Mavzu: Korporativ moliyaviy xatarlarni boshqarish




Download 24.71 Kb.
bet1/2
Sana03.06.2023
Hajmi24.71 Kb.
#69411
  1   2
Bog'liq
Mavzu Korporativ moliyaviy xatarlarni boshqarish
axborotlashgan, 7.2-Мавзу, jismoniy tarbiya qo\'l to\'pi, Power Point Animatsion Effektlar, O’mir q wipsizligi p ninen o’zbetinshe jum slar temalar mazmun , 1-masala, 4-maruza, 070-22 guruhi talabasi Imomqulov A Fizika, 070-22 guruhi talabasi Imomqulov A, 1-mavzu- “Iqtisodiyot nazariyasi” faniga kirish. “Iqtisodiyot na, Ma’ruza. Sinxron mashinalarning tuzilishi va ishlash tarzi. Sinx, ariza, BOZOROVA MADINABONU BOBOMURODOVNA, Dilmurodova

Mavzu: Korporativ moliyaviy xatarlarni boshqarish

REJA:

1,Integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar
2.Korporativ tizimlarni rivojlantirishning obyektiv zaruriyatlari.
3. Korporativ tizimlaming mohiyati.
4. Korporativ tizimlarni shakllantirish tamoyillari.

Texnologik tizim — mazkur davrda boshqarish muammosi dolzarb bo‘lgan korporatsiyalar birlashmasi. Texnologik tizimda korporatsiyalar huquqiy jihatdan mustaqil bo‘lganligi sababli, o‘zaro munosabat sifatini miqdoriy baholash zarurati paydo bo‘ldi. Texnologik tizim uchun qo‘shma faoliyatni tadqiqot qilish yagona texnologik jarayonda ishtirok etish va etmaslik dilemmasini hal etish va qo‘shma faoliyatdan tushgan foydani adolatli taqsimlash uchun zarur. Agar texnologik tizimda boshqarish vazifasi yuklatilgan — boshqaruv korporatsiya mavjud bo‘lsa unda ushbu korporatsiya barcha boshqaruv jarayonini amalga oshirishi zarur. Hamda boshqaruvchi korporatsiyaga texnologik jarayon doirasida moliyalarni boshqarish majburiyati topshirilgan, shuning uchun boshqaruvchi kompaniya texnologik tizimda boshqaruv kompaniyasi rolini o‘ynaydi. Shunday qilib, boshqaruv kompaniya uchun korporatsiyalar birlashish shakliga bog‘liq bo‘lmagan holda guruh ichida korporatsiyalar o‘zaro aloqasi to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotga ega bo'lish muhim. Bunday hollarda korporativ boshqarish xususiyatlari shundaki boshqarish obyekti bu yagona texnologik jarayonda birlashgan operatsiyalar uyg‘unligini bajarishda o‘zaro munosabatda bo‘lgan bir biriga tobe bo‘lmagan korporatsiyalarning birligidir (4.1. chizma). 31 Boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun boshqaruv kompaniya bo‘ysungan korporatsiyalar bilan ular tomonidan taqdim etiladigan har bir korporatsiya faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlaming ro‘yxati va hajmini aniqlashi va kelishishi zarur. 4.1-chizma. Texnologik tizim aloqalar chizmasi. Shartli beigilar: KM — korporatsiya faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot; TT — texnologik tizimga tashqi ta’sirlar. Rejalashtirish *----------------------------------------------------------- '------- ------ ► Tashkil etish Reja va boshqa boshqaruv ta’sirlarini amalga oshirish Reja va boshqa boshqaruv ta’sirlarini amalga oshirish * Korxona Korxona 1 * 2 — boshqaruvkompaniya * Korxona n KM * * t t TT t TT TT * fiag‘batlantirish Nazorat qilish 4.2-chizma. Mikrodarajada boshqarish jarayoni 32 Ro'yxatda korporatsiya dagi vaziyat to‘g‘risidagi to'liq va ishonchli ta’rif olish uchun etarlicha ma’lumot miqdori va ushbu ma’lumol bir vaqtning o'zida qisqa bo£lishi kerak. Korporatsiyalar guruhini boshqarish qiyinchiligi shundaki barcha korporatsiyalar faoliyatini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan