Maruza-1: Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining mazmuni, maqsad va vazifalari




Download 118.04 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.04.2023
Hajmi118.04 Kb.
#50079
Bog'liq
1 Maruzа
6-Маъруза Хатоларнинг тарқалиши


Maruza-1: Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining 
mazmuni, maqsad va vazifalari 
O'quvchilarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifani boshlang'ich sinflarda amalga 
oshirishda tabiatshunoslik fani muhim rol o'ynaydi. Bu predmetni o'rganish kichik 
yoshdagi o'quvchilarning shaxsiy tajribasini boyitadi, atrofimizdagi jonli va jonsiz 
tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to'g'risida bilimlar to'plashga imkon 
beradi. Shuning uchun ham pedagogika oliy o'quv yurtlarining talabalari, ayniqsa, 
bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari, pedagogik o'quv predmeti sifatida 
tabiatshunoslikni o'qitish fanining ilmiy-nazariy va amaliy yutuqlari bilan yaxshi 
tanish bo'lishlari kerak. 
Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi o‘z mazmun va mohiyatiga ko‘ra 
maktab o‘quvchilariga tabiatshunoslik bilimlarini berish bilan birga ulaming har 
tomonlama tarbiyalash ishlariga o‘z hissasini qo‘shadigan fan hisoblanadi. Shu 
nuqtayi nazardan u pedagogika fanlari tarkibiga kirib, asosiy predmeti 
boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan tabiatshunoslik kursi hisoblanadi. Zero, bu 
fan ta’lim-tarbiyaningo‘ziga xos mazmuni va metodlarini belgilab beradi. 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturda boshlang‘ich ta’lim tizimida 
«o‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim 
o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy, milliy va umumbashariy qadriyatlarga 
asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va 
atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlashni shakllantiradi» deb 
qayd etilgan ekan, tabiatshunoslik o‘qitilishida ham bu vazifalami amalga oshirish 
asosiy maqsad hisoblanadi. 
Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi - tabiatshunoslikni o‘qitishda bolalami 
har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik 
fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqot- larga asoslanadi va o‘z fanini o‘qitish 
mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan 
foydalanadi. 
Maqsadi - Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bugungi kun talablari asosida 
yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalami qo‘llab, yosh avlodga 
tabiatshunoslik fanini o‘rgatishga tayyorlashdir. 
Vazifasi - o‘quv fani sifatida tabiatshunoslik mazmunini aniqlash, 
o‘qitishning metod va uslublarini tadqiq etish, zamr o‘quv jihozlarini 
tayyorlashdan iborat. Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi faqat o‘qitish 
jarayonini ta’riflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki qoidalami ham 


ishlab chiqadi, ularga asoslanib, o‘qituvchi shu predmet bo‘yicha bolalami 
muvaffaqiyatli ravishda o‘qitishi mumkin. 0‘quvchilarga tabiatshunoslikni o‘rgatib 
borish bilan o‘qituvchi ulami ta’limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun 
zarur boigan bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, balki ulaming 
dunyoqarashi, 
irodasi, 
xulq-atvorini 
shakllantiradi, 
aqliy 
qobiliyatlarini 
rivojlantiradi. Shunga ko‘ra tabiatshunoslikni o‘qitishning shakl va metodlarini 
ishlab chiqadi. 0‘qitish jarayoni o‘zaro bogiiq boigan qismlami: fan mazmuni, 
o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini, ya’ni fanning o‘zini, uni o‘qitishni va 
o‘qishni; ya’ni bilim va ko‘nikmalami egallab olishdan iborat. 
Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi o‘qituvchining tayyorlanishidan tortib, 
to o‘quv materialini o‘zlashtirish natijalarini, jumladan sinfdagi, uydagi, sinfdan va 
maktabdan tashqari ishlami hisobga olishgacha barcha o‘qitish jarayonlarini o‘z 
ichiga oladi. 0‘qitish amaliyotini har tomonlama o‘rganish va natijalami keyin 
ijodiy ravishda umumlashtirish asosida o‘qitishning muayyan qonuniyatlari 
belgilanadi va uni yana ham yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. 
