|
I bob. Yo‘lovchilarni tashish umumfoydalanish transporti tayanch so‘zlar va iboralar
|
bet | 1/6 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #106800 |
Bog'liq 1-мавзу
I BOB. YO‘LOVCHILARNI TASHISH UMUMFOYDALANISH TRANSPORTI
Tayanch so‘zlar va iboralar: transport, transport vositasi, avtobus, yo‘nalishli taksi, yengil avtomobil, tramvay, trolleybus, metro, yo‘nalish, yo‘lovchi transporti, yo‘lovchi transporti xizmati.
1.1. Avtomobil transportidagi iqtisodiy islohotlar
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda transportning ulushini oshirish borasida ba’zi imkoniyatlardan foydalanishning samaradorligi kam bo‘lsada, boshqa tomondan ustunliklar ham mavjud. Ma’lumki, suv transportining umumiy tashish tannarxi boshqa transport turlariga qaraganda arzon hisoblanadi. Lixtenshteyn va O‘zbekiston dunyodagi yagona dengiz transportiga chiqish uchun kamida ikki davlat chegarasini kesib o‘tishga majbur bo‘lgan davlatlar hisoblanadi. Bu esa, mamlakat uchun tashish xarajatlarini oshishiga olib keladi. Biroq bosqa tomondan mamlakatimiz O‘rta Osiyoning markaziy qismida joylashgan bo‘lib, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari (shimol va shimoli-g‘arbdan Qozog‘iston, janubi-g‘arbdan Turkmaniston, janubdan Afg‘oniston, janubi-sharqdan Tojikiston va sharqdan Qirg‘iziston) bilan umumiy chegaraga ega bo‘lgan yagona davlat hisoblanadi. Biz bilan qo‘shni (uzoq qo‘shni) hisoblanuvchi davlatlar o‘zaro aloqalarini rivojlantirishda transport harakatini bizning chegaralarimiz orqali o‘tkazmasligi iqtisodiy sarf-xarajatlarni oshirib yuboradi. Bundan unumli foydalanish, ya’ni, barcha qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, savdo aloqalarini mustahkamlash hisobiga eksport, import va tranzit salohiyatlarni oshirishga erishish mumkin.
Markaziy Osiyo davlatlari ichida mamlakatimiz avtomobil yo‘llarining zichligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega (1.1.1-rasm) [5].
Тoshkent shahrida yo‘l tarmoqlari zichligi 1 km.kv.ga 7.24 km. to‘g‘ri keladi, umumqabul qilingan xalqaro me’yorga muvofiq 10 km. bo‘lishi lozim.
O‘zbekistonda transport yalpi ichki mahsulotning 6,4 %ni (rivojlangan mamlakatlarda 8-12%), jami investitsiyalarning 7,4 %ni, xizmatlar bozori umumiy hajmining 29,5 %ni tashkil etadi. Uy xo‘jaliklari xarajatlarining o‘rtacha 10% transportga to‘g‘ri keladi, shu bilan iqtisodiy tarmoqlarning oraliq iste’molining taxminan 10,3% va jami qo‘shilgan qiymatning 9,3% ni tashkil etadi [5].
|
| |