Transport turlari
|
Afzalliklari
|
Kamchiliklari
|
Avtobus
|
- manevrchanligining yaxshiligi;
- yangi yo‘nalishlarni tez ochish va borlarini o‘zgartira olish mumkinligi;
- turli miqdorli tashishlarni zudlik bilan tashkil etish mumkinligi;
- boshlang‘ich kapital harajatlarning nisbatan kamligi.
|
- joriy-ekspluatatsion xarajatlarning kattaligi;
- ekspluatatsiya jarayonida avtomobillardan chiqadigan gazlarda zaharli moddalarning mavjudligi;
- konstruksiyaning murakkabligi sababli (ayniqsa dvigatelni) uning ishdagi ishonchliligining kamligi.
|
Yo‘nalishli taksi
|
- manevrchanligining yaxshiligi;
- yangi yo‘nalishlarni tez ochish va borlarini o‘zgartira olish mumkinligi;
- boshlang‘ich kapital (katta) xarajatlarning nisbatan kamligi;
- aloqa tezligining yuqoriligi.
|
- avtomobillar ekspluatatsiyasi jarayonida ishlab chiqarilgan gazlardagi zaharli moddalarning mavjudligi;
- konstruksiyaning murakkabligi sababli uning ishdagi ishonchliligining kamligi;
- tarifning qimmatligi.
|
Yengil avtomobil
|
- manevrchanligining eng yuqoriligi;
- aloqa tezligining eng yuqoriligi
|
- avtomobillar ekspluatatsiyasi jarayonida ishlab chiqarilgan gazlardagi zaharli moddalarning mavjudligi;
- konstruksiyaning murakkabligi sababli (ayniqsa dvigatelni) uning ishdagi ishonchliligining kamligi;
- tarifning qimmatligi.
|
Trolleybus
|
- boshlang‘ich kapital xarajatlarning nisbatan kamligi (ammo avtobusdan ko‘p);
- harkatning tinchligi;
- jadal tezlasha olishi;
- aloqa tezligining yuqoriligi.
|
- havodagi kontakt-sim qurilmalarining murakkabligi (ayniqsa kesishish joylari, strelkasi);
- manevrchanligining avtobusga nisbatan kamligi (kontakt-sim shahobchalari sababli).
|
Tramvay
|
- tashish qobiliyatining kattaligi;
- yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lganda joylarda tashish tannarxining arzonligi;
- boshqarishning soddaligi.
|
- manevrchanlikning kamligi;
- harakatdagi shovqinning ko‘pligi;
- boshlang‘ich kapital xarajatlarning juda kattaligi.
|
Metro
|
- tashish qobiliyatining eng kattaligi;
- aloqa tezligining eng kattaligi;
- harakat muntazamligining yuqoriligi (to‘siqlar yo‘qligi);
- harakat xavfsizligining eng yuqoriligi.
|
- boshlang‘ich kapital xarajatlarning juda kattaligi.
|
Texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga binoan yo‘lovchi transportlari har bir turining eng oqilona ishlatish joylari bor.