Uqtirish xati




Download 41,8 Kb.
Sana27.12.2019
Hajmi41,8 Kb.
#5700

O‘RTA VA O‘RTA TA’LIMNING

CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK FANIDAN O‘QUV DASTURI

(10-SINF)
UQTIRISH XATI
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv fani O‘zbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tashkil etilib, olib boriladi.

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv dasturi chaqiruvgacha va chaqiruv yoshida bo‘lgan yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar safida xizmatni o‘tashga yondashib, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik asoslari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni beradi.

O‘rta ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘quvchilarga Vatan himoyasida o‘zining konstitutsiyaviy burchlarini anglatish, o‘z yurtini har qanday qurolli tajovuzdan himoya qilishdek sharafli burchini ado etishlariga zamin yaratish, harbiy kasbga bo‘lgan e’tiqod va qiziqishlarini orttirish, shunindek, favqulodda vaziyatlarda o‘zini va boshqalarni himoya qilish, davlatimizning ma’naviy va modiy ne’matlarini saqlash yo‘lida oqilona tashabbus ko‘rsata oladigan jamiyatimizning fidoiy va vatanparvar a’zolarini tayyorlashdan iborat.

Ushbu maqsadlarga erishish va amalga oshirish uchun quyidagi ta’limiy, tarbiyaviy, ruhiy va jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirish lozim bo‘ladi.

O‘quvchi yoshlarga Qurolli Kuchlarimizda harbiy xizmatni o‘tash davomida o‘ziga biriktirilgan jangovar texnika, qurol-aslahalar va boshqa zaruriy ashyolardan to‘g‘ri va mohirona foydalanishni qisqa muddatda o‘zlashtirib olishlariga imkon yaratish, jang maydonida taktik jihatdan to‘g‘ri harakatlanish, shunindek, yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tartibli harakatlanish, zaruriyat tug‘ilganda o‘ziga hamda yon atrofdagilarga birinchi tibbiy va boshqa zaruriy yordamni ko‘rsata olishni o‘rgatishdan iborat.

O‘quvchi yoshlarga harbiy ish asoslarini berishda ularga harbiy qismlarning jangavor o‘quv faoliyatida bajariladigan mashqlar, harakatlar va amallarni harbiy qismlardagi bo‘linmalarining jangavor o‘quv faoliyatlariga mumkin qadar yaqinlashtirilgan holda o‘rgatish kuzda tutiladi.

O‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi.
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Harbiy qonunchilik va harbiy tartibni bilish kompetensiyasi;

Askarning jangda harakatlanish va jangovar qurol-aslahalardan foydalana olish kompetensiyasi;

Jismoniy sifatlarini namoyon qila olish kompetensiyasi;

Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakatlanish kompetensiyasi;

Vatanparvarlik va burchga sodiqlik kompetensiyasi;

Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kompetensiyasi;

Milliy urf-odatlar, o‘zaro muloqot, oilada ota-ona o‘rni, farzand tarbiyasi va burch tushunchalariga ega bo‘lish kompetensiyasi.
Ushbu fanga oid umumiy kompetensiyalar o‘quv dasturlarining yil oxirida keltirildi.

Me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi:



I. TKtayanch kompetensiyalar

  1. TK1 – kommunikativ kompetensiya;

  2. TK2 – axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi;

  3. TK3 – o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi;

  4. TK4 – ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi;

  5. TK5 – milliy va umummadaniy kompetensiya;

  6. TK6 – matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi.

II. FKfanga oid kompetensiyalar

FK1 – Harbiy qonunchilik va harbiy tartibni bilish kompetensiyasi

FK2 – Askarning jangda harakatlanish va jangovar qurol-aslahalardan foydalana olish kompetensiyasi

FK3 – Jismoniy sifatlarini namoyon qila olish kompetensiyasi

FK4 – Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakatlanish kompetensiyasi

FK5 – Vatanparvarlik va burchga sodiqlik kompetensiyasi

Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kompetensiyasi

Milliy urf-odatlar, o‘zaro muloqot, oilada ota-ona o‘rni, farzand tarbiyasi va burch tushunchalariga ega bo‘lish kompetensiyasi


Tayanch kompetensiya elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:

ijtimoiy vaziyatlarda, eng avvalo, ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, ijtimoiy moslashuvchanlik, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini egallash hamda mediamadaniyatga ega bo‘lish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, bilim va tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarni egallash.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, ularga rioya qilishi, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lishni, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma va diagrammalarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish.
10-sinf


T/r

Dastur bo‘limlari

soatlar

1.