Chunonchi, o‘rganilayotgan narsalami (o‘simlik va hayvonlami) bevosita qabul 
qilish (bu to‘g‘ri tasavvur hosil boiishini ta’minlaydi) qonuniyati asosida predmetli 
o‘qitishni qoilanish bo‘yicha aniq tadbirlar ishlab chiqiladi. 
Tabiatshunoslik metodikasi o‘rganadigan va ishlab chiqadigan masalalar 
doirasiga quyidagilar kiradi:
- o‘quv fani sifatida tabiatshunoslikning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati, 
uning tarbiya tizimidagi o‘rni;
- o‘quv materialining shakl va mazmuni va uni taqsimlanish tizimi;
- o‘qitish shakl va metodlari, shuningdek, o‘quvchilami tashkil etish holati;
- o‘quv materialini, o‘quvchilaming o‘zlashtirish jarayoni va o‘qitish 
natijalarini hisobga olish; 
- jihozlash va o‘quv qurollaridan foydalanish;
- darsdan va sinfdan tashqari ishlar, o‘qitishning moddiy bazasi.
- tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi tabiat hodisalarini o‘zaro 
bog‘lanishda va rivojlanishini o‘rganishga imkon beradi.
Tabiatshunoslik 
metodikasi pedagogikada qo‘llaniladigan tadqiqot 
metodlaridan foydalanadi. Tadqiqotchi-metodist maktabda tabiatshunoslikni 
o‘qitish jarayonini kuzatadi, kuzatilgan jarayonlami tahlil qiladi va taqqoslaydi, 
hodisalar 
o‘rtasidagi 
qonuniy 
bog‘lanishlami 
aniqlaydi, 
xulosa 
va 
umumlashtirishning to‘g‘riligini amalda tekshiradi va buning natijasida 
tabiatshunoslikni o‘qitish usul va uslublarini belgilaydi. Kuzatish va tajriba 
tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi sohasidagi eng muhim metodlardir. 
0‘qituvchi tabiatshunoslik kursi o‘z ichiga oladigan ta’limiy ishlami bajarish bilan 
birga bolalami hayotiy-amaliy faoliyat uchun zamr bo‘lgan bilim, o‘quv va 


ko‘nikmalami shakllantirish hamda ulaming dunyoqarashi aqliy qobiliyatlari, 
shaxsiy fazilatlarini ham rivojlantirishga erishishga astoydil harakat qiladi. 0‘qitish 
jarayoni predmet mazmuni, o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini - bilim, o‘quv va 
ko‘nikmalarini egallab olishini o‘z ichiga oladi. 
Tabiatshunoslik o‘quv predmeti sifatida uning vazifalari tabiatshunoslik 
mazmunini aniqlash, o‘qitishning metod va uslublarini tadqiq qilish, zaruriy o‘quv 
ko‘rgazmali jihozlami tayyorlash yoilari haqida tavsiyalar berishga qaratilgan. 
Shunday ekan, o‘quv jarayonini tashkil qilishni shunday uyushtirish kerakki, u 
davr talabi darajasiga mos bo‘lsin. 
Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi didaktik prinsiplarga tayanadi, ya’ni 
bolalar ta’lim-tarbiyasining umumiy qonuniyatlarini ochib beradigan fan - bu 
didaktika hisoblanadi. Tabiatshunoslikni mazmuni o‘ziga xos xususiyatga ega 
bo‘lib, metodikasi esa maktab predmeti mazmuniga asoslanib, kichik maktab 
o‘quvchilarini ta’lim-tarbiyasi va rivojlanish sistemasi mohiyatini ochib beradigan 
fandir. 
Metodika boshqa pedagogika fanlari qatori boshlang‘ich maktabning bir 
qator muammolarini yechib, o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish yoilarini 
ko‘rsatib beradi. 
Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi «Nima uchun quyi sinf o‘quvchilari 
atrof-tabiatni o‘rganadilar?» degan savolga javob beradi. Binobarin, u boshlang‘ich 
sinf tabiatshunoslik kursini zamon talabiga mos holda o‘qitish maqsadida bolalarga 
ta’lim-tarbiya berish yo‘llarini ishlab chiqadi va tadqiq qiladi. Tabiatshunoslikni 
o‘qitish boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tevarak-atrof haqida elementlar tush-
unchalar shakllantiradi, shaxsni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan 
vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. 
Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi «Nimani o‘qitish kerak?» degan savolga 
javob berib, maktab tabiatshunoslik o‘quv materialining mazmuni, uning g‘oyasi, 
prinsiplarini tanlash va predmetni yaratilishini belgilab beradi. 
Tabiatshunoslik predmet vositasida bolalami qanday o‘qitish va tabiat 
vositasida qanday tarbiyalash kerak degan savolga javob beradi. Bolalarga 
beriladigan rivojlantiruvchi ta’lim va tarbiyaning eng samarali usullarini 
tabiatshunoslik o‘quv materiallari mazmuni orqali berilishini ta’minlaydigan yo‘l-
yo‘riqlar bera oladi. 
Metodika o‘qitish vositalari, o‘quv moddiy bazaning tashkil qilish va ish 
mazmunini belgilab berish masalalarini yechib beradi. 
Tabiatshunoslik kursining asosiy g‘oyasi jonsiz tabiat omillarining aloqasini 
mohiyatini ochishdan, o‘simlik va hayvonlar hayoti tabiat komponentlarining 
ta’siri, odamning tabiatga ta’siri, odamning tabiat elementlaridan ratsional 


foydalanishi, tabiatni muhofaza qilish, uning resurslarini qayta tiklash masalalari 
maktab tabiatshunosligi dasturida o‘z aksini topgan. 
Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlar, munosabat va 
xaraktemi o‘ziga olgan faoliyat jarayonida boradi. Bunda u yoki bu faoliyat 
turining - o‘qish, mehnat, o‘yin, muloqotlaming dalillari (motivlari) alohida 
ahamiyatga ega. Muloqot dalillari har qanday darsning tarkibiy qismi bo‘lishi 
kerak. Uni o‘qituvchi hisobga olmasa, tabiat to‘g‘risidagi bilimlar imkoniyatini 
pasaytirib yuboradi. 
Shunday qilib, tabiat bilan to‘g‘ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi 
maktab o‘quvchilarida go‘zallikni his etishni shakllantiradi, ularda o‘z harakati va 
ishini o‘zi baholay olish qobiliyatini rivojlantiradi, bu xislatlar xulq-atvorning 
odobiy hamda axloqiy m e’yorlarini anglash, atrofdagilarga nisbatan ma’suliyat 
hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan muloqot jarayonida 
o‘rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr vujudga keladi. 
Shunday qilib, o‘qitish metodikasi oldida turgan vazifalar yechimi hal 
qilinadi:
- umumiy ta’lim va kompleks tarbiya tizimi tabiatshunoslikni о‘mini 
aniqlashga imkon beradi:
- tabiatshunoslik materiallarini tanlash va umumlashtirish:
- uning ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari aniqlanib, ular hal qilinadi. 
Boshlang‘ich maktabda tabiatshunoslikni o‘qitish tabiat hayotidagi ayrim 
narsa-hodisalar va o‘simlik va hayvonlar hamda odamning tashqi xususiyatlari 
bilan tanishtirishdangina iborat emas. Tabiatshunoslikni o‘qitish jonli va jonsiz 
tabiatning har xil obyektlari o‘rtasidagi, jonli tabiat bilan odamlar mehnati 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqalami kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari tushuna oladigan 
shaklda ochib berishi, jonajon tabiatga mehr-muhabbatni, uning boyligini 
qo‘riqlash va ehtiyotlik bilan foydalanish zaminida tarbiyalashi kerak. 
Boshlang‘ich maktab tabiatshunoslik kursi tabiat hodisalarining keng 
doirasini qamrab oladi, shu munosabat bilan ba’zan o‘rganilayotgan hodisalar bilan 
o‘zaro bogiiq holda kuzatishlar olib borish qiyin boiadi. Shuning uchun ham 
tabiatshunoslikni dastlab o‘rganish uchun obyektlar tanlashda quyidagilami: 
o‘quvchilaming yosh xususiyatlarini, o‘rganilayotgan materialning tushunarli 
boiishini, uning taiim iy va rivojlantimvchi ta’sirini, oikashunoslik materiali 
boiishini, olingan bilimlami maktab jonli tabiat burchagi va o‘quv-tajriba 
maydonchasidagi ishlar bajarilishida foydalanish imkoniyatini hisobga olish zamr. 
