• Tayanch iboralar
  • 4- ma'ruza. Intelektual mulkka bo’lgan egalik huquqlari himoyasi




    Download 26.96 Kb.
    bet1/3
    Sana15.03.2023
    Hajmi26.96 Kb.
    #45503
      1   2   3
    Bog'liq
    4-maruza
    axborotlashgan, 7.2-Мавзу, jismoniy tarbiya qo\'l to\'pi, Power Point Animatsion Effektlar, O’mir q wipsizligi p ninen o’zbetinshe jum slar temalar mazmun , 1-masala, 070-22 guruhi talabasi Imomqulov A Fizika, 070-22 guruhi talabasi Imomqulov A, Mavzu Korporativ moliyaviy xatarlarni boshqarish, 1-mavzu- “Iqtisodiyot nazariyasi” faniga kirish. “Iqtisodiyot na, Ma’ruza. Sinxron mashinalarning tuzilishi va ishlash tarzi. Sinx, ariza, BOZOROVA MADINABONU BOBOMURODOVNA, Dilmurodova

    4- Ma'ruza.
    Intelektual mulkka bo’lgan egalik huquqlari himoyasi. Intelektual mulk tushunchasi. Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risidagi qonunning mohiyati. Kompyuter dasturlariga mualliflik huquqlari. Xizmat faoliyatida yaratilgan asarlarga nisbatan mualliflik huquqi qoidalari. Intelektual mulkka bo’lgan huquqlar buzilganda qayta tiklash qoidalari. Kompyuter dasturlarini ruyxatga olish. Dasturiy ta’minotga bo’lgan mualliflik huquqlarini himoya qilishning umumjahon konventsiyasi va uning asosiy qoidalari.


    Reja:
    1. Intelektual mulk tushunchasi
    2. Ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi
    3. Kompyuter dasturlariga mualliflik huquqlari


    Tayanch iboralar: Intelektual mulk, ma’lumotlar bazasi, mualliflik huquqi, dasturlarni ro`yxatga olish.

    Intellektual mulk - ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik obʼyekti huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, sanʼat va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik sanʼati, jumladan ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, maʼlumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk obʼyektlariga kiradi. Hozirgi davrda intellektual mulkni muhofaza qilish muhim vazifa hisoblanadi.