ma’luniot ko‘pincha xilma-xil hamda ma’lum bir vaqtda barcha korporatsiyalar faoliyati to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish imkoniyati yo‘q. Texnologik tizimda ma’lum korporatsiya rahbari loyiha rahbariga ma’muriy tartibda bo‘ysunmaydi, shuning uchun loyiha rahbari korporatsiya rahbari o‘z ta’sirini ko'rsatishining boshqa vositalariga ega bo‘lishi kerak. Bunday vositalaming biri loyiha foydasini korporatsiya-ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash bo‘lishi mumkin1. Yana bir vosita bu korporatsiya Nizomida aytib o‘tilgan ma’lum vakolatlami loyihaga berishdir. Bunday texnologik tizim o‘zi tuzilmasi bilan korporativ tuzilmaga yaqin (4.2.-chizma). Guruh rahbari korporatsiya siyosatini umuman belgilaydi, korporatsiya rahbarlari esa korporatsiya siyosati va manfaatlariga muvofiq o‘z korporatsiyasi faoliyatining iqtisodiy strategiyasini belgilashadi. Korporatsiya o‘z navbatida davlat oldida yagona yuridik shaxs sifatida namoyon bo'ladi, masalan soliq to'lovchi. Har bir korporatsiya faoliyat yuritishining aniq maqsadlariga egaligi sababli uni boshqarish ham aniq maqsadlarga muvofiq olib borilishi shart. Texnologik tizimni shakllantirish uchun kutilayotgan yakuniy natijani tasawur qilish va ushbu natijaga erishish maqsadida ma’lum bir mexanizmlarga ega bo‘lish kerak. Shuning uchun tashkil etilayotgan texnologik tizim faoliyatining maqsadlarini shakllantirish zarurati paydo bo'ladi. Buning uchun boshqaruv kompaniyada texnologik tizimni tuzishga qaratilgan masalani qo'yish algoritmi mavjud bo'lishi kerak. Texnologik tizimni tuzishga qaratilgan masalani qo‘yish algoritmi — bu ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish uchun korporatsiya rahbariyati tomonidan bajarilishi zarur bo‘lgan harakatlar ketma-ketligi. Bu bizning nuqtai nazarimiz bo‘yicha quyidagilardan iborat: — maqsadlarni aniqlash (strategiyani aniqlash); — texnologiyani o'rganish; 'Бандурин A .B ., Есиповский Н .Э ., Зуб о в Д .Л . Проблемы инвестирования предприятий финансово-промышленных групп. — М.: ВИА, 2001, 83 с. 3 - T-3J-1X 33 — bajaruvchi-korporatsiyalarni tanlash; — loyihani amalga oshirish chizmasini qurish; — moliyalashtirish manbasini tanlash; — loyiha rahbarini tanlash; — natijalami nazorat qilish. Texnologik tizimni tuzishga qaratilgan masalani qo‘yish algoritmi bu texnologik tizimning keyinchalik harakati uchun dasturiy bo‘lgan dastlabki hujjatdir. Texnologik jarayonda har doim ijobiy va salbiy natijalar mavjud bo‘ladi. Ijobiy natijalarga tovar va xizmatlar sifati, foyda, aholining bandligi kiradi. Ehtimol qilinadigan salbiy natijalar esa — nuqsonlar, yo‘qotishlar, ishsizlik. Ushbu salbiy natijalar texnologik tizim uchun ijobiy ahamiyatga ega bo'lishi, ammo jamiyat uchun salbiy ta’sir etishi mumkin. Deyarli barcha boshqaruv qarorlari, hatto ijobiy tavsifga egalari ham, ma’lum salbiy natijalarga ega. Aniq bir tashkilotda samaradorlikni oshirish, masalan, ushbu tashkilot yoki turdosh sohada ishchilar o'mini qisqartirishga olib kelishi mumkin. Samaradorlikni qiyosiy baholashda rahbarlar haqiqiy samaradorlikni aniqlash uchun salbiy natijalar bilan bog'liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni hisobga olishlari kerak. Samaradorlik mezoni bo‘yicha boshqarish — boshqarish jarayonini amalga oshirishning va boshqaruv ta’sirini shakllantirishning shunday olib borilishiki, bunda mezonda ta’riflangan vaziyatda texnologik tizim faoliyatida maqbul daromad olish uchun xarajatlaming maqbul siyosatini shakllantirishdir. Texnologik tizimni tashkil etish jarayoni menejmentning ajralmas qismini tashkil etadi. Bizning fikrimizcha, u quyidagilardan iborat bo‘lishi tavsiya etiladi: — tashkiliy tuzilmani kelishish; — samaradorlik rejasini kelishish; — sarmoyadorlarni qidirish; — tizim bo‘yicha boshqaruvchini tayinlash; — pul mablag‘larini ohsh va faoliyat yuritishni boshlash. 