|
Fakuliteti amaliyot hisoboti
|
bet | 1/6 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 167,82 Kb. | | #228678 |
Bog'liq Fakuliteti amaliyot hisoboti
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“___________________________________” FAKULITETI
AMALIYOT HISOBOTI
“QUVA OLIY NE'MATI” fermer xo'jaligi.
Bajardi: _____________________
TALABASI: _____________________
QABUL QILDI: ______________________
FARG`ONA-2023
MUNDARIJA
|
KIRISH
|
3
|
1
|
«QUVA OLIY NE’MATI” fermer xo’jaligi xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati
|
5
|
2
|
Korxona xarajatlarining tasniflanishi
2.1. Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari
2.2. Moliyaviy faoliyat xarajatlari
|
8
|
3
|
«QUVA OLIY NE’MATI” fermer xo’jaligi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi va uni hisoblash
|
12
|
4
|
Korxona ishlab chiqargan mahsulotning sifati va chidamliligi
|
19
|
|
XULOSA
|
23
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
|
25
|
KIRISH
Insoniyat yaratilibdiki u yashash uchun hayotini yaxshilash maqsadida, asirlar davomida rivojlanib kelyabdi. Yildan yil hayot tarzimiz yaxshilanishi uchun yangidan-yangi texnika texnologiyalar yaratilmoqda va ular allaqachon biz uchun oddiy hayotiy buyumlarga aylangan. Inson yashashi uchun ovqatlanishi, kiyinishi, shuningdek, uy-joy, ro'zg'or buyumlari, turli jihozlarga ega bo‘lmog‘i zarurdir. Bu zarur hayotiy vositalarning barchasi inson mehnati bilan yaratiladi. Kimdir g‘alla yetishtiradi, kimdir un tayyorlaydi, kimdir bu undan non ishlab chiqaradi, kimdir paxta hom ashyosi yetishtiradi, kimdir paxtadan tola ishlab chiqaradi, yana kimdir toladan ip qilib to‘qiydi, kimdir kiyim-kechak tikadi va hokazo.
Shunday qilib, insoniyat iste’mol qilmasa yashay olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham tura olmaydi. Shuning uchun insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida va barcha zamonlarda, barcha mamlakatlarda inson hayotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish tashkil etadi, ishlab chiqarish jarayonida sodir bo`ladigan munosabatlar ayirboshlash, taqsimot va iste’mol jarayonlarida bo`ladigan munosabatlarga yo`nialish beradi va ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish bo`lmasa, ayirboshlanadigan, taqsimlanadigan narsaning o‘zi bo`lmaydi. Chunki ishlab chiqarish jarayonida qanday shakldagi munosabatlar sodir bo'lsa, boshqa fazalardagi munosabatlar ham shunday shaklda sodir bo'ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslik ko'pgina chalkashliklarga olib keladi. Ishlab chiqarishda faqat mahsulot ishlab chiqariladi.
Ular sotilib taqsimlangandan keyingina turli ko'rinishdagi daromadlar shakllanadi. Shuning uchun biz ishlab chiqarish jarayonida sodir bo'ladigan munosabatlarni o'rganish ilmiy va uslubiy ahamiyatga ega deb o'ylaymiz va shunga ko'ra, bu jarayonni batafsil ko'rib chiqish zarur deb hisoblaymiz. Mustaqil ishda xarajatlarning iqtisidiy mazmuni va moxiyatitavsiflanadi, maxsulotlar tannarxi va uni xisoblash aytib utiladi, maxsulotlar tannarxini kamaytirish ko`rsatib o`tiladi.
Xarajatlarni qisqartirish zaxiralari ishlab chiqarish va uni malakali boshqarish qobiliyatiga xosdir. Masalan, har bir ishlab chiqarish bosqichida texnologik xarajatlarni ishlab chiqish va aniqlash, shuningdek ularga rioya qilish va me'yorlar buzilgan taqdirda javobgarlikni belgilash kabi tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Xizmat ko'rsatish va yordamchi xo'jaliklar samaradorligini tahlil qilish turli yo'nalishlar va autsorsing xizmatlari xarajatlarni optimallashtirish ishlarida ajoyib natijalar beradi. Har bir kompaniya o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarishni optimallashtirish liniyasini tanlaydi sanoatning o'ziga xos xususiyatlari ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo'yicha quyidagi ekspert tavsiyalarini barcha korxonalar uchun umumiy harakatlar deb hisoblash mumkin. Ishlab chiqarishda xarajatlarni qisqartirish xaqida so`z yuritiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxonani asosiy maqsadi foyda olishdir. Ammo ushbu maqsadni amalga oshirish, unga erishish, ishlab chiqarish xarajatlarini miqdori va korxona ishlab chiqaradigan mahsulotga bo`lgan talab bilan chegaralangandir.
|
| |