Yo‘l poyi yon bag‘irini mustaxkamlashning ilg‘or usullari rеjа




Download 1.33 Mb.
bet1/2
Sana03.04.2024
Hajmi1.33 Mb.
#186490
  1   2
Bog'liq
YO‘L POYI YON BAG‘IRINI MUSTAXKAMLASHNING ILG‘OR USULLARI
Transport vositalaring elektr Bobir, Axborot, Axborot xavfsizligi fanidan, 37-maktab 11 sinf kasb, Toplamlar, Apology letter, 4, 25 krutykh proektov, jobalastiriw tastiyqlayman, 8-dekabr tadbir senari 1, 7b geometrik uy, sabaq islenbe, 1-sinflarga 105-xat (2), Informatika-9-3, Avtomobil transportini maxsus jixozlariga TXK tizimi.

YO‘L POYI YON BAG‘IRINI MUSTAXKAMLASHNING ILG‘OR USULLARI
Rеjа:

  1. Yo‘l poyini tog‘ yon bag‘rlarida qurish.

  2. Yo‘l poyi yon bag‘irini mustaxkamlashning ilg‘or usullari

  3. Yo‘l poyi ustki yuzasini va yon bag‘rini pardozlash.

  4. Yo‘l poyi yon bag‘rini mustaxkamlash.



Yo‘l poyini tog‘ yon bag‘rlarida qurish. Tog‘ yon bag‘rida yo‘l poyini konstruktiv xususiyatlari va uni ishni bajarish usuliga ta’siri
Ko‘tarma yoki o‘ymani qurish bo‘yicha asosiy ishlar tugallangandan so‘ng tekislash ishlari bajariladi, undan so‘ng yo‘l poyining yuzasi mutsahkamlanadi. Yo‘l poyi yuzasi va yon qiyaligi loyiha belgisigacha talab qilingan ravonlikda bo’lishi va suvning oqishni ta’minlash maqsadida tekislanadi.
Ko’tarmaning yon qiyaligini tekislash yo‘l poyi yuzasini tekislashdan so‘ng bajariladi, o‘ymalarda, aksincha, avval yon qiyalik, keyin o‘ymaning tubi tekislanadi.
Yon qiyalik tekislangandan so‘ng, darrov suv yuvib ketmasligi yoki boshqa omillar ta'siriga uchramasligi uchun mutsahkamlanadi.
Ko‘tarmaning yuzasi yoki o‘ymaning tubini tekislash avtogreyder bilan amalga oshiriladi. Bu ishlarni avtomat boshqariladigan sitsema bilan qurollangan (masalan, “Profil P”, “Profil 30” kabi mashinalar bajaradi. Bu sitsemalar maxsus kopir tizimida, yo‘l poyining tekislangan yuzasida yoki lazer yo‘naltiruvchi bo‘yicha ishlovchi, harakatlanuvchi ishi datchikdan avtomat sitsemasining funksiyalanishiga asoslangan.
To‘g‘ri yo‘l bo‘laklarida bo‘ylama qiyaligi 30 ‰ gacha bo‘lgan yo‘l poyi yuzasini va gorizontal egrili yo‘l bo‘laklarida tekislash lazer kopiri bilan, vertikal egrili yo‘l bo‘laklarida - bikr kopir bilan amalga oshiriladi.
Lazer nurining aylanishida yaratilgan lazer sitsemasi tayanch optik tekislikka asoslangan.
Nurning aylanish chatsotasi qurilish mashinasining surilish tezligiga asosan olingan va 70-100 ayl/minni tashkil qiladi.
Avtogreyder qirquvchi ag’dargichining cheti lazer tekisligiga qat’tiy ravishda parallel harakatlanadi. Lazer nurini bitta pulti orqali bir vaqtda bir necha mashinani boshqarish mumkin. Nurlantirgichning ta'sir masofasi 500 m gacha bo‘ladi.
Bikr kopir qo‘llab tekislashda kopir sim (kopir trosi) ko‘tarma qoshiga o‘rnatiladi. U bir-biridan 10-20 m masofada joylashgan metall qoziqqa o‘rnatiladi. Kopir simning loyiha chizig‘idan balandligi taxminan 0,55 m belgilanadi. U maxsus chig’ir bilan tortiladi va dinamometr bilan nazorat qilinadi. Asosiy qoziqlar va kopir simlari nivelir bo‘yicha o‘rnatiladi.
Kopir simi bilan tekislashda shchup doimo nazorat qilinadi, ular bir-biriga doimo tegib turishi kerak. Oxirgi jarayonlar (o‘tishlar) kopir simisiz bajariladi, chunki kopir sifatida birinchi o‘tishdan so‘ng xosil bo‘lgan tekislangan yuza xizmat qiladi. Bu holda shchup o‘rniga kopir g‘ildiragi o‘rnatiladi.
Ag’dargichi avtomatik boshqarilmaydigan avtogreyder bilan tekislanganda datslabki tayyorgarlik maxsus qoziq yoki qoziqcha (4.11-rasm) yordamida ishni belgilashdan iborat bo‘ladi. Qoziqda balandlikni belgilovchi belgilar bo‘lib undan haydovchilar ag’dargichni ko‘tarish yoki tushirish kerakligini belgilaydilar.

4.11-rasm. Avtogreyder yoki buldozer ag’dargichiga reyka-ko‘rsatkich va yo‘l poyiga maxsus qoziq o‘rnatib yo‘l poyining rejasi va kesimini nazorat qilish chizmasi:
a-rejada reyka-ko‘rsatkichning veshkaga nisbatan holati; xuddi shu, ko‘tarmaning ko‘ndalang kesimida; v- xuddi shu, o‘ymada; 1-buldozer yoki avtogreyder ag’dargichi; 2-planka; 3-yon qiyalik chegarasi; 4-prujina-kompensator; 5-reyka-ko‘rsatkich; 6-sharnir; 7-veshka; 8-reykadagi balandlik belgisi.
Tekislashdan avval avtogreyder bilan qisqa o‘tib xomaki tekislanadi – loyiha belgisidan farqlanadigan ayrim joylarda grunt qirqiladi. Undan so‘ng avtogreyder bilan butun qamrab olish masofasi bo‘yicha umumiy tekislash ishlari olib boriladi. Rejada ko‘tarma o‘qiga nisbatan 45-75o burchak otsida ag’dargich bilan gruntni qirqib ishni birinchi tezlikda olib borish taklif qilinadi.

Download 1.33 Mb.
  1   2




Download 1.33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo‘l poyi yon bag‘irini mustaxkamlashning ilg‘or usullari rеjа

Download 1.33 Mb.