• Dars mavzusi
  • Tarbiyaviy maqsad
  • Dars yakunida o’quvchi biladi (bilim)
  • Yangi mavzu bayoni 15 minut 4
  • O’quvchilarni rag’batlantirish va baholash 5 minut 6
  • Dars jixozi
  • II. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzular mini test va aqliy hujum metodlari orqali takrorlanadi: III.Yangi mavzu bayoni.
  • IV. O’tilgan mavzuni mustaxkamlash.
  • Sirdaryo viloyati Guliston shahar Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 5-sonli umumiy




    Download 84.32 Kb.
    Sana11.05.2023
    Hajmi84.32 Kb.
    #58400
    Bog'liq
    Dars ishlanma
    Python-Cookbook-3rd-Edition, GEOMETRIK SHAKL-WPS Office, DIE JAHRESZEITEN 1, REFERAT-TURON-PROVINSIYASI, 2.2-Labaratoriya ishi Sirojov, 1-Laboratoriya ishi Sirojov, Qunduz opcham zaks, Документ Microsoft Word, wepik-yenilenebilir-enerji-kaynaklarinda-elektrik-enerjisi-uretimi-20231120175401cpEH, BINO ELEMENTLAR1, Hujjatga tasvir va hoshiya qo‘shish, Ijtimoiy menejment.1docx, Qurilishni tashkil etish va rеjalashtirish Mustaqil ish 2, Obyektivka



    Sirdaryo viloyati Guliston shahar
    Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 5-sonli umumiy
    o’rta ta’lim maktabining
    Huquq fani o’qituvchisi
    Ibrohimov Ulug’bekning
    QUROLLI KUCHLARI VA YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH.”
    mavzusidagi bir soatlik ochiq dars ishlanmasi




    Dars mavzusi: Qurolli kuchlar va yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
    Sana: 14.04.2023
    Dars maqsadi va vazifalari:
    Talimiy maqsad: o’quvchilarga qurolli kuchlar, ularning yaratilish tarixi va hozirgi kundagi ahamiyati haqida tushuncha berish.
    Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni qurolli kuchlar va Ona-Vatanimizga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini shakllantirish.
    Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda qurolli Vatanparvarlik, mardlik fazilatlarini rivojlantirish.
    Kompitensiya: O’quvchilarning Vatan oldidagi burchlari va majburiyatlarini sharaf bilan oqlashga bo’lgan ishonchi shakllantirish
    Kutilayotgan natijalar:
    Dars yakunida o’quvchi biladi (bilim): Qurolli kuchlar tushunchasini mazmun va mohiyati,qurolli kuchlar tuzulishini, maqsad va vazifalarini.
    Dars yakunida o’quvchi tushunadi (ko’nikma): Armiya, harbiy xizmat, davlat oldidagi burchlarini.
    Dars yakunida o’quvchi bajara oladi (malaka): O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tuzilishi, maqsad va vazifalarini ta’riflab bera oladi.



    1

    Tashkiliy qism

    3 minut

    2

    O’tilgan mavzuni takrorlash

    9 minut

    3

    Yangi mavzu bayoni

    15 minut

    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    10 minut

    5

    O’quvchilarni rag’batlantirish va baholash

    5 minut

    6

    Uyga vazifa berish

    3 minut



    Dars turi: Nazariy
    Dars metodi: aqliy xujum, savol – javob, jim turib javob ber, klaster, baliq skileti.
    Dars jixozi: AKT vositasi, slayt, rasmlar va tarqatma materiallar, qo’shimcha adabiyotlar.
    I. Tashkiliy qism.
    - o’quvchilar bilan salomlashish
    - o’quvchilardan kun yangiliklarini tinglash
    - davomatni olish
    - o’quvchilarni guruhlarga bo’lish va dars taxtasiga yangi mavzuni yozish
    II. O’tilgan mavzuni takrorlash.
    O’tilgan mavzular mini test va aqliy hujum metodlari orqali takrorlanadi:


    III.Yangi mavzu bayoni.
    O‘zbеkiston Rеspublikasining Qurolli Kuchlari O‘zbеkiston Rеspublikasi suvеrеnitеtini, hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish, urushlar va qurolli mojarolarning oldini olish, zarur bo‘lganda qaytarish uchun davlat tomonidan tashkil etiladi va ushlab turiladi. Qurolli kuchlar o‘z ichiga harbiy birlashmalar, qo‘shilmalar va qismlarni o‘z ichiga oladi. 26- mavzu Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
    O‘zbеkiston Rеspublikasining Qurolli Kuchlari O‘zbеkiston Rеspublikasining davlat suvеrеnitеtini va hududiy yaxlitiligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlar davlat harbiy tashkilotining va mamlakat mudofaa tizimining nеgizi bo‘lib, harbiy mojarolarni jilovlash hamda ularning oldini olish, shuningdеk, davlatning harbiy xavfsizligini ta’minlash uchun tashkil etiladi. Qurolli Kuchlarning faoliyati, vazifalari, O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi, “Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Qurolli Kuchlar tarkibiga O‘zbеkiston Rеspublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Davlat xavfsizlik xizmatining va boshqa idoralarning tеgishli boshqaruv organlari, qo‘shinlari, harbiy tuzilmalar, shuningdеk Milliy gvardiya kiradi. Mamlakat mudofaasiga va Qurolli Kuchlariga rahbarlikni O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti – O‘zbеkiston Rеspublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy bosh qo‘mondoni, amalga oshiradi.


    IV. O’tilgan mavzuni mustaxkamlash.
    O’tilgan mavzuni “Baliq skeleti” metodlari orqali mustahkamlash.






    Norasmiy timsollar

    _______ __ _________________________________________



    V. O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish.
    Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni baholash, ularni rag’batlantirish.
    VI. Uyga vazifa
    -mavzu matnini o’zlashtirish
    -mavzudagi tayanch so’z va iboralarni yod olish.
    -davlatimiz ramzlarini chizish.
    Download 84.32 Kb.




    Download 84.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sirdaryo viloyati Guliston shahar Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 5-sonli umumiy

    Download 84.32 Kb.