4.3 Korporativ tuzilmalar rivojlanishini boshqarishni tashkil etishga tizimli yondoshuv Tashkiliy tuzilma turlaridan bin hozirgi kunda yirik g‘arb kompaniyalarida keng tarqalgan gorizontal korporatsiya turidir. 34 Gorizontal integratsiya bo‘yicha qurilgan korporatsiya tuzilmasi 4.3-chizmada taqdim etilgan. Ishlab chiqarish maqsadlari daromadlik vazifalari va aksiyadorlar manfaatlarini ko‘zda tutish bilan birga mijozlar talablarini qondirishga yo‘naltirilgan bolishlari kerak. Xodimlarni shaxsiy ishlab chiqarish uchun mukofotlash emas balki har xil yo‘nalishlarda malakasini oshirganligi va jamoa samaradorligi uchun mukofotlash zarur. Texnologik tizim ishlashi paytida uning faoliyat samaradorligi pasayishi mumkin. Ushbu samaradorlik pasayishi texnologik tizimning bitta yoki bir nechta ishtirokchi-korporatsiyalar faoliyati hamda tashqi ta’sirlar orqali bo'lishi mumkin. 4.3-chizma. Gorizontal integratsiya tamoyili bo‘yicha qurilgan korporatsiyaning tuzilmasi. Texnologik jarayonda muammoli joyni topish uchun quyidagi algoritmni qo‘llash zarur: 1.Muammoli joyni aniqlash jarayonini amalga oshirish. 2. Agar muammoli joy aniqlanmasa, faoliyat samaradorligi pasayishi texnologik tizim faoliyatiga bog‘liq bo'lmagan sabablarga ko‘ra sodir etilgan degan xulosa qilinadi. 35 Muammoli joyni aniqlash jarayonini ta’riflashda bir nechta tushuncha va iboralami kiritish lozim. Keyichalik muammoli joy tushunchasida faoliyati samaradorlikni pasaytiruvchi кофогеЛууа yoki bir nechta ishtirokchi-koфoratsiyalar tushuniladi. Keyingi hisob-kitoblar uchun korporatsiyalar o‘zaro aloqasi ko‘rsatkichini kiritamiz, uning formulasi quyidagi ko‘rinishga ega tavsiya etiladi:
Germaniya an’anasining xususiyatlari banklar va sanoatning yaqin aloqalaridir. Aksiyadorlik, moliyaviy va ish aloqalari asosida sanoat konsernlarining moliyaviy muassasalar bilan birgalikda gorizontal korporativ sanoat-moliyaviv birlashmalariga tarmoqlararo integratsiyasi amalga oshirilmoqda. Banklar nafaqat sarmoya loyihalarini moliyalashtirish, balki, korporatsiyalarni boshqarishda ham ishtirok etishayaptilar. Shuning uchun Germaniyada moliyaviy sanoat guruhlarini tuzish markazlari, odatdagidek, kredit hisob-kitob faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan keng xizmatlar to‘plain iga ega universal kredit-moliyaviy majmualar — yirik banklardir. Bu awalo: 1Ц вет ков В.А. Финансово-промышленные группы в современном мире // Промышленная политика в РФ , 2000, № 6, с. 36—47. 