Kirish

1

2.

Harbiy xizmat asoslari

24

3.

Harbiy ish asoslari

18

4.

Otish tayyorgarligi

9

5.

Amaliy harbiy jismoniy tayyorgarlik

8

6.

Nazorat darsi

8

Jami

68


Kirish

1-mavzu.Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanining maqsadi va vazifalari, bugungi kundagi ahamiyati.

O‘zbekiston Respublikasida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikning fanining tarixiy zaruriyati hamda uning bugungi kundagi ahamiyati. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Vatan himoyasi to‘g‘risida. (nazariy, 1 soat)


Harbiy xizmat huquqiy asoslari

26 soat
2-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa va harbiy xizmat to’g’risidagi qonunlar asosi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Vatan himoyasi to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonuni, Mudofaa tushunchasi. (nazariy. 1 soat)



3-4-mavzu. Harbiy xizmatning huquqiy asoslari.

O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni. Umumiy harbiy majburiyat tushunchasi va uning mohiyati. Harbiy xizmat turlari. Harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish. Harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod etish. Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish. Fuqarolarning harbiy ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha majburiyatlari. (nazariy. 2 soat)



5-6-mavzu. Harbiy xizmatni o‘tash. Rezervdagi xizmat.

Harbiy xizmatni o‘tash. Zahiradagi xizmat. Muddatli harbiy xizmatchilarga beriladigan intiyozlar. (nazariy. 2 soat)



7-8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari – davlatning harbiy tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasining asosi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilishi. Qurolli Kuchlarga rahbarlik. Harbiy okruglar. Qurolli Kuchlarning harbiy-stretegik vazifalari, tarkibi va qurilish tamoyillari. Harbiy boshqaruvning asosiy organlari. (nazariy. 2 soat)



Harbiy xizmatchilar va ular orasidagi munosabatlar. Harbiy intizom

9-10-mavzu. Harbiy xizmatchilarning umumiy majburiyatlari. Harbiy unvonlar va farqlovchi belgilar. Boshliqlar va bo‘ysinuvchilar. Kattalar va kichiklar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita boshliqlarning huquqlari va majburiyatlari. (nazariy. 2 soat)

11-mavzu. Harbiy qadriyat qoidasi va harbiy xizmatchilarning xushmuomalaligi. Buyruq berish va uni bajarish tartibi. Komandirlar va boshqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqlarga murojaat etish qoidalari. Harbiycha salom berish. (nazariy. 1 soat)

12-mavzu. Harbiy intizomning mohiyati. Harbiy xizmatchilarning unga rioya etish bo‘yicha majburiyatlari. Vaqtning taqsimlanishi va kundalik tartibi. (nazariy. 1 soat)

13-mavzu. Askar va matroslarga qo‘llaniladigan rag‘batlantirishlar. Harbiy xizmatchilarga qo‘llaniladigan intizomiy ta’zirlar. (nazariy. 1 soat)

O‘zbekiston Respublika Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat Nizomi.

14-mavzu. Kundalik naryad, vzvod boyicha posbonning vazifalari. Vzvod boyicha posbonning majburiyatlari. (nazariy. 1 soat)

15-mavzu. Navbatchilikdagi posbon o‘z vazifalarini bajaradigan joy va uning jihozlanishi. Trevoga e’lon qilinganda, yong‘in paytida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqlar, boshqa vzvoddagi harbiy xizmatchilar kelganda, vzvod komandirini chaqirishda posbonning xatti-harakatlari. (nazariy. 1 soat)

O‘zbekiston Respublika Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmatlari Nizomi.

