G’afur G’ulomning nasriy asarlari o’zbek bolalar adabiyotining ajoyib namunalari sifatida. G’afur G’ulomning ikkinchi jahon urushi davridagi ijodi




Download 25.63 Kb.
Sana08.04.2024
Hajmi25.63 Kb.
#191006
Bog'liq
G’afur G’ulomning nasriy asarlari o’zbek bolalar adabiyotining a-1
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi o-fayllar.org, 1702441124, 55, elyor, Извлеченные страницы из portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot, 111, MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQ SUN IY I (1), glassar

G’afur G’ulomning nasriy asarlari o’zbek bolalar adabiyotining ajoyib namunalari sifatida. G’afur G’ulomning ikkinchi jahon urushi davridagi ijodi.

Reja:

  1. Adibning hayoti va ijodi.

  2. G‘afur G‘ulomning nasriy asarlari o’zbek bolalar adabiyotining ajoyib namunalaridir.

  3. G’afur G’ulomning ikkinchi jahon urushi davridagi ijodi.

1.G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1963). Toshkent shahrida Ko‘rg‘ontegi mahallasidagi eski maktab va madrasada, rus-tuzem (1916) va «Hayot» maktablarida (1918) tahsil olgan. «Dinamo», «Yigit», «Egalari egallaganda», «Xitoydan lavhalar» (1931), «Tirik qo‘shiqlar» (1932), «Ko‘kan» (1934), «Sizga» (1935), «Chashma» (1939), «Yangi she’rlar», «She’rlar» (1946), «O‘zbek elining g‘ururi» (1949), «Sharaf qo‘lyozmasi» (1950), «Tanlangan asarlar» (1956—59, 4 jildli) she’riy to‘plam va dostonlari, «Jo‘rabo‘za» hikoyalar to‘plami, «Muxbir sudi» (1929) pesasi hamda «Netay» (1932), «Tirilgan murda» (1935), «Yodgor», «Shum bola» (1938) kabi qissalar muallifi. Asarlari asosida teatr spektakllari va kinofilmlar yaratilgan («Shum bola» va boshqa). «Otello», «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga tarjima kilgan. 1966 yil 10 iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).


Uning «Go‘zallik nimada» nomli ilk she’ri 1923 yilda e’lon qilingan.
G‘. G‘ulom o‘tgan asrning 20-30-yillarida ijodga katta shijoat bilan kirishib, iste’dodining turli qirralarini namoyon qildi va ulkan adib bo‘lib shakllandi.
Uning nasrda yaratgan «Netay», «Yod- gor», «Shum bola» qissalari o‘zbek adabiyotining o‘lmas mulkiga aylangan. Ayniqsa, avtobiografik xarakterga ega «Shum bola» qissasi bu borada alohida qimmatlidir. Milliy bo‘yoqlar bilan muzayyan bo‘lgan bu asar ayni paytda umuminsoniy goya va qarashlar bilan yo‘g‘rilgan.
G‘.G‘ulom Ikkinchi jahon urushi yillarida «Sen etim emassan», «Kuzatish» kabi falsafiy she’rlari bilan o‘zbek she’riyatini umumbashariy darajaga ko‘tardi.
Shoir ijodiy merosida badiiy tarjima katta o‘rin tutadi. U V.Shekspirning «Otello», «Qirol Lir» tragediyalarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girgan.
G‘afur G‘ulom 1966 yil 10 iyulda vafot etgan.