    Oʻzbekiston Respublikasi 1991-yil dekabrda Jahon intellektual mulk tashkilotiga aʼzo boʻldi, 1993-yildan sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasiga qoʻshildi.
    O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (164−modda) mulk huquqini shaxsning o‘ziga qarashli bo‘lgan mol−mulkka o‘z hohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqi sifatida belgilaydi. Intellektual mulk obyektlari shaxsning mulki bo‘lishi mumkin (O‘zR FK 169−moddasi). Quyidagilar ularga taalluqlidir:
    1) intellektual faoliyat natijalari: ilmiy, adabiy va san’at asarlari;
    eshittirish tashkilotlarining ijrolari, fonogrammalari va eshittirishlari;
    elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari;
    ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari;
    seleksiya yutuqlari;
    oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau);
    2) fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar:
    firma nomlari;
    tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari); tovar kelib chiqqan joy nomlari;
    3) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar»(O‘zR Fuqarolik kodeksining 1031−moddasi).
    Tarixan intellektual mulk ikki asosiy toifani ichiga oladi. Bular mualliflik huquqi va sanoat mulki.
    Intellektual mulk iqtisodiyot rivojlanishining tarkibiy qismlaridan biridir. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning deyarli barchasida intellektual mulk rivojiga katta e'tibor qaratilgani sababli, ularning investitsiyaviy jozibadorligi yaxshilangan, intellektual mulkning ichki yalpi mahsulotdagi ulushi keskin ortgan. Misol uchun, intellektual mulk Evropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada esa 7 foizni tashkil etadi.
    Bugungi texnologik taraqqiyotda intellektual mulk har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda, davlatning global iqtisodiyotdagi raqobatbardoshligini belgilab bermoqda. SHundan kelib chiqqan holda, intellektual mulkning iqtisodiyotga keltiradigan foydasini quyidagi misol orqali ko'rish mumkin. 2019 yil AQSHda umurtqa mushak atrofiyasini davolash uchun yangi dori vositasi ishlab chiqilgan bo'lib, uning patent narxi 2 million AQSH dollaridan oshadi, bu dunyodagi eng qimmat dori hisoblanadi.
    Bugungi kunda O'zbekistonda ham intellektual mulkni rivojlantirish va uni huquqiy himoya qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Intellektual mulk agentligi 2019 yilda Adliya vazirligi tizimiga o'tkazilgani natijasida ushbu sohani takomillashtirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Adliya vazirligi tashabbusi bilan intellektual mulk sohasini rivojlantirish maqsadida tizimli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
    Jumladan, ushbu sohaga korruptsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari joriy etildi. Agentlik amaliy tajribaga ega bo'lgan kadrlar bilan to'ldirildi va ularni moddiy rag'batlantirish choralari kuchaytirildi. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish jarayoniga ilk marotaba 200 dan ortiq hududiy adliya organi jalb qilindi. Shuningdek, ochiqlik va shaffoflik printsipini ta'minlash maqsadida intellektual mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazishda talabnomalarni qabul qilish jarayoni to'liq elektron shaklga o'tkazildi.
    Bundan tashqari,intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasini yanada kuchaytirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan takliflarga asosan, intellektual mulk sohasida sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklarga belgilangan ma'muriy jarimalar miqdori 3-4 baravar oshirildi.
    Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish hamda ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga bo'lgan huquqlarning buzilishi yuzasidan yangi normalar kiritildi.
    Adliya vazirligi tomonidan qisqa muddat ichida qilingan ushbu ishlar intellektual mulk sohasini har tomonlama rivojlantirish va ob'ektlarining ishonchli huquqiy himoya qilishga xizmat qilmoqda.
    Albatta, bu ijobiy ishlar bilan bir qatorda intellektual mulk sohasida ayrim muammo va kamchiliklar hanuzgacha saqlanib kelmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan o'tkazilgan yig'ilish davomida bu borada bir qator ustuvor vazifalar belgilab berildi. Xususan, Intellektual mulk agentligi, barcha tarmoq va sohalar hamda hududlarga intellektual mulk muhitini tubdan yaxshilash, bunda har bir idora, tarmoq va sohaga intellektual mulk ob'ektlarini kiritish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish, barcha vazirlik va idoralar, oliy o'quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va hududlar bilan birga, keng muhokamalar asosida intellektual mulk sohasini rivojlantirishning aniq vazifalarini qamrab olgan uch yillik dasturni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
    Jahon intellektual mulk tashkiloti mutaxassislari ko'magida intellektual mulk ob'ektlarini baholovchilar tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari va selektsiya yutuqlarining “elektron yarmarkasi”ni tashkil etish lozimligi ta'kidlandi. Patent egalarini tadbirkorlar bilan bog'lab berish, tadbirkorlarning mahsulotlarini “brend”ga aylantirish dasturi va “elektron maydonchasi”ni ishlab chiqish, har bir hududda yiliga kamida 4 marta brendlar yarmarkasi, ko'rgazmalarni o'tkazishni amaliyotga joriy etishga e'tibor qaratildi.
    Intellektual mulk ob'ektlari yaratuvchilariga xarajatlarni qoplash, patent egalarini mukofotlash kabi imtiyozlar tizimini joriy etish, “Sanoat mulki ob'ektlari platformasi”ni yaratish, tadbirkorlarni intellektual mulkni yaratish va himoya qilish asoslariga o'qitish bo'yicha muntazam faoliyat yuritadigan qo'shma dasturni yo'lga qo'yish kabi muhim vazifalar belgilab berildi.
    Adliya vazirligi bu yo'nalishda kelgusida bir qator ishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Jumladan, Jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda buyuk britaniyalik mutaxassislarni jalb etgan holda, “O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulkni rivojlantirish sohasidagi milliy strategiyasi”ni ishlab chiqish ko'zda tutilgan. Intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning korporativ mas'uliyatini belgilash, xalqaro tajribani inobatga olgan holda, intellektual mulk ob'ektlarini ro'yxatdan o'tkazishda tezkor ekspertiza tartibini kiritish, intellektual mulk sohasidagi huquqiy himoyani yanada kuchaytirish maqsadida Intellektual mulk kodeksini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
    Barcha chora-tadbirlar intellektual mulk sohasini yanada takomillashtirish, shu jumladan, tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan zurur shart-sharoitlarni yaratish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini ta'minlash va, albatta, investitsiyaviy jozibadorlikni yuksaltirish orqali mamlakatimizning xalqaro maydondagi imijini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

    Download 26.96 Kb.
      1   2   3




    Download 26.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4- ma'ruza. Intelektual mulkka bo’lgan egalik huquqlari himoyasi

    Download 26.96 Kb.