48 — bozorlarni tahlil qilish va bashoratlash, texnik yechimlar va yangiliklar to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish, mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash maqsadida har xil maslahat xizmatlarini ko‘rsatish. Bank shuningdek moliyaviy rejalashtirishni amalga oshiradi, korporatsiyani boshqarishni tashkil etish masalalarini hal etadi; — sug‘urta ishiga kirish va bank mijozlariga depozit operatsiyalarining omonatchini sug'urta himoyasi bilan birgalikda aralashma xizmatlarini ko'rsatish; — korporatsiya tarkibidagi korporatsiyalar horijiy sarmoyadorlarini ta’minlashda faol rol o‘ynaydi, mahalliy eksportchilami kreditlashtirishda, horijda mablag‘larni qo‘yish va to‘g'ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish aloqalarida ishtirok etish. Sanoat konsernlarining ishlab chiqarish faoliyati, asosan, yuqori texnologiyalar qo‘llash asosida yirik va ommaviy ishlab chiqarish rivojlangan (awalo bu qora va rangli metaliurgiya, po‘lat quyuv, kimyo va elektrotexnika sanoati, avtomobilsozlik va mashinasozlik sohalari) iqtisodiyotning bitta ma’lum sohasini qamrab oladi. Germaniya moliyaviy-sanoat guruhlarini tahlil qilish borasida quyidagi hulosalami qilish mumkin: 1. Germaniya moliyaviy-sanoat guruhlari «buzilmas konstruksiyalar» emas, balki egiluvchan tuzilmalardir va ularning bu xususiyatlari banklar tomonidan ta’minlanadi. Aynan shularning ta’sirida ayrim кофога- tsiyalami yutib yuborish yoki qo‘shish sodir etiladi. 2. Germaniya iqtisodiyotida guruh nazorati tizimida banklarning sanoat, savdo va sug‘urta kompaniyalar bilan shaxsiy birlashmalari katta ahamiyatga ega. Shuning uchun Germaniya moliyaviy sanoat guruhlarini muvofiqlashtirish bir nechta mexanizmlar yordamida: bir vaqtda turli kompaniya va firmalar boshqaruvi a’zolari bo‘lgan mansabli shaxslaming nisbatan kichik doirasi mavjudligi hamda guruh tarkibiga kiruvchi moliyaviy-kredit muassasalarining boshqarish roli bilan ta’minlanadi. Shuningdek, guruh ichidagi integratsiyaga kapitalda o‘zaro ishtiroq etish ham hizmat qiladi. Shunday qilib, korporativ boshqaruvning ifodalangan tarkiblari birbirini inkor etmaydi. Dunyoning yetakchi mamiakatlarida ularning birgalikda mavjudligi shuni tasdiqlaydiki, biron-bir model, birinchidan, boshqa modelga nisbatan yaqqol ustunlikka ega emas, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotlar uchun umumiy ham hisoblanmaydi. Bundan tashqari, o'tish davri iqtisodiy tizimlari sohasining yetakchi mutaxassislari кофога^у boshqaruvning turli modellari ayrim tarkibiy qismlarini 4 - T-31-11 49 uyg‘unlashtirish mumkinligiga ishora qiladi. Bu holatda korporativ boshqaruvning u yoki bu vositasini joriy qilishning iqtisodiy o‘sishga erishishga ta’sir ko‘rsatish darajasi mezon bo‘lib xizmat qiladi. Korporativ tuzilmalar rivojlanishining hozirgi qonuniyatlari quyidagilardan iborat: — kapitalning markazlashuvi (birlashish, strategik birlashmalar tuzish); — faoliyatning globallashuvi (eng nufuzli xorijiy bozorlarda sho‘ba bo‘linmalar tuzish, tovar va xizmatlami tarqatish); — kapitalning baynalminallashuvi (transmilliy kompaniyalarning o‘sishi, qaysi mamlakatdan kelib chiqqanidan qat’iy nazar arzonroq investitsiyalarni jalb etish); — sanoat va moliya kapitali integratsiyasi; — faoUyat shakllari va yo‘nalishlari diversifikatsiyasi; — aloqani ta’minlash, boshqaruv va hisob-kitob-to‘lov vositalarining yangi turlarini hamda muhitini yaratish uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish; — milliy bozorlami (kapital, tovar, xizmatlar, mehnat) tartibga solish bo‘yicha xalqaro standartlar talablarini inobatga olish. Tayanch iboralar. Yagona texnologik zanjir, vertikal integratsiyalashuv, «yapon-german modeli», «anglo-amerika modeli», Angliya-Amerika, Germaniya va Yaponiya modellari, «portfelli sarmoyador», syudan lirmalari, «turdoshlami