• Toshkent – 2023 yil Mavzu: Yorug’likning qaytishda va sinishda qutblanishi. REJA: 1.Kirish 2.Yorug`likning qutblanishi
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
  • Kiberxavfsizlik fakulteti




    Download 78.86 Kb.
    Sana25.05.2023
    Hajmi78.86 Kb.
    #64375
    Bog'liq
    070-22 guruhi talabasi Imomqulov A
    axborotlashgan, 7.2-Мавзу, jismoniy tarbiya qo\'l to\'pi, Power Point Animatsion Effektlar, O’mir q wipsizligi p ninen o’zbetinshe jum slar temalar mazmun , 1-masala, 4-maruza, 070-22 guruhi talabasi Imomqulov A Fizika, Mavzu Korporativ moliyaviy xatarlarni boshqarish, 1-mavzu- “Iqtisodiyot nazariyasi” faniga kirish. “Iqtisodiyot na, Ma’ruza. Sinxron mashinalarning tuzilishi va ishlash tarzi. Sinx, ariza, BOZOROVA MADINABONU BOBOMURODOVNA, Dilmurodova

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    KIBERXAVFSIZLIK FAKULTETI
    1-KURS 070-22 SAXO` GURUHI
    TALABASI IMOMQULOV AKMALNING FIZIKA FANIDAN



    Mavzu: Yorug’likning qaytishda va sinishda qutblanishi.
    Bajardi 070-22 guruhi: Imomqulov A. A
    Qabul qildi: Abdullayeva. Sh
    Toshkent – 2023 yil
    Mavzu: Yorug’likning qaytishda va sinishda qutblanishi.
    REJA:
    1.Kirish
    2.Yorug`likning qutblanishi
    3. Yorug’likning qaytishda va sinishda qutblanishi
    4. Brewster qonuni (Bryuster qonuni)
    5.Xulosa

    Kirish. Fizika fanida yorug'likning fazoda tarqalishi, moddalar bilan ta'sirlashishi, qo'llanishi va tabiati haqidagi bo'limi optika deyiladi. Optika ham fizikaning boshqa bo'limlari kabi uning qadimdan rivojlangan bo'limidir. Chunki inson dunyoga kelgach, birinchi navbatda yorug'likka duch kelib, atrofidagi buyumlarni yorug'lik nurlari orqali ko'radi. Shuning uchun ham xalqimiz insonning dunyoga kelishini «yorug' olamga keldi» deb gapiradi. Insonning yashashi uchun nimaga ehtiyoj katta bo'lsa, o'sha narsa haqidagi fan tez rivojlanadi. Yorug'lik ham kishining normal yashashi uchun o'ta zarur bo'lgandan, inson optik hodisalar bilan qadimdan qiziqib kelgan.
    Xususan, hozir hammamizga yaxshi tanish bo'lgan yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonuni eramizdan 5 ming yil avval ma'lum bo'lgan. Bu qonundan misrliklar qurilish ishlarida foydalanishgan. Shuning uchun ham inson yorug'likning tabiati haqidagi fikrlar bilan qadim zamonlardan buyon qiziqib kelgan.

    2.Yorug`likning qutblanishi Yorug’likning elektromagnit nazariyasiga ko’ra Yorug’lik to’lqinlari ko’ndalang to’lqinlardir. SHu sababli Yorug’lik to’lqinining elektr va magnit vektorlari nur yo’nalishiga nisbatan har xil orientatsiyada bo’lishi mumkin. Optikada bunday Yorug’likni tabiiy Yorug’lik deyiladi. Lekin Yorug’lik to’lqinida tebranishlar yo’nalishi biror tarzda tartiblangan bo’lishi ham mumkin. Bunday Yorug’likni qutblangan Yorug’lik deyiladi. Agar Yorug’lik vektorining tebranishlari faqat bitta tekislikda yuz berayotgan bo’lsa, bunday Yorug’likni yassi Yorug’lik deb ataladi. Bunda vektor tebranadigan tekislikni tebranish tekisligi deyiladi. Unga tik bo’lgan vektor tebranadigan tekislikka qutblanish tekisligi deyiladi. YAssi qutblangan Yorug’likni tabiiy Yorug’likdan qutblagich yoki polyarizatorlar deb ataluvchi asboblar yordamida hosil kilinadi. Qutblagichga, ya’ni polyarizatorga misol qilib maxsus qirqilgan turmalin kristalini ko’rsatish mumkin. Hosil kilingan qutblangan Yorug’likni analizatorlar deb ataluvchi asboblar yordamida tekshiriladi.