Barcha ta`lim -tarbiyaviy ishlaming bajarilishi metodlaming to‘g‘ri 
tanlanishiga bog`liq. Tabiatdagi mustaqil kuzatishlarsiz kichik yoshdagi 
o‘quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlantirib boim aydi, tirik organizmlarni 
bevosita o‘rganmasdan turib o‘simlik va hayvonlar hayotini tushunib boim aydi, 


o‘simliklami o‘stirish va hayvonlami parvarish qilish bo‘yicha amaliy ishlar 
bajarilmasdan qishloq xo‘jalik mehnatining amaliy o‘quv hamda ko‘nikmalarini 
hosil qilib boimaydi. 
Qo‘llaniladigan har qanday metodning ahamiyatini, o‘quvchilarning 
materialni o‘zlashtirganligini, ularda zarur tasavvur va tushunchalarning 
shakllantirilganligim tarbiyaviy natijalami aniqlamasdan turib bilib boim aydi. 
Faqat shu maiumotlarga asoslanib, har qanday metodni to‘g‘ri baholash mumkin. 0 
‘qitish metodlari to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqish bilan mashg‘ulotlaming 
o‘quv jihozlari to‘g‘risidagi masalalar ham chambarchas bog`liqdir, chunki o‘quv 
qurollari va boshqa jihozlar tabiatshunoslik tasavvurlari va tushunchalami 
shakllantirishning asosi hisoblanadi. Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi, 
shuningdek o‘qitishning moddiy bazasi - tabiatshunoslik xonasi, tirik tabiat 
burchagi, o‘quv-tajriba maydonchasi, o‘qitishning texnika vositalarini tashkil etish 
va foydalanish masalalarini ham qarab chiqadi, bularsiz tabiatshunoslikni 
o‘qitishni to‘g‘ri olib borish mumkin bo`lmaydi. 
Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi boshqa fanlar bilan hamkorlikda faoliyat 
ko‘rsatadi. Avvalo bu fan biologiya va geografiya bilan uzviy bog`langan, uning 
bilimlarini o‘z ichiga oladi, yangi maktab tabiatshunosligi predmeti: mazmuniga 
asoslanadi. Fanning o‘ziga xos xususiyati shuki, u tirik organizmlaming, ulaming 
rivojlanishini, mavsumiy o‘zgarishlari bilan bogiab o‘rganish hisoblanadi. Tabiat-
shunoslik kursi mazmunida ham mavsumiylik tamoyiliga asoslanadi.
Shu bois o‘qituvchi biologik va geografik bilimlami yaxshi bilishi, fan 
yangiliklaridan xabardor boiishi zarur. 
Tushuntiruvchi yozuvli rasm. Asliga qarab chizish yaxshi. Masalan, amaliy 
mashg‘ulotda “G‘o‘za” mavzusini o‘rganishda o‘quvchilar g‘o‘zaning organlari 
bilan rasmini chizadilar. Agar darsda vaqt yetarli boim asa, rasm chizish uyda 
tugallanadi. 0‘qituvchining doskaga chizganlarini dafitarga chizilishi mumkin. Har 
bir rasm odatda uning ayrim qismlarini ifodalaydigan tegishli yozuvlar 
ko‘rinishidagi tushuntiruvchi matnga ega boiishi kerak (masalan, ildiz, poya, barg, 
gul, meva). 
Tabiatshunoslikning o'qitish metodikasini yaxshi bilish boshlang'ich maktab 
o'qituvchisiga bolalarni o'qitishni to'g'ri tashkil qilish imkonini beradi. Metodika 
o'qituvchini tabiatshunoslikni o'qitish nazariyasi bilan qurollantirib, o'qitish 
mahoratini egallab olishiga imkon yaratadi. 