birlashtirish» formulasi, kapitalning markazlashuvi, faoliyatning globallashuvi. Xulosa. • Anglo-amerika talqinida mulkdor kompaniya huquqlarining yagona egasidir. Ushbu mamlakatlarda korporativ munosabatlar ishtirokchilari mulkdorlar, menejerlar va direktorlar kengashidir. Kompaniya ishiga davlatning aralashishi chegaralangan. • Tarixan angliyalik va amerikalik kompaniya sarmoya kapitallarini fond bozorlari orqali jalb etadilar. • Yevropaeha model, aksincha, kompaniya mulkdorlari huquqlarini cheklab, jamiyat va davlat manfaatlarini mulkdorlar manfaatlaridan ustun qo‘yyadi hamda korporativ munosabatlarga kuzatuvchilaming har xil guruhlarini jalb etadi, masalan, banklar, mehnat jamoalari, kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlan. • Har bir model asosiy tamoyillarga muvofiq ziddiyatlami bartaraf etish yolin i belgilaydi va korporatsiyalarni boshqarish va jamiyat tomonidan korporativ munosabatlami umumiy boshqarish mexanizmlaridan iborat. 50 • Syudanlar ichida raqobatbardoshlik tamoyili emas, balki maqsadli tashkil etilayotgan ichki ixtisoslik (firmalar faoliyati sohasi tutashmasligl kerak) amal qiladi. • Korporatsiyaning (syudan) majburiy a’zolaridan biri savdo firmasidir. • O'z savdo va axborot tizimlari bo'yicha savdo firmalari jahonda yiriklaridan biridir va korporatsiyada muhim rol o‘ynaydi. • Bugungi kunda AQSHda korporatsiyalarning ikkita asosiy turi tarqalgan. Birinchi holatda guruhning birlashtiruvchi yadrosi sifatida bank xoldingi bo‘lsa, ikkinchida — ishlab chiqarish-texnologik tizimi.
Amaliyotda korporativ boshqaruv toifalarini uning mohiyati nuqtai nazaridan ham, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimidagi aniq o‘mi va roli nuqtai nazaridan ham kengaytirib talqin qilish ommaviylashgan. Bu holatda muayyan ko‘p qatlamli, ko‘p funksionalli hodisa mavjud bo‘lib, uni birgina «korporativ boshqaruv» atamasi bilangina ta’riflash mumkin emas. Shu sababli korporativ boshqaruv tushunchasining talqin qilinishiga e’tibor qaratish lozim. Bizningcha, u keng ma’noda korporativ huquqni belgilab olish bilan yaqin bo‘lishi zarur va korporativ boshqaruv obyektini kengaytirish qismi to‘ldirilishi lozim: xo‘jalik yurituvchi jamiyatni boshqarishni oqilonalashtirish a’zo bo'lmagan tashkilotlardan (masalan, ba’zi hollarda ma’lum bir funksiyalarni avtonom notijorat tashkilot maqomiga ega bo'lgan tuzilmalarga berish maqsadga muvofiq) ham, haq-huquqlilik subyekti bo'lmagan tashkihy tuzilmalardan (filiallar, kelishilgan siyosatni yurgizuvchi yuridik shaxslar guruhlari) ham foydalanishni taqozo qihshi mumkin. Bizning fikrimizcha, umuman iqtisodiyotda shakllanayotgan korporativ boshqaruv va biznes modelining ahamiyati bir qator omillarga, jumladan, quyidagilarga asoslanishi kerak: — korporatsiyada mulk huquqi tizimining maqbul tashkil etilishi tarkibiy qayta tuzish va samaradorlikni oshirish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi; — korporatsiyada tarixan shakllanuvchi mulk taqsimoti, u korporativ boshqaruvning ma’lum bir o'ziga xos milliy modelini va shunga muvofiq davlat tomonidan tartibga solish modeli va muayyan qonunchilik konsepsiyalarini aniqlab beradi; 52 — korporativ boshqaruvning «ochiq» modeli barcha turdagi sarmovadorlar (aksiyadorlar, kreditorlar) huquqlari himoya qilingani uchun bu model eng kam darajada sarmoyalami jalb qilishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi; — korporativ boshqaruv modeli qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishi bilan o‘zaro bog‘liq holda shakllanadi va davlat tomonidan tartibga solinadi; — korporativ boshqaruv modeli bozor iqtisodiyotining muayyan shakllari orqali faoliyat yuritadi va korporatsiyalarni tashkil etish hamda moliyalashtirish va shakllaridagi farqni, sanoat tarmoqlari tuzilmasini, tadbirkorlar va yollanma xodimlar o'rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilab beradi; — korporativ boshqaruv modeli iqtisodiy o‘sishning asosiy institutsional tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Umuman korporativ menejment modeli tashqi qaytuvchan aloqaga ega tashkiliy ochiq tizim ko‘rinishida aks ettirilgan bo'lib, bu modelning obyekti sifatida korporativ tizim strategiyasini rejalashtirish va shakllantirish, uning tashkiliy qurilish jarayonlari ko'rib chiqamiz (6.1- chizma). Shuning uchun korporatsiyalar faoliyatini boshqarish usullari va tamoyillarini o'rganish hamda korporatsiyalarni rivojlantirish strategiyasiga tizimli yondashuvga katta e’tibor qaratish lozim. Tadqiqot ko‘rsatishicha, korporatsiyaning ichki va tashqi muhitini bir-biridan ajratish muhimdir. Agar кофога181уашщ maqsad va vazifalari, tuzilmasi, xodimlari, texnologiyalari ko‘p jihatdan o‘z faohyatiga bog‘liq bo‘Isa, iqtisodiy, ijtimoiy va resurslar salohiyati (ishchi kuchi, tabiat resurslari, hududiy joylashuvi, infratuzilma) кофога181уапйщ tashqi muhitini tashkil qiladi. Korporatsiyalar, firma va kompaniyalar aynan shunday ko‘p omilli muhitda paydo bo‘ladi, rivojlanadi, muvaffaqiyatga erishadi yoki o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Ushbu tamoyillar asosida ishlab chiqarish, neftgaz konlarini qidiruv, boshqaruv, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, axborot tizimlari aniqlab olinadi. Shunday qilib, tashkiliy loyihalashtirish to‘rtta bosqichdan iborat bo‘lishi tavsiya etiladi. Bizningcha, tashkiliy loyihalashtirish quyidagi uslubiy yondashishlarga asoslanishi lozim: — tizimli muhit konsepsiyasi; — boshqarish konsepsiyasi;
Funksional xizmatlar (ishlab chiqarish, ta’minot, texnika, hisobkitob, marketing va boshqalar) rahbarlari ushbu mahsulot bo‘yicha boshqaruvchiga hisobot berishlari lozim. Iste’molchiga moslashtirilgan tashkiliy tuzilmalami tuzishda bo'linmalar iste’molchilarning ma’lum guruhi atrofida mujassamlanadi. Bunday tashkiliy tuziima maqsadi ma’lum iste’molchilar guruhi talablarini, bitta guruhga xizmat ko'rsatuvchi kompaniyadek, to'liq qondirishdan iborat. Agar kompaniya faoliyati har xil strategiyalardan foydalanishni talab etuvchi bir nechta hududlarda tarqalgan bo‘lsa boshqarishning divizional tuzilmasini hududiy tamoyili bo‘yicha shakllantirish maqsadga muvofiqdir, ya’ni, divizional-hududiy tuzilmani qo‘llash zarur. Divizional-hududiy tuziima joylardagi urf-odatlar, qonunchilik xususiyatlari 57 va ijtimoiy-iqtisodiy muhit bilan bog'liq muammolarni hal etishni osonlashtiradi. Xududlarga bo'lish bevosita joylarda bo'linmalar (divizion) boshqaruv xodimlarini tayyorlash uchun sharoitlar yaratadi. Divizional tuzilmalami ko‘rib chiqishning yakunida ularning afzalliklari, kamchiliklari va samaraU foydalanish sharoitlarini ko‘rib chiqamiz. Tuzilmalarning mazkur tunning ustunliklari qatoriga quyidagilami kiritish mumkin: — divizional tuzilmalami qo‘llash kompaniyalarga ma’lum mahsulot, iste’molchi yoki jug'rofiy