• Konveyer tasmasining turli kon jinslari uchun harakatlanish tezligi ko‘rsatkichlari
  • INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE British International Science Conference 54
  • Va foydali jihatlari




    Download 1.08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/8
    Sana22.03.2024
    Hajmi1.08 Mb.
    #175250
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Boʻsinov Shaxzod Xikmatjon oʻgʻli
    Inson va kasb, NetSupport ni o\'rnatish, Majburiy Matematika 22.06.23, 3 qism Matematika, @majburiy fan uz 2
    (Bt >2 dmax 

    200mm 
    shartini qanoatlantirishi lozim), m; 
    к

    tayanch roliklar konstruksiyasini hisobga olish koeffitsiyenti (bir rolikli uchun 
    k{ = 
    0,07+0,09; uch rolikli uchun 
    kt r = 0,
    13 + 0 ,1 7); 
    kq h - 
    konveyer qiyalik burchagini hisobga 
    oluvchi koeffitsiyenti. 
    Konveyer tasmasining turli kon jinslari uchun harakatlanish tezligi ko‘rsatkichlari 
    Ishlab chiqarish quvvati katta bo’lgan karyerlarda kon massasi tashishning iqtisodiy 
    samaradorligi faqat turli transport vositalari kombinatsiyasidan foydalanish natijasida 
    ta’minlanishi mumkin. Chunki transport kombinatsiyasini tashkil qilgan har bir transport 
    vositasi o‘zi uchun qulay bo‘lgan sharoitlarda ishlaydi. 
    Transport kombinatsiyasini tashkil qilgan transport vositalari zanjiri har bir transport 
    vositasining o‘ziga xos texnologiyasini hisobga olgan holda uchta bo‘g‘inga ajratiladi: 
    - kon massasini ishchi gorizontlar va tutashtirish bermalari bo‘yicha transportlash; 
    - kon massasini qiya lahimlar orqali yer yuzigacha transportlash; 
    - kon massasini yer ustida transportlash. 


    INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE 
    British International Science Conference 
    54
     
    Birinchi bo‘g‘inga mansub transport bevosita qazish kavjoylariga xizmat ko‘rsatadi, 
    shu sababli ushbu bo‘g‘in transport vositalari yuqori unumdorlik, manyovrbob, ishonchli 
    ishlashi kabi xususiyatlarga ega bo’lishi kerak. 
    Ikkinchi bo'g‘in transporti kon massasini qisqa qiya yo‘l uchastkalari orqali tashishni 
    ta'minlaydi. 
    Uchinchi bo‘g‘in transporti esa kon massasini uzoq masofalarga nisbatan gorizontal 
    yo‘llar orqali tashishni ta’minlaydi. 
    Avtomobil va konveyerli ko‘targichlar kombinatsiyasidan foydalanilganda bo‘lakli kon 
    massasini qayta yuklash punktlarida dastlab maydalab, so'ngra konveyerga yuklanadi. 
    Maydalab - qayta yuklash punktlari karyerning konsentratsion (yig‘uvchi) gorizontlariga 
    joylashtiriladi va bir necha gorizontga xizmat ko‘rsatadi. Chuqurlik bo‘yicha har 70 -100 
    metrda maydalab qayta yuklash punktlari pastki gorizontlarga ko‘chirib turiladi. 
    Avtotransport va skipli ko‘targichlar kombinatsiyasida qayta yuklash punkti bo‘shatish 
    (to‘kish), qabul qilish qurilmalari va bunker - dozatordan tashkil topadi. Yuk ko‘tarish 
    qobiliyati 100 tonnagacha bo‘lgan skiplar 35 - 45° qiyalikka ega maxsus yo‘naltirgichlar 
    bo‘ylab 8 -12 m/sek. tezlikda harakatlanadi. Karyer unumdorligi katta bo’lsa, bir necha 
    skipli ko‘targichlardan foydalanish lozim bo’ladi. 
    Qoplama jinslarni konveyer bilan tashishda ag‘darma, odatda, konsolli ag‘darma hosil 
    qiluvchi uskuna yordamida amalga oshiriladi (5- rasm). Konsolli ag‘darma hosil qiluvchi 
    uskuna mustaqil harakatlana oladigan va buriladigan platformaga o‘rnatilgan bir tayanchli 
    metall ferma ko‘rinishida bo‘ladi. 

    Download 1.08 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1.08 Mb.
    Pdf ko'rish