2. Yozuvchi nasriy merosining janriy rang-barangligi va ichki rivoji Xalq ijodining g’oyaviy-estetik an’analaridan juda keng ko‘lamda va chuqur ijodiy o‘rgangan so‘z ustasi G’afur G’ulom hayoti va ijodi uchun folklor juda katta ahamiyatga molik bo‘lgan buyuk maktab vazifasini o‘tagan. Adib xalq hayoti va orzu-tilaklarini, uning ruhiy olami, psixologiyasi, xarakteri, ma’naviyati, estetik didi va badiiy tafakkuri, boy tilini folklordan o‘qib o‘rgandi. Aytishlaricha, Nasriddin Afandi fazilatlarining ko‘pginasi uning shaxsiyatiga singib ham ketgan ekan. Hatto shoirning o‘zi ham «Bizning uyga qo‘nib o‘ting, Do‘stlarim» she’rida: «G’afur degan bir Nasriddin kitobi» deb, o‘z tabiatiga ishora qiladi. G’afur G’ulom shaxsiyati va ijodiy merosida xalq ijodi ta’sirining nihoyatda xilma-xil ko‘rinishlarini topish mumkin: Masalan: 1. «Afandi o‘lmaydigan bo‘ldi» hajviyasida folklor asarlari qayta ishlangan. 2. «Hasan Kayfiy» hikoyasi folklorga o‘xshatma tarzida yozilgan. 3. «Tirilgan murda» qissasi folklor motivi, xalq ijodi obrazlariga xos xususiyatlar asosida bayon qilingan. Mulla Mamajon xarakteri mohiyati shu negizda tipiklashtirilgan. “Shum bola” qissasidagi sarguzasht syujet turi va kompozitsiya folklorga borib tutashadi. Yozuvchi «Uch yolg’ondan qirq yolg’on» ertagiga o‘xshagan g’oyat jozibali yolg’on to‘qib, juda qiziq kulgili vaziyat-holat yaratgan. G’.G’ulomning “Shum bola” qissasida rivoyaning personaj tilidan hikoya qilish usulini qo‘llashi o‘ziga xos badiiy samara berdi. Bordiyu, qissada rivoya yozuvchi tilidan olib borilganida, undagi ayrim epizodlar o‘quvchida shubha uyg’otishi, ishonchsizlik qo‘zg’ashi mumkin edi. Pesonaj – shum bola tilidan olib borilganida esa, biroz orttirilgandek ko‘ringan o‘rinlar hikoyachining fe’liga yo‘yiladi. Uning xarakter xususiyatlarini yorqinroq ko‘rsatishga xizmat qiladi. 4. «Yodgor» qissasidagi kompozitsion qoliplash usuli ham folklordan oziqlanadi. Adib qissada latifa, dostonchilik, qiziqchilikka xos xususiyatlar, shuningdek, satira va yumordan ham ijodiy o‘rgangan. 21 Muhimi, xalq, ijodi G’afur G’ulom nasrida beg’araz hazil-mutoyiba va qahramonlik, hayotbaxshlik, donishmandlik ruhini yanada kuchaytirgan. Adib hatto o‘nlab felьetonlarini Nasriddin Afandi latifalari syujeti, shakli asosiga ko‘rgan va shu yo‘l bilan ularni hatto satirik hikoya darajasiga ko‘tarib yuborgan. «Xotinga olib berilmagan kavsh», «Oyoq olishiga qaraydi», «Shudgorda quyruq... singari asarlar fikrimizni dalillaydi. Shuning uchun G’afur G’ulomning kuldirib yig’latadigan va yig’latib kuldiradigan hajviy hikoya va qissalari el orasida shuhrat topdi. U o‘zbek realistik hikoyachiligi hamda qissachiligiga beqiyos hissa qo‘shgan adiblardan biri bo‘ldi va umrining oxirigacha bu sohada muvaffaqiyatli qalam tebratdi. G’afur G’ulomning hikoyanavisligi «Jo‘rabo‘za», «Yigit» (1931), «Kulgi hikoyalar» (1932) kabi to‘plamlarida yorqin namoyon bo‘ldi. Uning dastlabki asarlarida o‘sha davr o‘zbek hikoyachiligidagi tavsifchilik publitsistik tadqiqqa ruju qo‘yish, konfliktni yuridik tarzda hal etishga moyillik kabi kamchiliklar kuzga tashlanadi («Arkning yemirilishi», «Ikki janggoh»). ko‘pgina satirik hikoyalarida syujetning qiziqarli bo‘lishiga, fabulaga diqqatni qaratsa, boshqalarida xarakterlar o‘rtasidagi keskin to‘qnashuvlarni ko‘rsatadi va ularning ruhiy dunyosini ochadi. «Hiylai shar’iy» (1930) hikoyasi latifani eslatadi, unda o‘zi aytganidek, «kuldirib yig’latadi, yig’latib kuldiradi». «Yigit» (1929) hikoyasida muqaddas muxabbat tuyg’usi bilan o‘ynagan yigitni chiroyli usulda fosh etadi. Qoloqlikni kulgi qiluvchi «Kim aybdor» (1932), «To‘rt xangoma» (1941) yumoristik hikoyalari ham latifanamodir. «To‘rt xangoma»dagi ikkinchi xangomani eslaylik. Qovulnazar pulini omonat kassaga qo‘ymay, bir parcha guldor satinga o‘rab xazonning ichiga berkitib qo‘yadi. Bir kuni sigirining og’zida o‘sha tugunchani ko‘rib qoladi. Sigir yutishga urinadi, Qovulnazar sug’urib olish uchun chiranadi, oxiri sigir yutib yuboradi. Qovulnazar xayron, birov sigirni suyib qornidan pulingni ol, desa, boshqasi kavsh qaytarishini kut, extimol, chiqarib yuborar, Deb maslahat beradi. Birovning gapi bilan sigirni bozorga olib boradi va jig’ildonida uch yarim ming sulkavoy ham bor, deb ikki 22 barobar ortiq narx qo‘yib sotishga urinadi. ko‘rinadiki, yozuvchi