hududga kichik maxsuslashtirilgan kompaniya qaratadigan e’tiborni berishni ta’minlaydi, buning natijasida tashqi muhitda sodir etilayotgan o‘zgarishlarga tezroq javob berish va o‘zgargan sharoitlarga tezda ko‘nikish mumkin; — boshqarish tuzilmasining ushbu turi kompaniya faoliyatining yakuniy natijalarga (mahsulot ma’lum turini ishlab chiqarish, ma’lum iste’molchi talablarini qondirish, ma’lum hududiy bozomi mahsulotlarga toMdirish) erishishga yo‘naltiradi; — yuqori darajadagi rahbariyat uchun boshqarish murakkabliligini kamaytirish;

— tezkor boshqaruvni strategik boshqaruvdan ajratish, buning natijasida kompaniya yuqori rahbariyati bor e’tiborini strategik rejalashtirish va boshqarishga qaratadi; — foyda olish uchun javobgarlikni divizionlarga yuklatish, tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilishni markazdan chiqarish, bunday tuziima rahbariyatni bozorga yaqinlashtirishga ko‘maklashadi; — kommunikatsiyalarni yaxshilash; — boMinmlar (divizionlar) rahbarlarini fikrlashini kengaytirish, tez o‘zlashtiriish va uddaburonligini rivojlantirish. Shu vaqtning o‘zida ko‘rib chiqilayotgan tashkiliy tuzilmalarning kamchiliklarini ham aytib o‘tish lozim: — boshqarishning divizional tuzilmalari iyerarxiyalik va bolinma, guruh va shu kabi ishini muvofiqlashtirish uchun menejment bosqichlarining oshishiga olib keladi; — bolinma maqsadlarining kompaniya maqsadlariga qarshi qo‘yilishi, ko’p darajali iyerarxiyaning «yuqori» va «pastki» qismlari manfaatlarining har xilligi; — bo‘linmalar o'rtasida mojarolar kelib chiqishining ehtimoli, xususan, markaz tomonidan taqsimlanadigan muhim resurslarning tanqisligi; 58 — bolinxnalar (divizionlar) faoliyatini muvoflqlashtirish pastligi, shtab xizmatlarining tarqoqligi, gorizontal aloqalaming sustligi; — resurslaming samarasiz ishlatilishi, ularning ma’lum bir кофо- ratsiyalarga biriktirilishi oqibatida to‘liq foydalanish imkoniyatlari yo‘qligi; — bolinmalarda vazifalarning takrorlanishi va bunga muvofiq xodimlar sonining ortishi oqibatida boshqaruv apparatini ushlab turish uchun xarajatlaming oshishi; — yuqoridan pastgacha nazorat qilishning qiyinlashgani; — bo'linmalar tarkibida ham ko‘p darajali iyerarxiyaning mavjudligi, va ularda chiziqli-fimksional tuzilmalar kamchiliklarining amal qilishi; — bo‘linmalar mutaxassislarining kasbiy rivojlanishining ehtimol cheklanishi, chunki ularning jamoalari kompaniyalar darajasidagi chiziqli-fimksional tuzilmadagidek katta emas. Shuni ta’kidlash joizki, boshqarishning divizional tuzilmalarini quyidagi sharoitlarda qo'llash samara beradi: — yirik kompaniyalarda, ishlab chiqarish-xo'jalik operatsiyalarning kengayishida; — ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi keng kompaniyalarda; — ishlab chiqarish qattiq diversifikatsiyalashgan kompaniyalarda; — ishlab chiqarish bozor konyunkturasi o‘zgarishlariga kam ta’sirchan va texnologik yangiliklarga bog‘liq boMmagan kompaniyalarda; — kompaniyalaming horijiy bozorlarga keskin chiqishida, ya’ni birdaniga har xil ijtimoiy-iqtisodiy va qonunchilik tizimga ega bir nechta mamlakat bozorida, keng xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi kompaniyalarda. Iyerarxiya turdagi tashkiUy tuzilmalar xillarining to‘liq tahlih ishlab chiqarish talablariga va uning o‘zgaruviga ko‘nikadigan egiluvchan, tez moslashadigan tuzilmalarga o‘tish obyektiv jihatdan zarurligini va qonuniyligini