• Ta’lim metodlari
  • Nordic Universiteti maktabgacha ta'lim yo'nalishi mustaqil ishi




    Download 0,66 Mb.
    Sana20.11.2023
    Hajmi0,66 Mb.
    #102114
    Bog'liq
    referaat (



    Nordic Universiteti
    MAKTABGACHA TA'LIM YO'NALISHI
    MUSTAQIL ISHI
    MAVZU : Ta’lim metodlari va usullari

    Qabul qildi :

    Bajardi : Karimova Gulnoza
    4 MMT 23 guruh

    2023
    REJA :



    1 Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari. 
    2 Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar.
    3 Ta’lim metodlarining mohiyati .
    4 Ta’lim vositalari va ulaming funktsiyalari.

    Ta’lim metodlari. Metod sо‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yо‘li, usuli deganidir. Bu sо‘zning etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy kategoriya sifatidagi talqinida ham aks etgan. “Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat”. Ta’lim metodlari deyilganda, о‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bо‘yicha о‘qituvchining о‘rgatuvchi ishi va о‘quvchilar о‘quvbilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi . Ta’lim usuli – ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni, Metodlar bilan usullar munosabati о‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki о‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bо‘lishi mumkin. Va aksincha xuddi shu metod turli о‘qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.
    Qoida – tanlab olingan metod bilan bog‘liqlikda faoliyat usullarini amalga oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi meyoriy kо‘rsatmalardir. Metodik usullar 7 ta bular :
    Namoyish (kо‘rgazmali, obyektiv – tajriba, amaliy va aqliy harakatni namoyish etish, hokazolar) Masalani о‘rgatish Topshiriq berish Yо‘l-yо‘riq kо‘rsatish Metodik usullarning turlari.
    Ta’lim metodlari tasnifi:
    1. An’anaviy (manbasiga kо‘ra) ta’lim metodlari (YE. I. Golant, N. M. Verzilin va bosh. )
    2. О‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga kо‘ra ta’lim metodlari tasnifi (I. Y. Lerner va M. N. Skatkin).
    3. Asosiy didaktik maqsadlariga kо‘ra ta’lim metodlari tasnifi (M. A. Danilov va B. P. Yesipov). 4.
    Ta’limning binar metodlari (M. I. Maxmutov).
    5. Yaxlit yondashuv bо‘yicha ta’lim metodlari tasnifi (Y. K. Babanskiy).
    6. Ta’limning interfaol metodlari.
    Asosiy didaktik maqsadlariga kо‘ra ta’lim metodlari tasnifi: Yangi bilimlarni egallash metodlari; Kо‘nikma va malakalarni shakllantirish metodlari; Bilimlarni amaliyotda qо‘llash metodlari; Bilim, kо‘nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.
    Ta’limning binar metodlari О‘rgatish metodlari О‘rganish metodlari Axboriy-ma’lumotli Ijro etish (bajarish) Tushuntirishli Reproduktiv Kо‘rgazmali-amaliy Ijodiy-amaliy Tushuntirishli-undovchi Qisman izlanishli Undovchi Izlanishli .
    Yaxlit yondashuvga kо‘ra ta’lim metodlari tasnifi : О‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari. О‘quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlari. О‘quv-bilish faoliyatini nazorat va о‘z-о‘zini nazorat qilish metodlari.
     Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlar:
    1. Ta’limning umumiy maqsadlari.
    2. Fanning va о‘rganilayotgan mavzuning mazmuni hamda о‘ziga xosliklari.
    3. Biror fanni о‘qitish metodikasining о‘ziga xosliklari.
    4. Materialni о‘rganishga ajratilgan vaqt.
    5. О‘quv mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari va mazmuni.
    6. О‘quvchilarning yoshi va bilish imkoniyatlari.
    7. О‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi.
    8. Ta’lim muassasasining moddiy ta’minlanganligi.
    9. О‘qituvchining nazariy, amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni egallaganlik darajasi.













    Xulosa:
    Ta’lim metodlari muayyan pedagogik jarayondan ko’zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun bajarish lozim bo’lgan vazifalarii amalga oshirishda qo’llaniladigan turli-tuman ish usullari va shakllarini o’z ichiga oladi.
    Bu ishlarni amalga oshirishning shakllangan va amaliyotda qo’llanilayotgan har turli usullari va shakllari asosida ko’plab ta’lim metodlari hosil bo’lgan va bu jarayon davom etmoqda.
    Muayyan ta’lim-tarbiyaviy maqsadga qaratilgan biror harakatni amalga oshirish yo’li, usuli yoki ko’rinishidan iborat bo’lib shakllangan faoliyat shu maqsadga erishishga xizmat qiluvchi o’ziga xos ta’lim metodini hosil qiladi.
    Bunda harakatni amalga oshirish yo’li deb bajarilishi talab qilinayotgan faoliyat uchun qo’llash mumkin bo’lgan bir nechta yo’llardan oldindan ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo’lni aytiladi. Masalan, savod o’rgatish yo’llari: oilada o’rgatish, maktabda o’rgatish, maktabgacha ta’lim muassasasida o’rgatish, o’qituvchi yordamida o’rgatish, kitoblar, kompyuter, ko’rgazma qurollar va boshqalar vositasida o’rgatish. Shunga o’xshash sanoqni, arifmetik amallarni o’rgatishda ham yuqoridagiga o’xshash yo’llardan foydalanish mumkin. Shu yo’llardan foydalaщb harakatni amalga oshirishda har turli metodlarni qo’llaniladi.
    Foydalangan adabiyot:

    1. Rustam o‘g A. T. et al. TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI //Journal of Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 503-508.

    2. Quvvatov R. TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI //Бюллетень педагогов нового Узбекистана. – 2023. – Т. 1. – №. 10. – С. 38-40.

    3. Maftuna B. TAʼLIM METODLARI VA VOSITALARI //Journal of Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 6. – С. 171-177.

    4. Erkinboyevna O. G. et al. ADABIY TA’LIM METODLARI, USULLARI, SHAKLLARI HAMDA ULARNING O ‘ZARO ALOQADORLIGI //O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI. – 2022. – Т. 1. – №. 11. – С. 86-89.

    Download 0,66 Mb.




    Download 0,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nordic Universiteti maktabgacha ta'lim yo'nalishi mustaqil ishi

    Download 0,66 Mb.