qahramonni kulgili vaziyatga tushirib qo‘yib, kulgi yaratadi va uning qoloqligidan kuladi. G’afur G’ulom ko‘pgina lirik-dramatik yo‘nalishdagi hikoyalar ham yozdi. Ularda inson fojiasini va ularni shu holga solgan muhit, sharoitni ko‘rsatdi. U 1965 yili «Mening o‘g’rigina bolam» lirik-dramatik va «Hasan Kayfiy» yumoristik hikoyasini e’lon qildi. Birinchisiga yozuvchi voqeiy hikoya, ikkinchisiga esa, xalqimizning yumoristik ertaklaridan, deb izoh beradi. Ikkalasi ikki xil ifoda yo‘sinida yozilgan, lekin ikkalasi ham jahon hikoyachiligi darajasidagi yetuk, mukammal asarlardir. Ularda G’afur G’ulom ijodining yuragi bo‘lmish insonparvarlik ruhi baland jaranglaydi. U mehnatkash, pok, halol, o‘z aql-farosati, o‘zining peshona teri bilan kun kechiruvchi va hayotni, jamiyatni mukammal qilishga intilgan insonni faol himoya qildi, uning taqdiri, buguni va ertasi uchun san’atkorlik qalbi bilan umr bo‘yi kurash olib bordi. Jumladan, «Mening o‘g’rigina bolam» hikoyasida o‘zi guvoh bo‘lgan oddiy voqea asosida shafqatsiz jamiyatni va shunday sharoitda ham o‘zining insonligiga, mehr-oqibatiga zarracha putur yetkazmagan insonni ko‘rsatadi. Yozuvchi o‘z ota-onasi o‘lib, uchta singlisi bilan katta onasi – «qora buvisi» qo‘lida qolgan paytidagi uylariga o‘g’ri kelishi voqeasini so‘zlaydi. Birinchi jahon urushi payti, «zamon chappasiga ketgan» vaqt, barcha kosiblar singan, ish yo‘q hamma och-yalang’och. Oddiy kosib, ishsiz yigit ikki bolasi, xotini, onasini boqa olmay, o‘g’irlik qilishga majbur bo‘ladi. Kechasi «Qora buvi» ning tomiga chiqqanida qo‘qqisdan aksirib yuboradi. Yetimlar taqdirini o‘ylab, mijja qoqmay yotgan «qora buvi», «O‘g’rigina bolam, axir kasbing nozik, tumov-pumovingni yozib chiqsang bo‘lmaydimi!»,-deydi. «Qora buvi»ning mehribonona, samimiy munosabati o‘g’rining ham xasrat qopini ochib yuboradi. U tomda, kampir pastda dardlashadilar, urushning kasofati, xalqning qashshoq hayoti, shaharning yetimga to‘lib ketgani, xullas, osmon uzoq yer qattiqligi to‘g’risida suhbat quradilar. O‘g’rining so‘zidan ellikboshilarning poraxo‘rligi ham, boylaru amaldorlarning, tuzumning shafqatsizligi ham oshkor bo‘ladi. Yozuvchi ayni paytda, shu kambag’allarda insoniylik, odamiylik, mehr-shafqat tuyg’usi saqlanib qolganini 23 ta’kidlaydi: «qora buvi» o‘g’rini uyida bor bo‘lgan ikkitagina zog’ora non bilan choy ichishga taklif qiladi, u esa «Meni tanib qolasiz, juda ham yuzimni sidirib tashlaganim yo‘q andisham bor, uyalaman», deydi. «Qora buvi» uyda yarim pudlik qozon bor, hozir bunda ovqat pishirishga masalliq ham yetmaydi, «qutlug’ uydan ko‘ruq ketasanmi, bolam... Shuni obketaqol. Sotib kuningga yaratarsan, o‘g’rigina bolam», deydi. O‘g’ri kunmaydi, kelajakda yaxshi kunlar kelishiga umid bildiradi. Ko‘rinadiki, hikoyada ona – farzandlik munosabatiga xos samimiy, chin insoniy muhit yaratilgan. Shuning uchun ham, u kitobxonni rom qiladi, ishontiradi. G’afur G’ulom talay ocherklar ham yozdi, bo‘larda ham «Hasan Kayfiy» dagidek aql-zakovatni, halol mehnatni ulug’ladi. U o‘z ocherklarini «ocherklashgan hikoya», deydi, bu bilan ocherklarida quruq hujjat emas, balki inson taqdiri turganligiga ishora qiladi. G’afur G’ulom badiiy publitsistikada ustoz so‘z san’atkori sifatida tanildi va umrining oxirigacha bu sohada bayroqdor bo‘ldi. Uning publitsistikasi extirosli nutq, chuqur mushohada, falsafiy muhokama bilan birga kichik-kichik hikoyachalar, rivoyatlar, qiziq voqea va yorqin detallar, latifalar, muhim hujjatlar asosiga qurilgan. Bu janrda u teran tarixchi hamda jarchi-tashviqotchi sifatida namoyon bo‘ldi. Uning publitsistikasidagi bosh badiiy tamoyil tarixiy chog’ishtirishdir. U «zehnimda aks etgan asriy hodisalarni bir muarrih bir tarixshunos sifatida shu qog’ozlarda qayd qilib o‘tmoqchiman», degan edi. O‘zi ko‘rgan, bilgan voqealarni guvoh sifatida bayon etib, kishini ishontirdi. Bunday «guvohlik berib ayta olish»ning sababi esa, o‘zini xalqning bir parchasi sifatida tasavvur etishi, u bilan doim hamnafas bo‘lishi va shu xalq nomidan so‘zlashi edi. Adib: «zehnim sizniki, men qalam ushlaydigan barmoq bo‘lsam kifoya», deydi. Demak, G’afur G’ulom o‘z g’oyaviy niyati, maqsadi, material talabidan kelib chiqib, turli janrlarga murojaat etadi, xilma-xil bayon usullari va ifoda yo‘llarini qo‘llaydi. Bu holni uning qissalarida ham kuzatish mumkin.
