• Ichki kuchlar. Kesish usuli.
  • 2-Mavzu: Tashqi va ichki kuchlar, ularni aniqlash. Kuchlanish. Ko‘chishlar va deformatsiya. Tashqi kuchlar tavsifi




    Download 0,84 Mb.
    bet2/4
    Sana25.01.2024
    Hajmi0,84 Mb.
    #145412
    1   2   3   4
    Bog'liq
    2-Ma\'ruza Taqdimoti

    Deformatsiya va uning turlari
    Tashqi kuch ta’sirida jismning geometrik shakli va o‘lchamlarining o‘zgarishiga deformatsiya deyiladi. Geometrik nuqtai nazardan defor­matsiya ikki turga bo‘linadi: chiziqli deformatsiya va burchakli defor­matsiya.
    Birorta qattiq jism tashqi kuchlar bilan yuklanganda uning ichki zarrachalarining o‘zaro ta’siri natijasida tashqi kuchlarga qarshilik qiladigan ichki kuchlar hosil bo‘ladi. Ular jismni boshlang‘ich holatda ushlab turishga harakat qiladi.
    Shuning uchun deformatsiyalar elastik va plastik deformatsiyalarga bo‘linadi.
    Deformatsiyani hosil qilgan kuchning qiymatini olganimizdan keyin jism o‘zining boshlang‘ich holatiga qaytsa, bunday deformatsiya turiga elastik deformatsiya deyiladi. Jism o‘zining boshlang‘ich holatiga qaytmasa plastik deformatsiya deyiladi.
    Amalda konstruksiya yoki uning qismlarini loyihalayotganda ularda faqat elastik deformatsiya hosil bo‘lishiga erishishga harakat qilinadi. Buning uchun materiallar qarshiligida har bir holat uchun mustahkamlik shartlari qabul qilinadi.
    Konstruksiya va uning qismlarini deformatsiyalanish jarayoni murakkab jarayondir. Bu jarayonni o‘rganishda u oddiy deformatsiya turlariga bo‘linadi.
    Materiallar qarshiligi fanida konstruksiya va uning qismlarini hisoblashda quyidagi asosiy deformatsiya turlari ko‘rib o‘tiladi.
    – Cho‘zilish deformatsiyasi (rasm - a);
    – Siqilish deformatsiyasi (rasm - b);
    – Siljish deformatsiyasi (rasm - d);
    Buralish deformatsiyasi (rasm - g);
    – Egilish deformatsiyasi (rasm - e).
    Ba’zi holatlarda konstruksiya va uning qirqimlari bir paytning o‘zida bir necha xil deformatsiyaga ishlashi mumkin. Masalan, cho‘zilish bilan buralish (rasm - a), yoki cho‘zilish bilan egilish (rasm - b).
    Bunday deformatsiyaga murakkab deformatsiya deyiladi. Bruslar deformatsiya turiga qarab cho‘zilish va siqilishda sterjen, buralishda val va balka (to‘sin) deb ataladi.
    Ichki kuchlar. Kesish usuli.
    Jismlardagi qo‘shni zarrachalar (kristallar, molekulalar, atomlar) orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari ma’lum bo‘lib, ular ichki kuchlar deb ataladi.
    Bu kuchlar jismni yaxlitligini saqlashga harakat qilib o‘zlarining holatlarini o‘zgarishiga to‘sqinlik qiladilar, ya’ni deformatsiyalanish jarayoniga qarshilik ko‘rsatadilar.
    Tashqi kuchlar esa buning teskarisi deformatsiya hosil qilishga, zarrachalarning holatini o‘zgartirishga intiladi.
    Materiallar qarshiligida materialda tabiiy holatda (yuklanmagan) hosil bo‘lgan ichki kuchlarni e’tiborga olinmaydi, balki tashqi kuchlar ta’sirida hosil bo‘lgan ichki kuchlarning ta’siri o‘rganiladi. Bu ichki kuchlarni o‘rganishda materiallar qarshiligida qabul qilingan kesish usuli qo‘llaniladi.
    Tashqi kuchlar ta‘siridan jism deformatsiyalanadi va uning ko‘n­dalang kesimida ichki zo‘riqish kuchlari hosil bo‘ladi. Ularni aniqlash uchun kesish usulidan foydalaniladi.
    Barcha ixtiyoriy yo‘nalgan kuchlar ta‘siridagi brus berilgan bo‘lsin. Uni birorta I – I kesim bilan kesib bir tomon muvozanatini tekshiramiz.
    Bu yerda: N – bo‘ylama kuch,
    Qx , Qy lar ko‘ndalang kuchlardir. Ularni bir bosh vektor R ga keltiramiz.
    Mx, My lar eguvchi momentlardir. Mz – burovchi momentdir. Ichki kuch faktorlarini bosh moment M ga keltiramiz.
    Ichki kuch faktorlarini aniqlash uchun statikaning quyidagi muvo­zanat tenglamalaridan foydalaniladi:
    Demak,
    • Ixtiyoriy kesimdagi bo‘ylama kuch N – bu qoldirilgan qismga ta’sir etuvchi kuchlardan brus o‘qiga olingan proyeksiyalar algebraik yig’indisidir.
    • Ixtiyoriy kesimdagi ko‘ndalang kuchlar Qx , Qy – bu qoldirilgan qismga ta’sir etuvchi kuchlardan markaziy X va Y o‘qlarga nisbatan olingan proyeksiyalar algebraik yig’indisidir.
    • Ixtiyoriy kesimdagi eguvchi momentlar Mx, My – bu qoldirilgan qismga ta’sir etuvchi kuchlardan markaziy X va Y o‘qlarga nisbatan olingan momentlar yig’indisidir.
    • Ixtiyoriy kesimdagi burovchi moment Mz – bu qoldirilgan qismga ta’sir etuvchi Z o‘q bo‘yicha hosil bo‘luvchi burovchi momentlar algebraik yig’indisidir.


    Download 0,84 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Mavzu: Tashqi va ichki kuchlar, ularni aniqlash. Kuchlanish. Ko‘chishlar va deformatsiya. Tashqi kuchlar tavsifi

    Download 0,84 Mb.