• Rivojlantiruvchi maqsad
  • I.Tashkiliy qism.
  • YOL HARAKATI XAVFSIZLIGI QOIDALARI
  • "Velosipedlarda harakatlanish man etiladi" belgisi
  • "Piyodalaming harakatlanishi man etiladi" belgisi
  • TRANSPORTDA YURISH QOIDALARI
  • Tramvay toxtash joyi belgisi KOCHA VAYOLLARDAN OTISH
  • "PIYODALAR OTISH JOYI" BELGILARI
  • "Yer usti piyodalar otish joyi" belgisi
  • "Velosipedlarda harakat qilish" belgisi
  • Yolovchilar harakati" belgisi
  • JAMOAT TRANSPORT! SALONIDA
  • AVTOBUS YO L-TRANSPORT HODISASIGA UCHRAGANDA
  • TRAMVAY YOKI TROLLEYBUS YOL- TRANSPORT HODISASIGA UCHRAGANDA
  • AVARIYA HOLLARIDA AVTOBUSDAN CHIQISH: 1. eshik 2. shamollatish tuynuklari 3. halokatdan chiqish uchun moljallangan derazalar
  • TATILDA: Kochaga chiqishdan oldin, ushbu xavfsizlik qoidalarini to liq oqib, organing
  • XAVFSIZLIK HAQIDA YANABIR ESLATMA
  • III.Darsni mustahkamlash. a)Dam olish daqiqasi
  • 0 – mart 2017 – yil 2 – a sinf Mavzu: Yo’l transport hodisalarining sabablari. Darsning maqsadlari: Ta’limiy maqsad




    Download 330,59 Kb.
    Sana26.06.2020
    Hajmi330,59 Kb.
    #10737

    10 – mart 2017 – yil 2 – A sinf

    Mavzu: Yo’l transport hodisalarining sabablari.

    Darsning maqsadlari:

    Ta’limiy maqsad:O’quvchilarga bugungi Yo’l transport hodisalarining sabablari nomli yangi mavzuni keng ko’lamda tushuntirish.Hamda o’quvchilarga yo’l harakati qoidalarini tushuntirib ularga amal qilish ruhida tarbiyalash.
    Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilar o’rtasida do’stona munosabatni shakillantirish hamda bir – birlariga mehrli oqibatli qilib tarbiyalash.Yaqinlariga , do’stlariga ko’maklashadigan qiyin vaziyatlarda Hamish ayordamga shay, “Do’stlik” tuyg’usini asrab avaylaydigan yetuk komil avlod ruhida tarbiyalash.
    Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarning olgan bilim va ko’nikmalarini yanada rivojlantirib ularning tezkirligini oshirish, zukko , bilimdon , hozirjavob qilib og’zaki nutqini yanada shakillantirish.
    Dars turi:Yangi bilim beruvchi.

    Dars uslubi:Tushuntirish.

    Dars jihozi:Mavzuga oid ko’rgazmaliklar.
    Darsning borishi:

    I.Tashkiliy qism.

    -Salomlashish.

    -Sinfxonasi va o’quvchilarni darsga tayyorlash.

    -Davomatni aniqlash.

    -Bugungi sana yil , oy , kunni so’rash.
    II.Yangi mavzu.
    Aziz o’quvchilar bugungi yangi mavzumiz Yo’l transport hodisalarining sabablari nomli mavzudir.Demak oldin tushunib olamiz:

    Yo’l transport hodisalarining sabablariga bazibir shafyorlarimizning yoki piyodalarning loqayligi tufayli sodir bo’ladigan avtohalokatlarni tushunamiz. Haydovchilarning yo'l harakati qoidalariga qat'iy rioya etishi nafaqat o'zlari, balki barcha yo'l harakati ishtirokchisi xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi.



    Haydovchilarning yo’lda harakat chog’ida uxlab qolishi , spirtli ichimliklar ichib harakatlanish , yo’l harakati qoidalarini bilmasalik kabi holatlar sabab bo’ladi. Piyodalar ham bundan mustasno emas.Agar hamma birgalikda mana shu qoidaarga rioya qilishsa yo’l transport hodisalarining salbiy holatlari oldi olinadi.
    YO'L HARAKATI XAVFSIZLIGI QOIDALARI

    KO'CHA VA YO'LLARDA O'QUVCHI O'ZINI QANDAY TUTISHI LOZIM? 