Qissa (arabcha. – hikoyat, sarguzasht ) ma’nolarini anglatadi. U ikki xil ma’noda qo‘llaniladi: 1. Xalq og’zaki ijodida keng tarqalgan voqeaband xarakterdagi asarlarga nisbatan qo‘llanganida, qahramon hayoti va sarguzashtlari hikoya qilinishi, ya’ni asarning rivoyaviy xarakteri nazarda tutiladi. Bu o‘rinda og’zaki ijro, variantlilik kabi xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, payg’ambarlar qissasi: (Rabg’uziyning “Qisas ul-anbiyo”, Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo”) asarlari va og’zaki ijod namunalari qayta ishlanishi – xalq kitoblari: (“Qissai Mashrab”, “Ibrohim Adham qissasi”, “Zufunun qissasi”) kabilar nazarda tutiladi.23 2. Epik turning hikoya va roman qatorida sanaluvchi qissa (povest) ma’nosida qo‘llaniladi. Biz qissa va povestni bir janrning ikki tildagi nomlanishi deb bilamiz. Zotan, epik asarlarni janrlarga ajratishda o‘rta epik shakl: qissa (povest) eposning asosiy janrlaridan biri sanaladi. Lekin janrga ajratish chog’ida adabiyotshunoslarimiz uch muhim tamoyilga asoslanishadi: 1. Janrning hayotni badiiy qamrash ko‘lami janr xususiyatini belgilovchi unsur sifatida olinganida, qissaning janrlik xususiyati uning qahramon hayotidan butun bir bosqichni qamrab olishi bilan belgilanadi va qissa o‘rta epik janrga mansub sanaladi. 2. Asarda qo‘yilgan muammolar ko‘lami janr xususiyatini belgilovchi unsur sifatida olinganida, qissa markazida qahramon xarakteri turadi. Ya’ni, asosiy e’tibor qahramonning asarda tutgan mavqei, ahamiyati, vazifasiga qaratiladi. Qissa muallifi uchun qahramon asosiy maqsad bo‘lib, voqea-hodisalar tasviri shu maqsadni amalga oshiruvchi vosita vazifasini bajaradi. 3. Badiiy shakl, ya’ni syujetning qamrovi janr xususiyatini belgilovchi unsur sifatida olinganida, qissa syujeti asosan bosh qahramon tevaragida uyushishi kuzatiladi24 . 23 Қуронов Д, Мамажонов З, Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Т: Академнашр , 2010 – Б. 380- 381 24 Қуронов Д, Мамажонов З, Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Т: Академнашр , 2010 – Б. 381 25 Demak, epik asarlar (hikoya, qissa va roman) larni janrga ajratish chog’ida yuqoridagi har uchala tamoyilni yaxlitlikda olib qarash lozim. Ma’lumki, G’afur G’ulom bir necha qissalar yozgan bo‘lsa ham, ular o‘z ifoda tarzi, bayon usuli jihatidan bir-biriga o‘xshamaydi. Masalan: «Netay» (1931) asari lirik-publitsistik yo‘sinda uchinchi shaxs tilidan hikoya qilinadi. «Tirilgan murda» (1934) satirik yo‘sinda bo‘lib, qahramonning esdalik daftari shaklida yozilgan. «Yodgor» (1936) esa, yumoristik ohangda bo‘lib, voqeani bosh qahramonning o‘zi hikoya qiladi. Unda «Ming bir kecha»ga o‘xshagan ertaklarga xos bayon va qoliplash (xikoya ichida hikoya qilish) yo‘lidan foydalaniladi. «Shum bola» (1936, kengaytirilgan nusxasi, 1963) qissasi sarguzasht syujet asosiga qurilgan. Voqeani qahramonning o‘zi aytadi va asar hajv-hazil uslubida bitiladi. Shunga qaramasdan, yuqoridagi qissalarning barchasini bir-biri bilan jips birlashtiradigan o‘q tomir bor. Bu – insonning odamiyligi, mehr-shafqati, pok qalbi va mehnatsevarligi, chidam-bardoshliligini ochish,. shu insonni himoya etish, uning orzu-armoni uchun kurashish g’oyasidir. Badiiy asarning mazmuni