• Foydali qazilma koni
  • 1. Foydali qazilma va kon haqidagi asosiy tushunchalar Foydali qazilma




    Download 113.5 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana03.04.2024
    Hajmi113.5 Kb.
    #185981
      1   2
    Bog'liq
    5-amaliy ish(2), 8


    1.Foydali qazilma va kon haqidagi asosiy tushunchalar 
     
    Foydali qazilma deb, yer qobig'ida mavjud bo'lgan tabiiy mineral 
    moddalarni hozirgi davr texnikaviy-iqtisodiy rivojlanish sharoitida yer 
    ostidan ajratib olib, sanoatda foydalanish maqsadga muvofiq kelgan turlariga 
    aytiladi. 
    Foydali qazilma koni deb, foydali minerallarni yer qa’rida tabiiy 
    to'plangan joyiga aytiladi. 
    Sanoat ahamiyatiga ega kon deb berilgan iqtisodiy -geologik sharoitida, 
    texnikaning hozirgi davr taraqqiyoti darajasida qazib olish maqsadga muvofiq 
    keladigan konga aytiladi.
    Foydali qazilmalar o'zining fizikaviy holatiga ko'ra uch xil holatda 
    bo'lishi mumkin: qattiq (ko'mir, metall rudalari, kon kimyo sanoatida va 
    qurilishda ishlatiladigan xomash'yolar), suyuq (neft, mineral suvlar) va 
    gazsimon (yonuvchi gazlar). 
    Qattiq foydali qazilmalar sanoatdagi vazifasiga va xalq xo'jaligida 
    foydalanish xarakteriga ko'ra uch guruhga bo'linadi:
    • yonuvchi, yoki yoqilg'i - ko'mir, yonuvchi slanes, torf, 
    • metall - metalli rudalar (temir, mis, alyuminiy, qo’rg’oshin, oltin, 
    kumush va h.);
    • metall emaslar - oltingugurt, osh tuzi, apatit, fosfor va boshqalar. 
    Foydali qazilmalarni rudali va noruda deb bo'lish ham qabul qilingan.
    Rudali foydali qazilmalarni farq qiladigan asosiy belgisi, ularga qayta ishlov 
    berish uning tarkibidagi foydali birikmalarni ajratib , metall konsentrati 
    olinishidir. Kon atrofidagi yondosh kon ji nslari va ularni oralariga kirib 
    qolgan, tarkibida metall (foydali minerallar) bo'lmaga n, qayta ishlash uchun 
    yaroqsiz bo'lgan jinslarni rudasiz (puch) jinslar deb atash qabul qilingan. 
    Ruda va noruda qazilmalarning chegarasi shartli chegaradir. Ko'p foydali 
    qazilmalar ilgari qazib olinganidan keyin bevosita foydalanilgan bo'lsa, 
    hozirgi davrda foydali birikmalarni kompleks (birgalikda) qayta ishlab, 
    sanoat ahamiyatiga ega bo'lgan foydali birikmalar ajratib olinadi. Shuning 
    uchun "ruda"degan termin o'zining boshlang'ich tor doiradagi ahamiyatini 
    yo'qotmoqda. Uni boshqa ko'pgina ruda bo'lmagan foydali qazilmalarda ham 
    qo'llaniladi. Shu ma'noda "ruda" tushunchasidan bundan keyin ham 
    foydalaniladi. 
    Foydali qazilma zahiralarini sanoat ahamiyatiga ega yoki ega emas deb 
    bo'lish ham shartlidir. 
    Tarkibiy qismi va rudani sifati bir xil o'lchamda bo'lga n konlardan, biri 
    qazib olish uchun qulay kon -geologik sharoitga ega bo’lganligi uchun 
    (masalan ruda tanasining qalinligi katta o'lchamda, yer yuzasiga yaqin 
    joylashgan), ikkinchisi sanoat ahamiyatiga ega emas. Uni qazib olish ancha 
    qiyin, transport yo'llarini va sanoat markazlarini uzoqda joylashganligi uchun 
    va boshqa sabablarga ko'ra. 
    Navoiy, Olmaliq kon metallurgiya konbinatlari tarkibidagi ba'zi konlarni 
    tarkibidagi metall miqdori sanoat ahamiyatiga ega bo'lmaganligi uchun 


    maxsus ag'darmalarga to'planadi, ruda hozirgi davrga kelib, metallni ajratib 
    olishda yangi texnologiyalarni joriy etilganligi sababli ular ham sanoat 
    ahamiyatiga ega bo'lib, qayta ishlashga jalb etildi.
    Ko'p miqdorli temir metallaridan zahiraga ega bo'lgan Krivorog 
    xavzasidagi tarkibiy qismi 30-35% temirli kvarsdan iborat bo'lgan ruda ilgari 
    qayta ishlashga yaroqsiz deb hisoblangan qismi, hozirgi kunda qazib olishda 
    samarali texnika qo'llanilganligi sababli qazib oli sh rentabelli ishlab, katta 
    miqdordagi ruda zahirasini qayta ishlatishga jalb etildi. Shu sababga ko’ra 
    tarkibiy qismida 16-17% temir bo’lgan Uraldagi Kachkanar koni rudasini 
    qazib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ravishda ishlatish imkoni 
    yaratildi. Kochkanar ruda konini rentabelli ishlashiga uning rudasi tarkibida
    legiruyushiy "vannadiy" metallining mavjudligidir.
    Germaniya, Fransiya va Angliyaning qo'ng'ir temir ruda konlaridagi 
    rudaning tarkibida 28-30% temir bo'lgan rudalarni metallurgiya sanoatida 
    ularning qayta ishlash imkonini yuqori bo'lganligi va shulardan bo'lak 
    tarkibiy qismidagi metallni miqdori yuqori bo'lgan ruda konlarini yo'qligi 
    sababli ham rudani qazib olib, samarali texnologiyadan foydalani b metall
    ajratib olinmoqda. 
    Domna pechlarida metall eritishda "flyus" sifatida foydalaniladi 
    ohaktosh qora metallurgiya zavodlariga yaqin bo'lgan maxsus karvonlar katta 
    miqdorda qazib olinsa, qo’rg’oshini ruda konlariga yondosh joylashgan 
    ohaktoshlar esa puch jinslar deb hisoblanadi.
    Metall sof holda ruda tarkibida juda siyrak uchraydi, ularning ko'pchilik 
    qismi kimyoviy birikma sifatida ruda minerallari tarkibida bo'ladi. Masalan : 
    temir ruda tarkibida gematit 
    (Fe
    2
    O
    3
    ),

    Download 113.5 Kb.
      1   2




    Download 113.5 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Foydali qazilma va kon haqidagi asosiy tushunchalar Foydali qazilma

    Download 113.5 Kb.
    Pdf ko'rish