16-17-mavzu. Qorovullik xizmati va uning tashkil etilishi. Qorovul va uning tarkibi. (nazariy. 2 soat)

18-19-mavzu. Qorovullarni tayyorlash. Soqchi va uning majburiyatlari. (nazariy. 2 soat)

20-21-mavzu. Post va uning jihozlanishi. Soqchining postdagi harakatlari. Soqchi qo‘lidagi qurol bilan harakatlanishi va qurolni qo‘llash usullari. (nazariy. 2 soat)

22-23mavzu. Soqchilarni almashtirish. Qorovulxonadagi ichki tartib-intizom. (nazariy. 2 soat)

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Saf Nizomi.

Yakka tartibta saf tayorgarligi.

24-25-mavzu. Saf Nizomining asosiy qoidalari. Askarning saf oldi va safdagi majburiyatlari. Saf va uning elementlari. (nazariy. 2 soat)

26-27-mavzu. Dastlabki bajariluvchi komandalar. Safta turganda salomga javob berish. Safta turish. Joyida turib burilish. Saf qadami bilan harakatlanish. (amaliy. 2 soat)

Harbiy ish asoslari

18 soat
Umumqo‘shin jangi asoslari.

28-mavzu. Jang haqida tushuncha. Zamonaviy umumqoshin jangi tavsifi, uning maqsadi. Umumqo‘shin jangining asosiy turlari. (nazariy. 1 soat)

29-mavzu. Askarning jangdagi majburiyatlari. Askarning shaxsiy quroli va anjomlari (ekipirovkasi). Moto‘qchi seksiyasining tashkiliy tarkibi, hal etiladigan jangovar vazifalari, uning qurol-aslahasi va imkoniyatlari. (nazariy. 1 soat)

30-31-mavzu. Ozbekiston Respublikasi qoshinlarining qurol-aslaha va harbiy texnikalari. (Zirhli mashinalar, tanklar, vertalyotlar, samalyotlar va artileriya vositalari). (nazariy. 2 soat)

32-mavzu. Chet el armiyalarning tanklari va uning zaif joylari, vertalyotlari. (nazariy. 1 soat)

33-34-mavzu. O‘q uzish – jangda dushmanni yoq qilishning asosiy vositasi. O‘t ochish turlari. Jang manyovri haqida tushuncha. Manyovr turlari. Guruhlarning jangovar harakatlarini ta’minlash. Artileriya olov turlari. (nazariy. 2 soat)

Askarning va bo‘linmalarning jangdagi harakatlari.

35-36-mavzu. Mudofaada olovlo pozitsiya haqida tushuncha. Uni tanlashning tartibi, holatini egallash, jihozlanishi. Mudofaaga mahalliy predmetlarni moslashtirish, o‘q otish sektorini tozalash va okopni niqoblash. (amaliy. 1 soat)

37-38-mavzu. Pozitsiyaga yorib kirgan dushmanni yo‘q qilish. Tankka qarshi granatalarni uloqtirish usullari. Askarning tungi hujumdagi harakati va suv to‘siqlaridan o‘tishi. (amaliy. 2 soat)

Razvedka.

39-40-mavzu. Kuzatish uchun joy tanlash. Ko‘rinish cheklangan sharoitda joy va joydagi predmetlarni organish. (nazariy, amaliy. 2 soat)

41-mavzu. Joyda predmetlar va nishonlargacha bo‘lgan masofani aniqlash. Uzoqlikni o‘lchash. (nazariy, amaliy. 2 soat)

Muhandislik jihozlash va ularni ko‘zdan yashirish.

42-43-mavzu. Muhandislik jihozlash va ularni ko‘zdan yashirish. Okoplar va kovaklar. (nazariy, amaliy. 2 soat)

Qurolli kuchlarda qo‘llaniladigan minalar.

Tankka qarshi minalar. Piyodalarga qarshi minalar. (nazariy, amaliy. 1 soat)



Joyda xaritasiz oriyentirlanish.

44-45-mavzu. Ufq tomonlarini aniqlash. Turgan joy haqida axborot. (amaliy. 2 soat)

Otish tayyorgarligi

10 soat
O‘qotar qurollarning vazifasi, tuzilishi, ishlash tamoyili va jangovar xususiyatlari. Qo‘l granatalari.