u yoxud bu shaklda ifodalanadi. Zotan, shakl mazmunning tashqi ko‘rinishi o‘laroq, asarga go‘zallik bag’ishlaydi. Mazmun va shakl mutanosibligi mukammallik garovidir. Peyzaj tasviri ham badiiy asarning tarkibiy uzvlaridan biri bo‘lgan shakl hodisasi bo‘lib, mazmun ifodasiga hizmat qiladi. Demak, G’.G’ulomning tabiatga munosabatini, uning asarlaridagi tabiat tasvirini o‘rganish ijodkor mahoratining ayrim qirralarini yoritishga ham imkon beradi. Peyzaj yaratish san’atining ba’zi jihatlari milliy adabiyotshunoslikda Azizxon Qayumov, Yoqubjon Ishoqov, Mashhura Sultonova, Fayzulla Nabiev, Avtondil Erkinov, Normurod Yo‘ldoshev tadqiqotlarida muayyan so‘z san’atkorining mahorati bilan bog’liq tarzda yoritilgan. G’afur G’ulom nasrida peyzaj tasviri masalasi ancha serqirradir. Biz mazkur muammoga BMI doirasida nosirning «Qizaloq» (1928), «Puch umidlar» (1928), «Jo‘rabo‘za» (1929), «Soyalar» (1930), ”Cho‘tir xotinning tolei”(1933) hikoyalari misolida to‘xtalishga harakat qildik. Yuqorida a’kidlanganiday, 26 «Qizaloq» hikoyasida ota-ona noroziligiga qaramasdan qovushgan Mukarrama va mulla yigit Ibayning erkin muhabbati haqida hikoya qilingan. Epik bayonchi bo‘lgan muallif ta’kidlashicha, yoshlardan dastlab qattiq ranjigan ota-ona SHokir aka va Zulayho xola oradan fursatlar o‘tib, ularning uzrini qabul qiladilar. Rahmshafqat va mehr bilan ularni quchog’iga oladilar. Hikoyaga nevara qizaloqning tug’ilishiyu, oila shodligi bilan yakun yasaladi. Ya’ni G’.G’ulom mumtoz eposning yangi avlod tug’ilishi (passionar shaxs) bilan eski aqidalar barham topishi bilan bog’liq an’analariga ergashadi. Hikoyada G’afur G’ulom yoshlikka xos shijoat, erkin havolarga intilish tuyg’usini «yoqimli shabada»ga qiyoslaydi. Tong oldidagi so‘lim manzarani ertakona ohangda quvonch va mung aralash bir kayfiyatda chizadi. Jumladan, qishning eng uzun va qorong’u tuni – «shabi yaldo» o‘tmish hayotining mungli, zavolli manzaralaridan, yurak dardlaridan darak beradi. Yozuvchi tong darakchisi - xo‘rozning nihoyatda pokligi, haqqush orqali o‘zining olis qarindoshlarini voqif etib, saharda «ku-ku» lashi tasviri bekorga keltirilmaydi. Bedorlik va musaffo tongga xos musaffolik, shaffoflik tasvirlaridan ma’lum bo‘lmoqdaki, adib ikki yoshning hatti-harakatlariga xayrixoh. Xo‘rozda nekbin bir jasoratni, mardlikni, xursandlikni ifoda etsa, olam elini azaldan o‘rtagan ishq tuyg’usini ulug’lashda xashaklar hirmoniga o‘t qo‘ygan haqqushning o‘tli nidolariga ishora qilish orqali insonga xos bu tuyg’uning tarixiga urg’u beradi. G’afur G’ulom keng sahrolarga oshufta Zuhro yulduzi haqida, uning «yuragi» karvon qo‘ng’irog’ining tovushiga hamohangligi xususida so‘zlaydi. Bir qarashda tong nasimi, xo‘roz, haqqush, yulduz bir-biriga unchalik bog’lanmaydigandek tuyulishi mumkin. Biroq ularning hammasini erkinlik, jasorat, bedorlik, dardkashlik yaqinlashtiradi. Muhimi, G’afur G’ulom peyzaj manzaralarini insoniy mehr-shafqat tuyg’usini ifodalashga xizmat qildiradi. Yozuvchi hikoyalarida peyzaj manzaralari dunyoviy mehr-muhabbatni asrash mumkinligi erkin yurak talpinishlarini ardoqlash nuqtasida qahramonlar taqdiri bilan tutashadi. 