O'quv materiallarining mazmunini ochib berishda xilma-xil o'qitish 
metodlaridan foydalanishga turlicha yondashish mumkin. U yoki bu metodni 
tanlashda o'qituvchi shuni nazarda tutishi kerakki, bu tanlash metodlar 
rivojiantiruvchi ta'limning vazifalarini ta'minlasin, o'quvchilarning bilish 
faoliyatini faol-lashtirsin va bir paytning o'zida qayta axborot bersin, ya'ni 


muvaffaqiyatsizlik sababini aniqlash va o'z vaqtida yordamga kelish uchun 
o'quvchilar tomonidan yangi biiimlarning qanday o'zlashtirilayotganligini tez va 
aniq ko'rsatib bersin. Shunga ko'ra tabiatshunoslik darslarida amaliy ishlar, 
suhbatlar, hissiyotni qo'zg'atuvchi hikoyalar, ayniqsa, mustaqil ishlardan ko'proq 
foydalanish kerak, bunda tadqiqiy yondashish, murakkab bo'lmagan tahlil va 
sintez, taqqoslash va umumlashtirish, tabiat hodisalari o'rtasidagi sababiy 
bog'lanishlarni aniqlash o'sha ishlarning majburiy tarkibiy qismlari bo'lishi lozim. 
Bularning hammasi o'quvchilar xotirasi, e'tibori, tasavvuri, tafakkurini 
faollashtiradi, tushuncha va ishonchning vujudga kelishiga, bilimni yaxshiroq 
egallashga, o'zlashtirgan bilimlarni yangi vaziyatlarda qo'llay olish uquvlarini 
rivojlantirishga yordam beradi. 
O'quvchilarning sezgilari qabul qilib olishlari va zehniy rivojlanishlariga 
ta'sir etuvchi ko'rgazmali qurollar va texnika vositalari hamda ekskursiyalar 
o'tkazilishi bilimlarning o'zlash-tirilishiga yordam beradi. Tabiatshunoslikni 
o'qitish jarayonida maktab bolalarida ilmiy dunyoqarash asoslari shakllantiriladi 
(o'qituvchi tabiat jismlari va voqea-hodisalarining moddiyligini, ularning o'zaro 
bog'liqligini izchillik bilan ochib beradi, tabiatda sodir bo'lib turadigan doimiy 
o'zgarishlarni xarakterlaydi va hokazo), estetik tuyg'u, tabiatga muhabbat, lining 
to'g'risida g'amxo'rlik qilish va muhofaza etishga intilish tarbiyalanadi. 
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun eng muhimi, ta'lim-tarbiya 
tizimini tushunib olish, tabiatshunoslikni o'qitish asoslarini, uning uchun xos 
bo'lgan shakl, metod va uslublarni, O'quvchilarning bilish faoliyatlariga rahbarlik 
qilishni o'rganib olishdir. Shuningdek, o'z o'lkasining tabiati va qishloq xo'jaligi 
xususiyatlarini yaxshi bilishi, o'quvchilar bilan ish olib borishda o'lkashunoslik 
materiallaridan muntazam ravishda foydalanib borishi zarur. Bu masalalarning 
barchasi mazkur o'quv qo'llanmada to'Iiq yoritilgan bo'lib, unda asosan 
«TabiatshunIoslikni o'qitish metodikasi» o'quv qo'llanmasining pedagogik va 
uslubiy asoslari, o'qitish usullari, yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar bayon 
etilgan. 
Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi tabiatshunoslikni o'qitishda 
bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi 
pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o'z 
predmetini o'qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning 
metodlaridan foydalanadi. 
O'quvchilarga tabiatni o'rgatib borish bilan o'qituvchi ularni ta'limni davom 
ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo'lgan bilimni o'quv va ko'nikmalar bilan 
qurollantiribgina qolmay, dunyoqarashi, irodasi, xarakterini ham shakilantiradi, 
aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko'ra tabiatshunoslikni o'qitishning 
shakl va metodlarini ishlab chiqadi. 


O'qitish jarayoni o'zaro bog'liq bo'gan qismlarni: predmet mazmunini, 
o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatini, fanni o'qitishni va ko'nikmalarni egallab 
olishni o'z ichiga oladi. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining vazifalari 
qatoriga o'quv fani sifatida tabiatshunoslik mazmunini aniqlash, o'qitishning metod 
va uslublarini tadqiq etish, zarur o'quv jihozlarini tayyorlash kiradi. Tabiat-
shunoslikni o'qitish metodikasi faqat o'qitish jarayonini ta'riflash va tushuntirish 
bilan cheklanib qolmay, balki qoidalarni ham ishlab chiqadi, o'qituvchi ularga 
asoslanib, shu fan bo'yicha bolalarni muvaffaqiyatli ravishda o'qitishi mumkin. 
Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi o'qituvchining tayyorlanishidan tortib, 
to o'quv materialini o'zlashtirish natijalarini, jumladan, sinfdagi, uydagi, sinfdan va 
maktabdan tashqari ishlarni hisobga olishgacha barcha o'qitish jarayonlarini o'z 
ichiga oladi. O'qitish amaliyotini har tomonlama o'rgatish va natijalarni keyin 
ijodiy umumlashtirish asosida o'qitishning rrmayyan qonuniyatlari belgilanadi 
hamda uni yanada yaxshilash bo'yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Chunonchi, 
o'rganilayotgan narsalarni (o'simlik va hayvonlarni) bevosita qabul qilish (bu to'g'ri 
tasavvur hosil bo'lishini ta'minlaydi) qonuniyati asosida predmetli o'qitishni 
qo'llash bo'yicha aniq tadbirlar ishlab chiqiladi. 
Tabiatshunoslikni metodikasi o'rganadigan va ishlab chiqadigan masalalarga 
quyidagilar kiradi: 
1) o'quv fani sifatida tabiatshunoslik fanining ta'lim va tarbiyaviy ahamiyati, 
uning tarbiya tizimidagi o'rni; 
2) o'quv materialining mazmuni va uni taqsimlanish tizimi; 
3) o'qitish metodlari va o'quv ishlarini tashkil etish shakllari; 
4) o'quv materialini, o'quvchilarning o'zlashtirish jarayoni va o'qitish 
natijalarini hisobga olish; 
5) jihozlash va o'quv qurollaridan foydalanish; 
6) darsdan va sinfdan tashqari ishlar, o'qitishning moddiy bazasi. 
Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi tabiat hodisalarini o'zaro bog'lanishda 
va rivojlanishda o'rganishga imkon beradi. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi 
barcha tabiatshunoslikka oid materialni o'rganishning o'ziga xosligiga muvofiq 
holda barcha maktab fanlari uchun umumiy hisoblangan pedagogika qoidalariga 
asoslanadi. 
Shunday qilib, tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi fanining maqsadi 
boshlang'ich sinf o'qituvchilarini bugungi kun talablari asosida yangi pedagogik 
texnologiyalarni qo'llab, yosh avlodga tabiatshunoslik fanini o'rgatishga 
tayyorlashdir. Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. Talabalarga tabiatshunoslik haqida eng zarur ilmiynazariy bilimlarni 
berish. 
2. Boshlang'ich sinflarda tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi fanini 


ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini yoritib berish. 
3. Talabalarga tabiatshunoslik fani bazasida zamonaviy pedagogik 
texnologiya haqida bilim berish. 
4. Talabalarni o'quv metodik adabiyotlar, dastur va darsliklarni tahlil 
qilishga o'rgatish. 
5. Talabalarni tabiatshunoslikni o'qitishning turli uslublari va yo'llari bilan 
tanishtirish. 
6. Talabalarda mazkur fandan o'qitishning turli tashkiliy shakllarini, 
uslublarini, zarur ko'rgazmali qurollarni to'g'ri tanlash rnalakalarini hosil qilish. 
7. Tabiatshunoslik muammolariga bag'ishlangan maqolalar, adabiyotlarga 
taqriz, annotatsiya yozishga o'rgatish. 
8. Kuzatilgan dars va darslardan tashqari tadbirlarni mustaqil metodik 
jihatdan to'g'ri tahlil qilishga o'rgatish. 
9. Fanlararo aloqalar va ta'limtarbiya integratsiyasi asosida turli dars tiplari 
uchun ishlanmalar, rejakonspektlar tuzishga tayyorlash. 
10. Maktabda tabiatshunoslik darslarini o'tishda ekologik va tabiatni 
muhofaza qilish jihatlarini ko'ra bilishga o'rgatish. 
11. Talabalarni Sharq mutafakkirlarining inson va uni o'rab turgan tabiat 
bilan aloqalariga bag'ishlangan asarlari, ularning dunyoqarashlari bilan tanishtirish, 
shuningdek, tabiatga oid aforizm, ruboiy va she'rlardan tabiatshunoslik darslarida 
foydalanishga o'rgatish. 