46-mavzu. Qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar bilan ishlaganda xavfsizlik choralari. Kalashnikov avtomati ishlash tamoyili va jangovar xususiyatlari. (nazariy. 1 soat)

47-mavzu. Kalashnikov avtomatining asosiy qism va mexanizmlari hamda ularning vazifasi.

48-mavzu. Kalashnikov avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish va qayta yig‘ish tartibi. (amaliy. 1 soat)

49-mavzu. Qo‘l granatalarining vazifasi, jangovar xususiyatlari, umumiy tuzilishi va ishlash tamoyili. Granatalarni uloqtirishga tayyorlash. Qo‘l granatalarini qo‘llayotganda xavfsizlik choralari. (nazariy. 1 soat)

50-mavzu. Dragunov merganlik miltig‘i hamda tankka qarshi qo‘l granatamyotining tuzilishi, ishlash tamoyili va jangovar xususiyatlari. Kichik kalibrli miltiqning vazifasi, tuzilishi va jangovar xususiyatlari. (nazariy. 1 soat)

Quroldan otishning asoslari va qoidalari.

51-mavzu. Otish hodisasi va uning davrlari. O‘qning boshlang‘ich tezligi va uning otish jarayoniga ta’siri. Qurolning silkinishi. (nazariy. 1 soat)

52-mavzu. O‘q trayektoriyasi (harakatlanish yo‘li)ning hosil bo‘lishi. O‘qning teshib o‘tish va shikastlash ta’siri. Тo‘g‘ri o‘q otish va uning ahamiyati. Yashirin joy, o‘q tegadigan (shikastlantiradigan) maydon va o‘q tegmaydigan maydon. (nazariy. 1 soat)

53-mavzu. Mo‘ljalga olish usullari. Mo‘ljalni tanlash va mo‘ljallangan nuqtaga, qo‘zg‘almas nishonga o‘t ochish. (amaliy. 1 soat)

54-mavzu. Nishongacha bo‘lgan masofani aniqlash usullari. Nishonning burchak kattaligi yordamida nishongacha bo‘lgan masofani aniqlash. Minglik formulasi va uni amalda qo‘llash. (nazariy. 1 soat)
Аmaliy harbiy jismoniy tayyorgarlik

8 soat
55-mavzu. Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarligi zaruriy sharti. (nazariy. 1 soat)

Umumjismoniy tayyorgarlik.

56-mavzu. Umumjismoniy mashqlarni bajarish. Turnikda bajariladigan mashqlar: tortilish; turnikda ko‘tarilib aylanish; kuch bilan chiqish. Brusda bajariladigan mashqlar: chayqalgan holda qo‘lni bukish va to‘g‘rilash. Oyoq va qo‘llar yordamida hamda faqat qo‘llar yordamida arqonga chiqish. (nazariy. 1 soat)

57-mavzu. Kuch mashqlarini bajarish. Arqonga tirmashib chiqish usullarini bajarish. (nazariy. 1 soat)

To‘siqlardan o‘tish.

56-mavzu. Yagona to‘siqlar maydoni bilan tanishish. Alohida to‘siqlar va to‘siqlar guruhidan o‘tish. Yagona to‘siqlar qatoridan o‘tish. (amaliy. 1 soat)

57-mavzu. Turli holatlarda granata uloqtirish texnikasini o‘rganish. Yotgan holda granatani uloqtirish. (nazariy. 1 soat)

Qo‘l jangi.

58-mavzu. Qo‘l bilan beriladigan zarbalar. Dushman siquvidan ozod bo‘lish. Bo‘yinni orqa tomonda tutib olgan dushman siquvidan xalos bo‘lish. (nazariy. 1 soat)

59-mavzu. Тanani orqadan tutib olgan dushman siquvidan xalos bo‘lish. Тanani old tomondan tutib olgan dushman siquvidan xalos bo‘lish. Raqibni yelka uzra yerga uloqtirish. (nazariy. 1 soat)

60-mavzu. Oyoqlarni old tomondan tutib olgan dushman siquvidan xalos bo‘lish. Oyoqlarni orqa tomondan tutib olgan dushman siquvidan xalos bo‘lish. Oyoqlarni orqa tomondan chalish. (nazariy. 1 soat)
11-sinf


T/r

Dastur bo‘limlari

Soatlar

1.