27 Adib hikoyada xalqimizning samo yoritkichlaridan madad kutish inonche’tiqodlaridan ham o‘rinli foydalangan. Asarda yulduzlarga aylangan go‘zal va bokira qizlar haqidagi afsonaga ishora qilinadi. Yulduzlar – bedorlik va muhabbat ramzi. Bilamizki, Zuhro qadimda xaftaning muborak kuni – jumani bildirgan. SHarq xalqlarida san’at homiysi va nafosat ramzi sanalgan. Zuhro yaxshilik belgisi bo‘lib, odamlarga rahmu shafqat va ezgulik keltiradi. Yilning yaxshi kelishi, yomg’irning ko‘p yog’ishi, hosilning barakali bo‘lishi, bolalarning ko‘p tug’ilishi Zuhroga bog’lab talqin qilingan. O‘z manzillariga oshiqqan karvonlar olis va mashaqqatli sahrolarni kesib o‘tib, adashmay yo‘l topishlarida yulduzlarni mo‘ljal olishgan. Demak, G’afur G’ulom peyzajdan hikoyada zamonlar qorishiqligini berish, muhabbat va ishq haqidagi fikrlarni tasdiqlash, qahramon ruhiy holati bilan tabiat manzaralarini uyg’unlashtirishda ramziy ifodani kuchaytirib, ta’sirchanlikni oshirishda unumli foydalangan. «Puch umidlar» ham mavzu e’tibori bilan «Qizaloq» hikoyasiga yaqin bo‘lib, asar yangi hayot va erkin muhabbat haqida. Hikoya qahramonlari Zulfiya va Po‘latjonlar ham ota-ona rizoligiga unchalik ahamiyat bermay turmush quradilar. Biroq Zulfiya uyatsizlik, nomardlik va aldovning qurboni bo‘ladi. Yosh qiz muhabbatining zavol topishi shoshqaloqlik oqibatidir. Nosir qip-qizil anordek nishona ko‘rsatgan chillaki shaftolilarga xos tabiiy belgi, alomatlardan so‘zlaydi. Hikoyadagi ilk nishona mevalari umid ramzi bo‘lsa, «so‘zlardan boylangan guldastalar» - muhabbat maktublari qahramon qalbida shirin bir entikish uyg’otadi. Zotan tasarda «yangi zamon guli» - qizlar taqdiri qalamga olinadi. Syujet liniyasi rivojidan bilamizki, oradan ikki yil o‘tib, Zulfiya “kechalari yulduz sanab” chiqadigan va yolg’iz o‘g’li bilan ovunadigan bo‘ladi. Nosir yana yulduzlarga ishora qilar ekan, bu gal ularning orzular kabi yiroq ekaniga diqqat qaratadi. O‘ta zamonaviy bo‘lishga intilgan Po‘latjon oilaga, farzandiga bemehr bo‘la boradi. Nihoyat o‘qish niyati borligini bahona qilib, o‘z yaqinlarini butkul tark etadi. To‘tidek arzanda, go‘zal farzandi Solih va Zulfiya bevafolik qurboniga aylanadilar. Muallif yoshlarni o‘ylashga, mulohazakorlikka, oiladek muqaddas tushunchalarni e’zozlashga, o‘zaro mehr-muhabbatni ardoqlashga da’vat etadi. 28 O‘tkinchi tuyg’ularga aldanmaslik haqida ogahlikka chaqiradi. SHu maqsadda u yulduz, chillaki shaftoli, gul, bir juft musicha obrazlariga xos belgi-xususiyatlarga murojaat qiladi. Adabiyotshunos Yo.Ishoqov peyzaj tasvirining mohiyatsiz o‘z-o‘zicha bir hodisa emas, balki falsafiy, didaktik yoki ijtimoiy ruhdagi biror g’oya, maqsadni ifoda etish uchun o‘ziga xos vosita ekanligini ta’kidlaydi25. G’afur G’ulom hikoyalari misolida bu fikr-mulohazalarning nechog’lik asosli ekanligini kuzatish mumkin. «Jo‘rabo‘za» hikoyasining qahramoni Ahmadqul hamiyatli, mehnatkash dehqon yigit. U ulfatchilik va bo‘zaxo‘rlikni xush ko‘radigan tengquri Bo‘taning ta’na-dashnomlari, achchiq-quruq gaplari hamiyatiga tekkani uchun ulfatchilikka borib, sayoq bolalarga qo‘shilib qoladi. Diqqinafas bu muhit uning uchun tamomila begona edi. Shuning uchun ham, yarim kechasi bo‘lishiga qaramasdan, jo‘raboshilarni-da mensimay, mast-alast holda o‘z uyiga yo‘l oladi. Biroq asov otni boshqara