• Effekti animasii
  • Animatsion effektlar




    Download 26.56 Kb.
    Sana15.12.2022
    Hajmi26.56 Kb.
    #35028
    Bog'liq
    Power Point Animatsion Effektlar
    axborotlashgan, 7.2-Мавзу, jismoniy tarbiya qo\'l to\'pi, O’mir q wipsizligi p ninen o’zbetinshe jum slar temalar mazmun , 1-masala, 4-maruza, 070-22 guruhi talabasi Imomqulov A Fizika, 070-22 guruhi talabasi Imomqulov A, Mavzu Korporativ moliyaviy xatarlarni boshqarish, 1-mavzu- “Iqtisodiyot nazariyasi” faniga kirish. “Iqtisodiyot na, Ma’ruza. Sinxron mashinalarning tuzilishi va ishlash tarzi. Sinx, ariza, BOZOROVA MADINABONU BOBOMURODOVNA, Dilmurodova

    Aim.uz

    ANIMATSION EFFEKTLAR
    Animasiya — bu, ob`yektlar, kameralar, yorug’lik manbalarining uzaro joyini almashtirish yoki ularning parametrlarini vaqt bo’yicha o’zgarishiga ega bo’lgan vazifa yoki topshirikdir. Uozirgi paytda komp`yuterli grafika vositalarini kullashning ushbu soxasi kuchli rivojlanishni boshdan kechirmokda. Animasion grafika o’zida rang, tasvir va illyustrativ grafika (mashinaviy tasvirlar, illyustrativ matnlar, chizmalar, eskizlar va boshqalar) bilan ishlay olish imkoniyatiga ega.
    Televizorimiz ekranida xar kuni tomosha qiladigan reklama kliplari, turli mul`tfil`mlarning ko’pchiligi ana shu animasion grafika asosida yaratilgan. Misol uchun Uolt Disney studiyasi tomonidan bundan 50 yil mukaddam yaratilgan «Okkiz va yetti gnomlar» mul`tfil`mi birinchi animasion tasma bo’lgan . Yoki 1991 yilda ushbu kompaniya tomonidan yaratilgan «Soxibjamol va maxluk» mul`t­fil`mini ko’pchiligingiz sevib tomosha kilasiz.
    Animasion effektlarni kullash uchun bichimlash uskunalari panelidagi tugmachasi bosiladi. Natijada quyidagi «Effekti animasii» (Animasiya effektlari) uskunalar paneli xosil bo’ladi (9.18-rasm).

    Ushbu uskunalar panelidagi asosiy elementlar bilan tanishib chiqamiz.
    1. Sarlavxa animasiyasi. Bunda animasiya nomi yoziladi.
    2. Slayd matnlarining animasiyasi. Matn yozilgan barcha slaydlarni ekranda namoyish etadi.
    3. Kirish effekti. Bu piktogrammaga sichqoncha ko’rsatkichi keltirib bosilgandan So’ng, namoyish ekranida belgilarning chiqish tezliklari xosil bo’ladi. Ya`ni, belgilarning ketma-ket tartibda chiqishi ta`minlanadi.
    4. Uchish effekti. Belgilarning namoyish ekranida ketma-ket uchib tushishini ta`minlaydi.
    5. Kamera effekti. Namoyish slaydining tasvirini ta`minlaydi.
    6. Portlash effekti. Bunda slaydga yozilgan axborotlarning ekranda bir marta xosil bo’lib, yukolish xolati ta`minlanadi.
    7. Lazerli effekt. Slayddagi yozuvlarning uchish tezligini va turli tomonlardan uchib tushish parametrlarini o’zgartirish piktogrammasidir.
    8. Yozuv mashinkasi animasiyasi. Bunda kiritilgan belgilar endi yozilayotgan yozuv mashinkasidagi kabi xosil bo’ladi.
    9. Otib tushirish effekti. Bunda yaratilgan slayddagi belgilar biror tugma bosilgungacha yashirinib turadi.
    10. Animasiyalarni sozlash. Bu piktogramma animasiyalar parametrlarini o’zgartirish uchun xizmat qiladi.
    Eslatma: Animasion effektda ishlash uchun:
    — animasion effekt kullanilishi kerak bo’lgan ob`yekt belgilanadi;
    — tanlangan animasion effekt tugmacha (piktogramma)si bosiladi.
    Download 26.56 Kb.




    Download 26.56 Kb.