Kirish

1

2..

Harbiy xizmat asoslari

6

3.

Harbiy ish asoslari

6

4.

Otish tayyorgarligi

6

5.

Amaliy harbiy jismoniy tayyorgarlik

5

6.

Fuqaro muhofazasi

22

7.

Tibbiy bilim asoslari

14

8.

Nazorat darsi

8

Jami

68


Kirish

(1 soat)

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining maqsadi va vazifalari, bugungi kundagi ahamiyati.

1-mavzu. (1 soat. Nazariy.) O‘zbekiston Respublikasida Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining bugungi kundagi ahamiyati va chaqiruvga qadarda hamda chaqiruv yoshida bo‘lgan yoshlarga qo‘yilayotgan talablar. Fuqaro muhofazasi tushuchasi.
Harbiy xizmat asoslari

(6 soat)

Qurolli toqnashuvlar huquqi.

2-mavzu. (1 soat Nazariy.) Qurolli to‘qnashuvlar huquqi. Qurolli to‘qnashuvlar huquqining vujudga kelishi va rivojlanishi. Qurolli to‘qnashuvlar huquqining ba’zi asosiy tushunchalari. Kombatantning xatti-harakati qoidalari.

3-mavzu. (1 soat. Nazariy.) Qurolli to‘qnashuvlar huquqini buzganlik uchun javobgarlik. Qurolli to‘qnashuvlar huquqining farqlovchi timsol va belgilar. Qizil Xoch va Qizil Yarimoy xalqaro harakati.

Harbiy oliy oquv yurtlari.

4-mavzu. (1 soat. Nazariy.) Harbiy oquv yurtlari. Oliy harbiy oquv yurtlariga kursantlarni qabul qilish tartibi va qoidalari.

Ozbekiston Respublikasi qurolli kuchlar qoshinlarida tarbiyaviy va jangovor an’analar o‘rni.

5-mavzu. (1 soat. Nazariy.) Komandirlar, boshliqlar va ularning shaxsiy tarkibni tarbiyalashdagi o‘rni. Ozbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining jangovor an’analari.

Saf tayyorgarligi. Qurolsiz bajariladigan saf

amallari va harakatlari.

6-mavzu. (1 soat. Amaliy.) To‘xtab turganda, harakatda bosh kiyim bilan va bosh kiyimsiz harbiycha salomlashish. Harakat paytida salomga javob berish..

7-mavzu. (1 soat. Amaliy.) Safdan chiqish, boshliqning oldiga borish va safga turish. Bolinma safi, bolinmani saf yurishi va harakatda yoyib, safga saflash.
Harbiy ish asoslari

6 soat

Umumqo‘shin jangi asoslari.

8-mavzu. (1 soat. Amaliy.) Dushman bilan yuzma-yuz kelish holatida hujumga otish. Birdan hujumga otish.

9-mavzu. (1 soat. Amaliy.) BMP (BTR)da birdan hamlaga otish, yayov tartibda hamlaga otish.

Razvedka.

10-mavzu. (2 soat. Amaliy.) Askarlarning razvedka kuzatuvidagi harakati. Jangovar razvedka dozori (kuzatuvi) marshda.

Joyda xaritasiz oriyentirlanish.

11-mavzu. (2 soat. Amaliy.) Magnit azimuti va joydagi predmetlar bilan oriyentirlanish. Azimut bo‘ylab harakatlanish.

Otish tayyorgarligi

6 soat

Joyida turib va harakat paytida qo‘zg‘almas hamda paydo bo‘luvchi nishonlarga ot ochish.

12-mavzu. (1 soat. Nazariy.) O‘q trayektoriyasi. To‘g‘ri otish va uning amaliy ahamiyati. O‘q tegmaydigan (o‘lik fazo) va tegadigan bo‘shliqlar.

13-mavzu. (1 soat. Amaliy.) Otish vaqtida avtomatda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklar hamda ularni bartaraf etish usullari. Avtomatning qo‘shimcha ashyolari. Avtomatni tozalash, moylash va saqlash.