olmay, fojiali tarzda halok bo‘ladi. G’.G’ulom asov ot detali orqali katta hayotiy mazmunni ifoda etadi. Adib hikoya bayonida tong quyoshining Qo‘ng’iroqtepa orqasidan bo‘g’riqib qaragani-yu, quyoshning ilk shu’lalari teraklarning uchlarigagina tushganini tasvirlaydi. Hikoyaga jalb etilgan peyzaj manzarasi orqali bo‘g’riqqan va diqqanafas uhitga urg’u beradi. Shuning uchun ham teraklarning ostidagi «quyuq to‘fon», «shabnamli yaproqlar», «yuzlari terlagan qovunlar», «ichi bo‘sh suv qovoqlar», «kekkaygan xo‘rozlar» haqida so‘zlaydi.Tasvirdagi manzaralar mohiyatan bir-biriga esh. Bo‘zaxo‘rlik avjiga chiqqan pallada berilgan manzaralarda yaydoq izg’irinning hadik bilmasligi, daraxtlarning sovuqdan qaqshashi, itlarning xurushlaridagi qayg’uli ohang haqida gap boradi. Nosir tabiatdagi bu o‘zgarishlar orqali muqarrar fojiadan ogoh etayotganday tuyuladi. Ulfatlar yoqqan gulxan ham bir sasib, bir yonib turadi. Erkin yonolmay, tutayotgan cho‘qni puflab qo‘yadigan «esli kishi yo‘q». Asov ot uyga egasiz kelganida Ahmadqulning ukalari sovuq bo‘lishiga qaramasdan yalang bosh, 25 Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси. – Т: Фан, 1983, – Б. 22 29 yalang oyoq yugurib chiqadilar. Ular dastavval shoshib qolishgan bo‘lsa ham, qahramonlar tashqi qiyofasi bu oilaning iqtisodiy nochor ahvoliga ishora hamdir. Murda ustida uymalashayotgan qarg’alar va sariq oqsoq it Ahmadqulni izlab borgan mahalla ahlidan, ya’ni jamoadan hurkib qochadi. Demak, G’.G’ulom bunday teran ramziylik asosida Bo‘ta va uning sheriklari, keng ma’noda bunga befarq olomonning asov hayot kuchli po‘rtanalarida adashgan kimsalar ekaniga ishora qilgan. Tafakkur qudratiga ishongan ahli jamoagina bunday hayotiy illatlardan qutilishiga ishonadi. G’afur G’ulom mazkur hikoyada hushyorlikka da’vat etish, jamiyat pokligi va erkin mehnat kishisini ulug’lash barobarida, jaholatni ma’rifat bilan yengish g’oyasini ham tasdiqlagan. Tabiat manzaralari personajlar ruhiy olamiga mos tarzda tanlanishi hikoya shakliy go‘zalligi, mantiqiy serjiloligi, mazmunining ishonchliligini ta’minlagan. Chingiz Aytmatov ta’biri bilan aytganda: «Tabiat bilan umimiy til topishgan taqdirdagina insoniyat o‘z imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqara oladi» 26 . Shu ma’noda, G’.G’ulom inson kayfiyatini, kechinmalarini, ruhiy tug’yonlarini aks ettirishda tabiat manzaralaridan mohirona foydalangani shubhasiz. Adibning «Soyalar» hikoyasida Bo‘ta, Po‘latjon obrazlariga ancha yaqin turuvchi Isa obraziga xos mas’uliyatsizlikka alohida urg’u beriladi. Isa yetti xuftongacha sanqib yurgani holda, mushtipar va mushfiq onasi hamda bo‘y yetgan singlisini bog’da yolg’iz qoldiradi. Uning e’tiborsizligi tufayli Yoqutoy nomusi bulg’anadi. Bo‘lg’usi kuyov Nizomjon esa, qaysidir jihatlari bilan Ahmadqulga o‘xshab ketadi. Chunki u ham o‘zini «belida belbog’i bor» lardan sanaydi. Obro‘ va nomus haqidagi fikrlari jihatidan birmuncha mahdudroq qarashlarga ega. Biroq hozir gap bu hakda emas, balki asar voqealarining peyzaj uyg’unligida berilishidagi G’afur G’ulom mahorati xususida. Akademik S.Mamajonov «Soyalar» hikoyasidagi peyzaj tasviri haqida shunday deydi: «Soyalar» hikoyasidagi peyzaj qahramonlarning psixologik holatini ochish yoki voqea sodir bo‘layotgan joy manzarasini gavdalantirish uchungina xizmat 26 Айтматов Ч. // Тошкент оқшоми. 