• 1. O’rta Osiyoning tabiiy-geografik rayonlashtirilishi haqida qisqacha ma’lumot
  • 1. O’rta Osiyoning tabiiy-geografik rayonlashtirilishi haqida qisqacha ma’lumot




    Download 0.69 Mb.
    bet1/4
    Sana04.06.2023
    Hajmi0.69 Mb.
    #69640
      1   2   3   4
    Bog'liq
    REFERAT-TURON-PROVINSIYASI
    Python-Cookbook-3rd-Edition, GEOMETRIK SHAKL-WPS Office, Dars ishlanma, DIE JAHRESZEITEN 1, 2.2-Labaratoriya ishi Sirojov, 1-Laboratoriya ishi Sirojov, Qunduz opcham zaks, Документ Microsoft Word, wepik-yenilenebilir-enerji-kaynaklarinda-elektrik-enerjisi-uretimi-20231120175401cpEH, BINO ELEMENTLAR1, Hujjatga tasvir va hoshiya qo‘shish, Ijtimoiy menejment.1docx, Qurilishni tashkil etish va rеjalashtirish Mustaqil ish 2, Obyektivka

    Mavzu: Turon provinsiyasi
    Reja:

    1. O’rta Osiyoning tabiiy-geografik rayonlashtirilishi haqida qisqacha ma’lumot

    2. Turon provinsiyasi haqida

    3. Tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosi



    1. O’rta Osiyoning tabiiy-geografik rayonlashtirilishi haqida qisqacha ma’lumot
    Har qanday tabiiy geografik tadqiqot tabiiy geografik rayonlashtirish muammosiga duch keladi. Tabiiy geografik rayonlashtirish regional tabiiy geografik izlanishlardagi muhim ijobiy bosqichlardan hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi o‘rganilayotgan hududda ob'ektiv mavjud bo‘lgan turli katta–kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslarni aniqlash, kartaga tushirish hamda tavsiflashdan iborat.
    Tabiiy geografik rayonlashtirish regional tabiiy geografik izlanishlardagi muhim ijodiy bosqichlardan hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi o‘rganilayotgan hududda ob'ektiv mavjud bo‘lgan turli katta-kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslarni aniqlash, kartaga tushirish hamda tavsiflashdan iborat. O‘rta Osiyoni bir necha tabiatshunos olimlar (Berg, 1913; Abolin, 1929; Chetirkin, 1943; Murzaev, 1953; Makeev, 1956; Fedorovich, 1963; Babushkin va Kogay 1964) tomonidan rayonlashtirilgan.
    L.S.Berg O‘rta Osiyoni birinchi bo‘lib, zonal tamoyil asosida kompleks tabiiy geografik rayonlashtirishni amalga oshirgan va bu hududda landshaft zonalarini ajratish bilan kifoyalagan, bular: chala cho‘l, cho‘l va tog‘li landshaft zonalaridir. Shuningdek cho‘l zonasini tavsiflashda u o‘zining O‘rta Osiyo cho‘llarining tipologik klassifikatsiyasidan ham foydalangan va cho‘llarning 4 turini – gilli, qumli, sho‘rxok va toshloq cho‘llarni ajratishga muvaffaq bo‘lgan.
    V.M.Chetirkin O‘rta Osiyo hududida beshta taksonomik birlikni - geotip, geofatsiya, regional kompleks va rayonlarni ajratadi. Bulardan eng katta birlik geotip bo‘lib, geofatsiyalardan tashkil topgandir. V.M.Chetirkin O‘rta Osiyoda Turon, Jung‘oriya-Tyanshan va Markaziy Qozog‘iston geofatsiyalarini ajratadi. Uning Turon geofatsiyasi R.I.Abolinning Turkiston okrugiga mos keladi. Orolbo‘yi Turon va Markaziy Qozog‘iston geofatsiyalarida joylashgan. Turon geofatsiyasining Quyi Amudaryo provintsiyasi ikkita – Amudaryo deltasi va Shimoliy Qizilqum podprovintsiyalaridan iborat. Ustyurt va Orolbo‘yining shimoliy qismlari Markaziy Qozog‘iston geofatsiyalariga kiradi.

    Download 0.69 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. O’rta Osiyoning tabiiy-geografik rayonlashtirilishi haqida qisqacha ma’lumot

    Download 0.69 Mb.