Bundan tashqari, tabiatshunoslik o'qitish metodikasining umumpedagogik va 
o'ziga xos metodlari, darsni to'g'ri tashkil etish tarixi va istiqbolli rejalar tuzish, 
darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etish usullarini o'rganish kabi masalalar ham 
ushbu fanning asosiy masalalaridan hisoblanadi. 
Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi fanining ikkinchi tomoni bu 
metodikani yaxshi bilish jarayoni hisoblanadi. 
Metodika o'qituvchi tomonidan o'quv materialni o'qitishning muvofiq 
(ratsional) ravishdagi metod va vositalari o'quvchilarning tabiat haqidagi eng sodda 
bilimlarni egallashi hamda kelajakda hayotda qo'llay olishi o'quvchilar uchun 
retseptlar va nasihatlar majmuasi bo'libgina qolmasdan, u fan, uning tamoyillari, 
tabiatshunoslik o'qitish jarayonining qonuniyatlarini bilishga ham asoslangan. 
Metodika o'quv fanining mazmuni, ta'lim va tarbiya metodlari hamda shakllarini 
ko'rib chiqadi. Metodikaning bu bo'limlari bir butun bo'lganligi uchun bir-birini 
to'ldiradi. 
O'quv ishlarining jihozlari hamda vositalari (qo'llanmalar) metodika asosida 
belgilanadi. Metodika nima uchun tabiatni o'rganish, nimani va qanday o'qitish, 
nima asosida va qanday tarbiya berish kerak, degan savollarga javob beradi. 
Tabiatshunoslik fanini o'qitilishining to'g'ri yo'lga qo'yilishi uchun maxsus 


o'quv moddiy bazaga, ya'ni o'quv qurollari bilan jihozlangan xona, tirik tabiat 
burchagi va o'quvtajriba maydonchasiga ega bo'lishi kerak. Materialni o'ziga xos 
bo'lishi faqat tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining o'ziga xosligini emas, balki 
uning tarbiyaviy imkoniyatlarini ham belgilaydi. 
Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi maktabda hamma tabiat haqidagi 
fanlarni o'qitishga oid masalalarni: o'qitishning g'oyaviy yo'nalganligini, 
o'qitishning mazmuni bilan metodlarning birligini, o'quv ishlarining shakllari 
o'rtasidagi izchillikni va barcha tarbiyalovchi ta'lim elementlarining yaxlitHgini 
hamda rivqjlanishini ko'rib chiqadi. 
O'qitish tizimi o'quvchilar bilimining puxta bo'lishi va ongiga yetib borishini 
ta'minlaydi. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi barcha predmetlar uchun 
umumiy tamoyillarga ega bolgan didaktik va tarbiya jihatidan pedagogika bilan 
chambarchas bog'langan. Maktabda ta'limtarbiyajarayoni amalga oshiriladi va 
o'rganiladigan materialning mazmuni, uni bayon qilish mantiqi, o'qitish metodlari 
barcha shakllardagi butun ta'lim jarayonini, o'qituvchi shaxsining o'zi, uning fanga 
fidoyiligini ham tarbiyalaydi. 
Metodikani didaktik yo'l bilan pedagogikaga bevosita bog'lay turib, bular 
o'rtasidagi tafovutlarni ham hisobga olish kerak. Didaktika pedagogikaning barcha 
maktab predmetlari uchun umumiy bo'lgan ta'lim nazariyasi va o'qitish 
tamoyillarini ishlab chiqadigan bir tarmoqdir. Mustaqil ilmiy predmet sifatida 
qaror topgan tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi tabiat fanlarini o'qitishning 
o'ziga xosligi bilan taqozo qilingan ta'lim va tarbiyaning mazmuni, shakllari va 
metodlari to'g'risidagi nazariy hamda amaliy muammolarini ishlab chiqadi. 
Darhaqiqat, pedagogik fan sifatida tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi 
didaktika bilan bog'langan. Faqat ta'lim va tarbiyaning pedagogik maqsadi hamda 
vazifalariga asoslangandagina maktab tabiatshunoslik fanini to'g'ri tuzish, 
boshlang'ich va undan keying! sinflar o'quv predmetlari tizimida uning o'rni va 
rolini aniqlash mumkin bo'ladi. 