    Piyodalarga yo'lakchalarda va maxsus piyodalar yo'lkasida yurishga ruxsat etiladi. Shunday joylar bo'lmasa, yo'l chekkasidan yoki velosiped yo'ikasidan harakatianing. O'ng tarafdan, mashinalar yo'nalishi bo'yicha harakatianing. 
    Unutmana! Transport vositalari oqimiga qarab, chap tomondan yurish xavfsiz hisoblanadi.  Ko'cha va yo'llarda o'ynamang! Transport vositasiga osilmang! 
    "Velosipedlarda harakatlanish man etiladi" belgisi

    "Piyodalaming harakatlanishi man etiladi" belgisi 

    Chang'i, g'ildirakchali konki va skeytbordda faqat to'silgan maydonlarva bog'larda uching!Yo'lning transport vositasi qatnaydigan qtsmiga chiqmang. 
    Agar, ko'cha yoki yo'lni kesib o'tish zarur bo'lsa, velosipeddan tushib oling, skeytbordni esa qo'lingizda ushlang.

    TRANSPORTDA YURISH QOIDALARI

    JAMOAT TRANSPORTIDA



    Transport vositasiga chiqishda: Transport vositalarini bekatlarda kuting, yo'ining transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqmang. Avtobus, trolleybus, tramvay va boshqa transport vositalariga ular batamom to'xtagandan so'ng chiqing. Jamoat transportiga chiqish orqa eshikdan, tushish esa old eshikdan amalga oshiriladi. Avtobus, trolleybus, tramvayga ular harakatla- nayotgan paytda sakrab chiqmang, orqasiga osilmang, zinapoyalarida turmang.


    "Avtobus yoki trolleybus to'xtash joyi" belgisi

    "Taksi to'xtash joyi" belgisi


    Tramvay to'xtash joyi belgisi

    KO'CHA VAYO'LLARDAN O'TISH

    Yo'lning transport vositasi qatnaydigan qistnini, faqat yer osti va yer usti o'tish joylaridan va "Piyodalarning o'tish joyi" belgisi mavjud joylardan kesib o'ting. Bunda o'zingizni erkin tutib avtomototransport vositalari yo'qiigiga ishonch hosil qilib, ko'cha va yo'lni tik perpendikulyar holda kesib o'ting.



    "PIYODALAR O'TISH JOYI" BELGILARI

    "Yer usti piyodalar o'tish joyi" belgisi


    "Yer osti piyodalar o'tish joyi" belgisi



    "Svetofor orqali yo'lda harakatlanishni tartibga solish" belgisi
     

    "Velosipedlarda harakatlanish man etiladi" belgisi
     

    "Harakatlanish taqiqlanadi" belgisi


     "Velosipedlarda harakat qilish" belgisi

    Yo'lovchilar harakati" belgisi

    Esingizda tuting! Yo'ining transport vositasi qatnaydigan qismida yo'l-yo'l chizig'i bir tarafga ikkitadan ortiq bo'lsa va harakatdagi transportlarning signallari va chiroqiari yoqilgan holatda bo'lsa, bu tez yuradigan transport vositalari qatnaydigan yo'l hisoblanib, uni kesib o'tmang!!!

    JAMOAT TRANSPORT! SALONIDA:

    Salonga kirgan zahoti, o'rtasiga o'tib oling, chiqish maydonchalarida to'xtab turmang. Keksa odamlarga, nogiron va yosh bolali yo'lovchilarga joy bering. 


    Jamoat transportida shovqin qilmang va baland ovozda so'zlashmang. Haydovchini ishidan chal- g'itmang. Oynalardan boshingizni chiqarmang. Agar chiqish bekatingiz yaqinlashib qolgan bo'lsa, awalroq harakatqilib chiqishga hozirlik ko'ring.

    TRANSPORTDAN TUSHISHDA: Transport vositasi batamom to'xtab bo'lgandan so'ng tushing. Tramvaydan tushib, transport qatnaydigan joyda turib qolmang va avval o'ng tomonga qarab yaqin­ lashib kelayotgan transport vositasi bo'lmasa, yo'lkadanyuring.

     Avtobusning yoki trolleybusning orqasidan,Tramvayning o'ting oldidan o'ting 



    AVTOBUS YO 'L-TRANSPORT HODISASIGA UCHRAGANDA:

    Avtobusdan chiqib ketish uchun eshiklardan, qopqoqli shamollatish tuynuklaridan, halokatdan chiqish uchun mo'ljallangan derazalardan foydala- ning. Yo'l-transport hodisasidan so'ng sarosimaga tushmasdan vaziyatni ko'zdan kechiring. U qaysi holatda ekanligini bilib, so'ng chiqishga harakat qiling.



    TRAMVAY YOKI TROLLEYBUS YO'L- TRANSPORT HODISASIGA UCHRAGANDA

    Tramvay, trolleybus salonida sarosimaga tush­ masdan vaziyatni ko'zdan kechiring. U qaysi holatda ekanligini aniqiab, tutqichga tegib ketmaslikka harakat qilib sakrab tushing, chunki vagon elektr tokida bo'lishi murnkin.