14-mavzu. (1 soat. Amaliy.) Qo‘l granatalarining vazifasi, jangovar xususiyatlari, umumiy tuzilishi va ishlash tamoyili. Granatalarni uloqtirishga tayyorlash. Qo‘l granatalarini qo‘llayotganda xavfsizlik choralari.

15-mavzu. (1 soat. Amaliy.) Otish hodisasi va uning davrlari. O‘qning boshlang‘ich tezligi va uning otish jarayoniga ta’siri. Qurolning silkinishi.

16-mavzu. (2 soat. Amaliy.) Nishonga aniq otish. Nishonni mo‘ljalga olish va uning elementlari. Joydan qo‘zg‘almas va paydo bo‘luvchi nishonlarga otayotganda nishonga olish moslamasini mo‘ljalga olish nuqtasiga to‘g‘irlash. Otish jarayoniga tuzatishlar kiritish.

Amaliy harbiy jismoniy tayyorgarlik

5 soat

Umumjismoniy tayyorgarlik

17-mavzu. (1 soat. Amaliy.) Umumjismoniy mashqlarni bajarish. Turnikda bajariladigan mashqlar: tortilish; turnikda ko‘tarilib aylanish; kuch bilan chiqish. Brusda bajariladigan mashqlar: chayqalgan holda qo‘lni bukish va to‘g‘rilash.

18-mavzu. (1 soat. Amaliy.) Kuch mashqlari majmuasi. Chaqqonlik mashqlari majmuasi. Juftlikda mashqlar bajarish. Uzunasiga qo‘yilgan maxsus sport moslamalari ustidan sakrab o‘tish. Oyoq va qo‘llar yordamida hamda faqat qo‘llar yordamida arqonga chiqish. Qisqa masofalarga (60 m) yugurish texnikasini o‘rganish. O‘rta (1000 m) masofalarga yugurish texnikasini o‘rganish.

Yagona to‘siqlar yo‘lagi (qatori)dan o‘tish.

19-mavzu. (1 soat. Amaliy.) To‘siqlar yo‘lagi elementlari va oshib o‘tish tartibi bilan tanishish. Alohida to‘siqlardan o‘tish usullari va ularni oshib o‘tishni mashq qilish.To‘siqlar yo‘lagidagi alohida to‘siq va to‘siqlar majmuasidan o‘tishni o‘rganish. Egallangan ko‘nikmalarni takomillashtirish.

Qo‘l jangi

20-mavzu. (1 soat. Amaliy.) Qo‘l jangining tayyorgarlik mashqlarini (o‘zini himoya qilish, jangga tayyorlanishni) o‘rganish va mashq qilish. Tayyorgarlik mashqlarini kompleks bajarish. Hujum qilish usullari: jangga tayyorlik holati, qo‘l bilan to‘g‘ridan, yon tarafdan, tepadan zarba berish hamda oyoq bilan to‘g‘ridan, yuqoridan, yon tarafdan, pastdan zarba berish usullarini o‘rganish va mashq qilish.

21-mavzu. (1 soat. Amaliy.) Qo‘l va oyoq bilan beriladigan zarbalardan himoyalanish usullarini o‘rganish va mashq qilish. Raqibga pichoq bilan yuqoridan, pastdan, yon tarafdan, to‘g‘ridan zarba berganda himoyalanish usullarini o‘rganish va mashq qilish. Pichoq bilan zarba berayotgan raqibni qurolsizlantirish.

Fuqaro muhofazasi

28 soat

Fuqaro muhofazasi va uning tuzilishi.

22-mavzu. (1 soat. Nazariy.) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni (1996-yil 4-mart). FVV – fuqaro muhofazasi sohasidagi halokat, falokat hamda tabiiy ofatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha rahbar idora. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonuni (2000-yil 26-may). Fuqaro muhofazasi – favqulodda vaziyatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan muhofaza qilish davlat tizimi sifatida. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi tizimining vazifalari, xizmatlari va kuchlari. Iqtisodiyot obyektlarida (ta’lim muassasalarida) fuqaro muhofazasining tashkil etilishi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar tasnifi va xususiyatlari

23-mavzu. (2 soat. Nazariy.) Texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlar. Tabiiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlar.