O'quv materialini tanlash va uni sinflar bo'yicha taqsimlashga bolgan 
talablar didaktik tamoyillar bilan izohlanadi, ular fanga xos metodik masalalarni 
hal qilishda, o'qitish metodlarini tanlashda, shuningdek, o'quvchilarning o'quv 
faoliyatlarini har xil ko'rinish va shakllarda tashkil qilishda ham yetakchidir. 
Metodik uslublarni faqat har bir o'quvchi psixologiyasini, yoshi va rivojlanish 
xususiyatlarini hisobga olgan holdagina to'g'ri tanlash mumkin. 
Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi pedagogikada qo'llaniladigan tadqiqot 
metodlaridan foydalanadi. Tadqiqotchi -melodist maktabda tabiatshunoslikni 
o'qitish jarayonini kuzatadi, kuzatilgan faktlarni tahlil qiladi va taqqoslaydi, 
hodisalar 
o'rtasidagi 
qonuniy 
bog'lanishlarni 
aniqlaydi, 
xulosa 
va 
umumlashtirishning to'g'riligini amalda tekshiradi va buning natijasida 


tabiatshunoslikni 
o'qitish 
tamoyillarini 
belgilaydi. 
Kuzatish 
va 
tajriba 
tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi sohasidagi eng muhim metodlardir. 
Hozirgi kunda metodikaning fan sifatida qaror topishida integratsiya 
(birlashish), sintez — barcha ilmiy materiallarning muammolar bo'yicha to'planishi 
hamda tahlil qilinishi, umumlashtirilishi, tizimga solinishi va yagona ilmiy 
nazariyaga keitirilishi alohida o'rin egallaydi. Metodika o'qituvchi ijodi uchun 
ta'lim va tarbiyaning boy xazinasidagi xilma-xil metodlar, usullar va vositalarni 
bilib olishga keng imkoniyatlar ochib beradi. 
Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi, shuningdek, fiziologiya, anatomiya
gigiyena, botanika, zoologiya, geografiya, agrotexnika, meteorologiya, mantiq va 
psixologiya bilan chambarchas bog'liqdir. Shu fanlar bilan bo'ladigan aloqa 
o'qituvchining o'sha fanlar asoslarini egallagan bo'lishida, ularning eng 
muhimlarini ajratib, materiallarni o'quvchilarning yosh xususiyatiga mos holda 
tushuntira olish uquvlarida namoyon bo'ladi. 
Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlar, munosabat va 
xarakterni o'z ichiga olgan faoliyat jarayonida boradi. Bunda u yoki bu faoliyat 
turining - o'qish, mehnat, o'yin, muloqotlarning dalillari (motivlari) alohida 
ahamiyatga ega. Muloqot dalillari har qanday darsning tarkibiy qismi bo'lishi 
kerak. Uni o'qituvchi hisobga olmasa, tabiat to'g'risidagi biiimlar imkoniyatini 
pasaytirb yuboradi. 
Shunday qilib, tabiat bilan to'g'ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi 
maktab o'quvchilarida go'zallikni his etishni shakllantiradi, ularda o'z harakati va 
ishini o'zi baholay olish qobiliyatini rivojlantiradi, bu xislatlar xulqatvorning 
odobiy hamda axloqiy me'yorlarini anglash, atrofdagilarga nisbatan mas'uliyat 
hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan muloqot jarayonida 
o'rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr vujudga keladi. 
Shuningdek, tabiatshunoslikni o'qitish jarayoni faqat o'qituvchinigina emas, 
balki o'quvchilar faoliyatini ham o'z ichiga oladi. O'qitishning natijasi dasturda 
mo'ljallangan materialning puxta o'zlashtirilganligi bilan belgilanadi. Shuning 
uchun ham o'qitish metodtari va o'quvchilarga o'quv jarayonini tashkil etish 
shakllarini o'rganish, ularning materialni o'zlashtirib olish jarayonini o'rganishlari 
bilan birga boradi. 

Download 118.04 Kb.




Download 118.04 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maruza-1: Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining mazmuni, maqsad va vazifalari

Download 118.04 Kb.
Pdf ko'rish