir etuvchi kuch

2

Chiziq bo‘yicha tekis taralgan yuk

3

Yuza bo‘yicha tekis taralgan yuk

4

Jismlarning xususiy og‘irligi

Konstruksiya yoki uning qismlariga ta’sir etuvchi tashqi kuchlar ularni biror vaqt birligidagi ta’siriga qarab statik yoki dinamik kuchlarga bo‘linadi.
Agar kuch nisbatan sekin va bir tekisda qo‘yilib noldan kerakli miqdorgacha oshirilsa va keyin o‘zgarmasdan qolsa bunday kuchlar statik kuchlar deyiladi.
Dinamik kuchlar ta’sirida ham deformatsiyalanayotgan jism ham unga ta’sir etayotgan jismlarda katta tezlanishlar hosil bo‘ladi, sababi kuch qisqa vaqt ichida o‘z miqdori va tezligini oshiradi.

Download 0,84 Mb.
  1   2   3   4




Download 0,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-Mavzu: Tashqi va ichki kuchlar, ularni aniqlash. Kuchlanish. Ko‘chishlar va deformatsiya. Tashqi kuchlar tavsifi

Download 0,84 Mb.