ko'rsatdi. Moslashuvchan (egiluvchan) tashkiliy tuzilmalar uchun ish turlari bo‘yicha mehnatni batafsil taqsimlanishi yo‘qligi, boshqarish darajalarining aniqmasligi, qarorlarni qabul qilishning markazdan chiqarilganligi, faoliyatning umumiy natijalari uchun har bir xodimning mas’ulligi kabi xususiyatlar hos. 59 Bundan tashqari, moslashtirilgan tashkiliy tuzilmalar, odatdagidek, quyidagi tarzlarga ega: — o‘z shaklini osonlicha o'zgartirish xususiyati va o'zgaruvchan sharoitlarga ko‘nikish; — murakkab loyihalar, majmuali dasturlami tezkor amalga oshirish va og‘ir muammolarni hal qilishga yo'naltirilganligi; — vaqt jihatidan amal qilishi cheklanganligi, ya’ni, muammoni hal qilish, loyiha, dastumi bajarish paytida vaqtinchalik asosida shakllanish; — vaqtinchalik boshqaruv organlarini tuzish. 6.3. Korporativ tuzilmalarni boshqarishning moslashuvchan tuzilmalari Moslashuvchan tuzilmalar turlariga loyihali, matritsali, dasturiymaqsadli, muammoli-maqsadli tuzilmalarni, guruh yondashishlariga asoslangan (buyruqli, muammoU-guruhli, brigadali) tuzilmalarni, tarmoqli tashkiliy tuzilmalarni kiritish mumkin. Loyihali tuzilmalar — majmuiy faohyat turlarini boshqarish tuzilmalari bo‘lib, xarajatlar, ish muddatlari va sifatiga qattiq cheklanishlar qo‘yilgan holatda uzluksiz umumlashtirilgan ta’sir ko'rsatish ta’minotini talab etadilar. Kompaniyalarda loyihah tuzilmalar, odatdagidek, majmuali tashkiliy loyihalami ishlab chiqish va amalga oshirish zarurati paydo bo‘lganda qo‘llanadi. Tashkiliy loyihalarga tizimdagi maqsadli o‘zgartirishlar jarayonini kiritish mumkin, masalan, ishlab chiqarishni qayta qurish, mahsulotlarning yangi turlari va texnologik jarayonlami o‘zlashtirish, obyektlarni qurish. Boshqarish tuzilmalari bunday turlarining muhim ustivorlildari sifatida quyidagilami aytish mumkin: — ma’lum loyiha bo‘yicha yuqori sifatli natijalami ohsh maqsadida kompaniya faoliyatining har xil turlarini integratsiyalashtirish; — loyihani amalga oshirish va muammoni hal etishga kompleks yondashish; — bitta vazifa hal etish, bir ma’lum loyihani amalga oshirishga bor kuchlami jamlash; — loyiha tuzilmalarining katta egiluvchanligi; — loyiha guruhlarini shakllantirish natijasida loyiha rahbarlari va barjaruvchilar faoliyatini faollashtirish; 60 — ma’lum rahbaming butun loyihaga va uning clcmcnllurlgu shaxsiy mas’uldorligini kuchaytirish. Loyihah tuzilmaning kamchiliklariga quyidagilar kiradi: — bir nechta tashkiliy loyihalar va dasturlar mavjudligida loyihuli tuzilmalar resurlarni bolinishiga olib keladi va kom paniya ishlab chiqarish salohiyatining butun birligini qo‘llab-quwatlash va rivojlanlirishni qiyinlashtiradi; — loyiha rahbaridan nafaqat loyiha hayotiyligi jarayonlarining barcha bosqichlarini boshqarish, balki mazkur kompaniya loyihalari tarmog‘ida ma’lum loyiha o‘rnini hisobga oUsh ham talab etiladi; — barqaror tuziima bo'lmagan loyihali guruhlami tashkil etish xodimlaming kompaniyadagi o‘z o‘mini anglashiga yo‘l qo‘ymaydi; — loyihali tuzilmani qo'llashda mazkur kompaniyada mutaxassislarni kelajakda ishlatish qiyinchiliklari vujudga keladi; — vazifalami qisman takrorlash kuzatiladi. Moslashtirilgan turdagi boshqarish tuzilmalarining eng murakkablaridan biri matritsali tuziima hisoblanadi.

Download 24.71 Kb.
  1   2




Download 24.71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Korporativ moliyaviy xatarlarni boshqarish

Download 24.71 Kb.