    3.Yorugʻlikning qutblanishi atamasini fanga I. Nyuton kiritgan, uning tabiatini J. K. Maksvell yorugʻlikning elektromagnit nazariyasida tushuntirib bergan. Fransuz fizigi E. Malyus Island shpati parchasi opkali Parijdagi Lyuksemburg saroyining botayotgan quyosh nurlaridan yaltirab turgan oynalarini kuzatib, kristallning maʼlum vaziyatda faqat bittagina tasvir koʻrinishini ajablanib payqadi. Shu va boshqa tajribalar asosida hamda I. Nyutonning yorugʻlikning korpuskulyar nazariyasiga tayanib, E. Malyus Quyosh yorugʻligida tartibsiz yoʻnalgan korpuskula (zarra) lar biror sirtdan qaytgandan yoki anizotrop kristalldan oʻtgandan keyin maʼlum yoʻnalishga ega boʻlib qoladi, deb faraz qildi. Bunday "tartiblangan" yorugʻlikni u qutbl angan yorugʻlik deb atadi. Yorugʻlik manbalaridan chiqqan yorugʻlik toʻlqinlari tartibsiz tarqaladi, yaʼni toʻlqinlar turli tekisliklarda tebranadi. Bunday toʻlqinli yorugʻlik tabiiy yorugʻlik deb ataladi. Tabiiy yorugʻlikdan qutblangan yorugʻlik hosil qilish uchun qutblash asbobi (polyarizator)dan foydalaniladi.
    Yorug’likning qaytishda va sinishda qutblanishi. Bryuster qonuni. Agar yorug’lik nurining ikkita dielektrikni ajratib turuvchi chegaraga (masalan, shisha plastinka sirtiga) tushish burchagi nolga teng bo’lmasa, qaytgan va singan nurlar qisman qutblangan bo’ladi. Qaytgan nurda tushish tekisligiga perpendikulyar tebranishlar ko’proq bo’ladi (nuqtalar), singan nurda esa tushish tekisligiga parallel tebranishlar ko’proq bo’ladi (ikki tomonida strelka). Yorug’likning tushish burchagining tangensi dielektrikning absolyut sindirish ko’rsatkichiga teng bo’lsa qaytgan nur to’liq qutblanadi

    4.Brewster qonuni (Bryuster qonuni) — dielektrikning sindirish koʻrsatkichi n bilan tabiiy (qutblanmagan) yorugʻlikning uning sirtiga tushish burchagi a orasidagi bogʻlanishni ifodalovchi munosabat. Tushish burchagi Brewster burchagi (Bryuster burchagi) deb ataladi va tg(a)=n sharti bajarilganda dielektrik sirtdan qaytgan yorugʻlik faqat tushish tekisligiga perpendikulyar tekislikda qutblangan boʻladi. Bryuster qonuni. Agar yorug’lik nurining ikkita dielektrikni ajratib turuvchi chegaraga (masalan, shisha plastinka sirtiga) tushish burchagi nolga teng bo’lmasa, qaytgan va singan nurlar qisman qutblangan bo’ladi. Qaytgan nurda tushish tekisligiga perpendikulyar tebranishlar ko’proq bo’ladi (nuqtalar), singan nurda esa tushish tekisligiga parallel tebranishlar ko’proq bo’ladi (ikki tomonida strelka). Yorug’likning tushish burchagining tangensi dielektrikning absolyut sindirish ko’rsatkichiga teng bo’lsa qaytgan nur to’liq qutblanadi. Havoda sinish qonuni (g sinish burchagi) boʻlgani uchun Brewster qonunidan cos(n)=sin(g), yoki f+g=90°. Demak, singan va qaytgan nurlar orasidagi burchak 90° boʻladi. Brewster (Bryuster) qonunidan qutblangan yorugʻlik hosil qilishda, moddaning sindirish koʻrsatkichini aniqlashda foydalaniladi. Brewster(Bryuster) qonuni 1815-yilda shotlandiyalik fizik Sir David Brewster tomonidan topilgan.




    Xulosa. Yorug'likning asosiy xossalarini elektromagnit to'lqindagi elektr maydon
    kuchlanganligi vektori hosil qilganligi uchun, elektr maydon kuchlanganligi vektori tabiiy yorug'likda tartibsiz ravishda har xil tekisliklarda tebranadi. Chunki manbadan chiqayotgan yorug'lik to'lqini uning juda ko'p atomlari chiqarayotgan yorug'lik to'lqinlarining yig'indisidan iborat bo'ladi.
    Yorugʻlikning qutblanishi - yorugʻlik toʻlqinlari elektr yorug’lik va magnit N maydoni kuchlanganliklari vektorlarining yorugʻlik nuriga tik tekislikda tartibli joylashuvi. Yorugʻlikning qutblanishi atamasini fanga I. Nyuton kiritgan, uning tabiatini J. K. Maksvell yorugʻlikning elektromagnit nazariyasida tushuntirib bergan.
    Fizik xususiyatlari yo’nalishlariga bog’liq bo’lmaagan muhit izotrop muhit, aksincha yo’nalishlarga bog’liq bo’lmagan muhit izotop muhit deb, aksincha yo’nalishlarga bog’liq bo’lgan muhit anizatrop muhit deb ataladi. Izotrop muhitda (masala, shisha plastinkada) yorug’likning sinishi Snellus qonuni deb ataluvchi sinish qonuniga bo’ysunadi, ya’ni singan nur, tushuvchi nur va tushish nuqtasiga perpendikular bir tekislikda yotadi. Tushish burchagi sinusining sinish burchagi nisbati ikkala muhit uchun o’zgarmas kattalik. Bu nisbat shu muhitning sindirish ko’rsatgichiga teng.


    Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
    Axmadjonov.O.I Fizika kursi. O’qituvchi 1988.
    Bo’ribayev I, Karimov R. Optika. T ., 2004.
    Abduraxmonov.Q.P., Egamov.O’., Fizika 2-qism. Toshkent 2008.
    O.Qodirov.”Fizika kursi” (o’quv qo’llanma) Fan va ta‟lim 2005.
    Frish S., Timoryeva A. Umumiy fizika kursi. T-3., T., 1976.
    Quyliyev V.T “Optika” “Fan va texnologiya” Toshkent 2014.
    Tuxvatullin F.X, Jumaboyev A, Jayzulayev Sh, Tashkenbayev U, Murodov G’ Optika 1-qism. 2004.
    A. No'monxo'jayev, A. Husanov, L. Xudoyberdiyev, J. O'sarov, A. Yunusov “Fizika”. O’qituvchi 2004.


    Download 78.86 Kb.




    Download 78.86 Kb.