    AVARIYA HOLLARIDA AVTOBUSDAN CHIQISH:

    1. eshik

    2. shamollatish tuynuklari

    3. halokatdan chiqish uchun mo'ljallangan derazalar

    AVTOMOBILDA

    Agar 12 yoshga to'lmagan bo'lsangiz, oldingi o'rin-diqqa o'tirmang. Avtomobilga o'tirgach, xavfsizlik kamarinitaqiboling. Avtomobilda o't o'chiruvchi moslama va dorilar turadigan quticha qayerda joylashganligini eslab qoling. Harakatlanish vaqtida ogoh bo'lib, diqqat bilan yo'lni kuzatib boring.



    TATILDA:

    Ko'chaga chiqishdan oldin, ushbu xavfsizlik qoidalarini to' liq o'qib, organing:

    Ota-ona ruxsatisiz bemaqsad ko'chaga chiqmang. Mahallalarda, dahalarda belgilangan joylarda o'ynang va transport harakatiga xalaqit bermang, o'z xavfsizligingizni ta'minlang. Oromgohlarga borishda ushbu xavfsizlik qoidalariga to'liq rioya qilng. Ko'cha va yo'llarda yurish qoidalarini amalda bilmasangiz, kattalar nazoratida chiqing.



    MAKTABDA:

    IV.Iaktabga borish va kelishda o'rganib chiqilgan "Uy - maktab - uy" yo'nalishi orqali harakatlaning. Transport vositasiga chiqishda yuqoridagi talablarni to'liq bajaring. Yo'l harakati Qoidalarini qunt bilan o'rganing va uni o'zgalarga ham o'rgating. Birinchi tibbiy yordam ko'rsatish qoidalarini o'rganing va ularni amalda biling. Voyaga etmaguncha transport vositasini boshqarmang. Ota-onaning o'git, nasihatlariga quloq soling, o'zboshimchalik qilmang.



    XAVFSIZLIK HAQIDA YANABIR ESLATMA

    Agar jamoat transportida qarovsiz yotgan buyum bo'lsa, atrofdagilardan kimning buyumi ekanligini so'rang, hech kim javob bermasa, darhol haydovchiga xabar bering.

    Agar qarovsiz yotgan buyum uy eshigi oldida yoki yo'lakda bo'lsa, qo'ni-qo'shnilardan kimning buyumi ekanligini so'rang, egasi topilmasa, darhol ichki ishlar idoralariga yoki 02 ga xabar bering va topilmani ko'rgan vaqtingizni belgilab qo'ying.

    Agar qarovsiz yotgan buyum maktab va maktabgacha bo'lgan muassasalar binosi ichida bo'lsa, darhol ma'muhyatgaxabarqiling.

    Agar qarovsiz yotgan buyum bozorlarda yoki do'konlarda bo'lsa, zudlik bilan ma'muriyatga yoki ichki ishlar bo'linmasiga xabar qiling.

    Maktab tevarak atrofida transport vositalarining to'xtashi 150 metr masofada ruxsat etiladi. Bundan yaqin masofada turgan transport vositasi ko'rsangiz zudlik bilan bino ma'muriyatiga yoki 02 ga xabar qiling.

    Bugungi mavzumizda aytib o’tilgan quyidagi Yo’l transport hodisalarining sabablari bizning hayotimizga aytarli darajada zarar yetkazishi haqida tushunchalarga ega bo’ldik.Biz mana shu aytib o’tilgan qoidalarga rioya qilgan holda yo’lda harakatlanmog’imiz lozim.Zero “Yo’l qoidasi – umr foydasidir.”

    III.Darsni mustahkamlash.

    a)Dam olish daqiqasi

    Bir ,ikki tuk – tuk

    Uch ,to’rt duk – duk

    Besh ,olti pis – pis

    Yetti, sakkiz o’tiramiz tinch.

    b)Savol – javob

    1.Tartibga solish vositalarini sanab bering.

    2.Svetoforda nechta chiroq bor ?

    3.Qizil chiroq nima deydi ?

    4.Yashil chiroq nima deydi ?

    5.Yo’lda zebra chiziqlarining vazifasi nima ?


    d)Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirib baholash.
    IV.Uyga vazifa: O’rganib kelish hamda svetofor rasmini chizish.
    Download 330,59 Kb.




    Download 330,59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    0 – mart 2017 – yil 2 – a sinf Mavzu: Yo’l transport hodisalarining sabablari. Darsning maqsadlari: Ta’limiy maqsad

    Download 330,59 Kb.