24-mavzu. (2 soat. Nazariy.) Ekologik xarakterdagi favqulodda vaziyatlar. Lokal, mahalliy, respublika va transchegarali favqulodda vaziyatlar.

25-mavzu. (2 soat. Nazariy.) Respublikamiz sharoitida ehtimoli mavjud bo‘lgan favqulodda vaziyatlar. Zilzilalar va yer surilishlari.

26-mavzu. (2 soat. Nazariy.) Sel, suv toshqinlari va u bilan bog‘liq favqulodda hodisalar. Kimyoviy xavfli obyektlarda yuz beradigan falokatlar.

27-mavzu. (2 soat. Nazariy.) Portlash, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariya va falokatlar. Temiryo‘l va boshqa transport vositalarida yo‘lovchi-yuk tashish paytida yuz beradigan avariya hamda falokatlar.

28-mavzu. (2 soat. Nazariy.) Kimyoviy va radiatsiyaviy xavfli moddalar. Radioaktiv manbalardagi avariyalar.

Aholini favqulodda vaziyatlardan ogoh etish tartibi.

Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni ko‘chirish

(evakuatsiya) tadbirlarini tashkil etish.

29-mavzu. (1 soat. Nazariy.) Fuqarolarni favqulodda vaziyat haqida ogohlantirish. Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuatsiya qilishni o‘tkazish.

30-mavzu. (1 soat. Nazariy.) Radioaktiv zaharlanish yuz berganda, aholini evakuatsiya qilish. Kimyoviy zaharlanish yuz berganda, aholini evakuatsiya qilish.

31-mavzu. (2 soat. Nazariy.) Sel kelishi xavfi bor joylarda aholini evakuatsiya qilish. Halokatli suv bosish va toshqin paytida aholini evakuatsiya qilish.

32-mavzu. (2 soat. Nazariy.) Ko‘chki xavfi bor joylardan aholini, moddiy va madaniy boyliklarni ko‘chirish. Halokatli yong‘in sodir bo‘lganda, aholini evakuatsiya qilish.

33-mavzu. (1 soat. Nazariy.) Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuatsiya qilishni ta’minlash.

Aholini muhofaza qilishning muhandislik vositalari.

34-mavzu. (1 soat. Nazariy.) Radiatsiyaga qarshi pana joylar. Oddiy turdagi pana joylar.

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari. Qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarni tashkil etish.

Hozirgi zamon ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish.

35-mavzu. (1 soat. Nazariy.) Inson organizmining radioaktiv zarrachalar bilan shikastlanish holati. Nurlanish dozasi, doza quvvati va o‘lchov birligi. Zaharlovchi moddalar va ularning turlari.

36-mavzu. (1 soat. Nazariy.) Bakteriologik (biologik) qurol. Bakteriyaviy zaharlanish. Teri va nafas olish a’zolarini shaxsiy himoya qilish vositalari. Ulardan foydalanish tartibi.

37-mavzu. (2 soat. Nazariy. Amaliy.) Gazdan himoyalanish niqoblaridan foydalanish qoidalari. Radiatsion (nurlanishni aniqlovchi), kimyoviy razvedka (qidiruv) va dozimetrik (radioaktiv nurlanish darajasini o‘lchash) nazorat qilish asbob-uskunalari.

Fuqaro muhofazasi va terrorizm.

38-mavzu. (1 soat. Nazariy.) Terrorizm – jamiyat va shaxsga qarshi jinoyat. Uning maqsadi va qamrovliligi. Terrorizmga qarshi kurash.
TIBBIY BILIM ASOSLARI

14 soat

Fuqaro muhofazasi tibbiy xizmatini tashkil etish va uning  vazifalari. Shikastlangan aholiga birinchi tibbiy yordam korsatishni tashkil etish.

39-mavzu. (2 soat. Nazariy.) Fuqaro muhofazasi tibbiy xizmatini tashkil etish va uning vazifalari. Fuqaro muhofazasi harbiylashtirilmagan tibbiy tuzilmalarining tavsifi va vazifasi. Fuqaro muhofazasi tizimidagi tibbiy yordam turlari.

40-mavzu. (2 soat. Nazariy.) Fuqaro muhofazasi tibbiy xizmatidagi ikki bosqichda davolash evakuatsiya qilishni ta’minlash tizimining mohiyati. Fuqaro muhofazasi davolash muassasasi ishini tashkil etishning asosiy tamoyillari. Davolash muassasalaridagi tibbiy xodim drujinachilarining ishi. Fuqaro muhofazasi xabari berilganida, kichik tibbiy xodim drujinachilari bajaradigan ishlar tartibi.

Shikastlanganda yoki baxtsiz hodisalar sodir bo‘lganda birinchi tibbiy yordam berish.

41-mavzu. (2 soat. Nazariy. Amaliy.) Birinchi tibbiy yordamning ahamiyati va yordam berish qoidalari. Jarohat to‘g‘risida tushuncha, uning tasnifi va asoratlari. Qon ketishi (qonash) turlari va ularning tavsifi. Jarohatlanganda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam. Bosh va ko‘krakka steril bog‘lamlar qo‘yish. Qorin va qo‘lga steril bog‘lamlar qo‘yish. Oraliqqa va oyoqlarga steril bog‘lamlar qo‘yish. Qon ketayotganda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam.

42-mavzu. (2 soat. Nazariy. Amaliy.) Uzoq bosilish sindromi ro‘y berganda va yopiq shikast yetganda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam. Suyak sinishi va travmatik shok. Suyak singanda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam. Kuyganda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam. Yurak faoliyati va nafas olish to‘satdan to‘xtab qolganida birinchi tibbiy yordam. Sovuq olgan, oftob urgan va issiq elitgan, suvga cho‘kkan, zaharli ilon va hasharotlar chaqqanlarga birinchi tibbiy yordam.

Radiatsiyadan zararlanish, bunday hodisalarning

oldini olish va birinchi tibbiy yordam korsatish.

43-mavzu. (2 soat. Nazariy. Amaliy.) O‘tkir va surunkali nur kasalligi. Radiatsiyadan kuyish. Aholini radiatsiyadan himoya qilish. Radiatsiyadan zararlanishda tibbiy profilaktika va birinchi tibbiy yordam. Shaxsiy aptechkaning tuzilishi va ishlatilishi.

Zaharlovchi moddalardan shikastlanishda birinchi

tibbiy yordam korsatish.

44-mavzu. (2 soat. Nazariy. Amaliy.) Zaharlovchi moddalarning shikastlash xususiyat­lari. Har xil guruhga kiradigan ZM ta’sirining xususiyatlari va ulardan shikastlanishning asosiy belgilari. Zaharli moddadan zararlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. Sanitar ishlovi berish va degazatsiya.

Yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurash.

45-mavzu. (1 soat. Nazariy.) Yuqumli kasalliklar to‘g‘risida tushuncha. Yuqumli kasalliklarning oldini olish. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiyaning ahamiyati. Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni parvarish qilish vaqtida dezinfeksiya va shaxsiy profilaktika choralari.

Shikastlanganlar va kasallarni parvarish qilish, davolash muassasalarida muolajalar bajarish.

46-mavzu. (1 soat. Nazariy.) Shikastlanganlar va bemorlarni davolash jarayonida ularni parvarishlash yuzasidan sanitariya drujinachilari bajaradigan ishlar. Bemorning shaxsiy gigiyenasi to‘g‘risida tushuncha va davolashda uning ahamiyati. Davolash muassasalarida tibbiy xodim drujinachilari tomonidan bajariladigan muolajalar. Dori vositalarini ishlatish, saqlash va shikastlanganlar hamda bemorlarni davolashda ularni tarqatish. Shikastlangan odamlar va kasallarni tashish.

Izoh: Har chorak ohirida o‘qituvchiga nazariy mavzu o‘tkazish huquqi beriladi. O‘tkazilgan mavzular savollari biletga kiritiladi. O‘quvchining javoblari nazorat varag‘ida yoziladi. Yil oxirida sakkiz soatli nazorat darsi o‘tkaziladi.
Download 41,8 Kb.




Download 41,8 Kb.