1988, 14 феврал 30 qilmasdan, voqeani rivojlantiruvchi va asarni kompozitsion tomondan uyushtiruvchi muhim vosita vazifasini ham o‘taydi» 27. Biz ham ustoz adabiyotshunosning bu fikrlariga qo‘shilganimiz holda, hikoyadagi peyzaj bilan bog’liq ramziylik va tuyg’ular parallelizmiga diqqat qaratmoqchimiz. Dastavval, hikoyaning «Soyalar» deb nomlanishiga e’tibor bersak. Soya – quyosh nuri tushmaydigan salqin va ko‘lanka joy. U yorug’likni, nurni to‘sadigan narsalardan tushadigan tasvirdir. Ko‘chma ma’noda soya g’ashlik va ko‘ngil xiralikni, hijolat va havotirni, shuningdek, turli sharpalarni bildiradi. Anglashiladiki, G’afur G’ulom hikoyada hayotning ko‘plar nazaridan panada qolgan jihatlarga e’tibor qaratmoqchi. Homiysiz qolgan oila a’zolariga, panohsiz nozik nihol qizi – Yoqutoy va onasi Enabuvi taqdiriga xayrixohlik bildirmoqchi bo‘ladi. Muallif tabiatning sirli-sehrli shivirlariga quloq tutadi. Hikoya boshida tasvirlangan yangi o‘tkazilgan olcha ko‘chati asarning so‘ngida ketmon dastadan yo‘g’onroq shaklga kiradi. Ojiz navnihol olcha ko‘chatining mevali daraxtligi, ta’mi nordon ekanligi, qaddi tikligi Yoqutoyga, hayotga qiyoslanadi. Tun nihoyatda uzun, kecha esa g’ayur. Shabada olchaning yaproqlarini yulqilaydi, sarv qomatini silaydi. Bu o‘rinda yaproq ko‘rkamlik belgisiyu, daraxt tanasi Yoqutoyning kelishgan qomatiga ishora ekanligi oydinlashadi. Erta pishar uzum – chillaki rang-tus olib, qizarib pisha boshlagan. Qisqasi, Yoqutoyning yoshligi, ko‘rkamligi, xushvaqtligi, yuzlaridagi qizillik olchani ham, daraxtni ham, daroyi uzumlarni ham uyatda qoldirar darajada go‘zal. Yozning shabadasi – behadik va sayoq, kapalakday beqaror. Qiznning qaldirg’och qanotiday qayrilma qoshlari – sut daryosining qo‘sha zuluklari. Biroq oy yorug’ligi va oydin kecha atrofdagi tumanli, og’ir sokinlik muqarrar fojiadan darak berayotganday taassurot uyg’otadi. Salqin kecha sokinligi va vazminligi ahli jonzotni uyqu og’ushiga chorlagan.Sarrin shamollar allalab tebratadi, erkalab uxlatadi. Bir qarashda butun atrof «osoyishi barkamol» day tuyuladi. Oydin kecha va oy yorug’iga xos fahsh va haromga chorlovchi, hiyonatga undovchi xususiyatlarga e’tibor berilsa, peyzajning aldamchiligi ham ayon bo‘ladi. Muallif 27 Мамажонов С. Ғафур Ғулом прозаси. –Т: Фан, 1966 –Б.114. 31 go‘yo bu manzaraga ortiqcha mahliyo bo‘lmaslikka chorlayotganday tuyuladi. Tongga yaqin esa, butun qo‘rg’on va chor atrof qorong’u zulmat va vahm qo‘ynida qoladi. Chunki muqarrar fojia allaqachon sodir bo‘lib ulgurgan edi. Yoqutxon qalbidagi ruhiy bezovta tuyg’ular tabiat manzaralari fonida beriladi. Zim-ziyo zulmat nodonlik va jaholat ramzidir. Yozuvchi Yoqutoyga xos ruhiy to‘lqinlar, oldinda kutayotgan ta’na-dashnomlarni his etishga mos manzaralar chizadi. «Gunohsiz ma’suma» qiz uchun qo‘sh surnaylarning ovozlari mungli tuyulganidek, bo‘z ayg’irlarning arava tortishlarida ham og’rinish borday seziladi. Bir tomonda shodlik, bir tomonda g’am. Tolesiz kechaning yolg’on tongida bariga nuqta qo‘yiladi. Sir oshkor bo‘ladiyu, pokiza uyini, yigitlik g’ururini bulg’amoqni istamagan Nizomjon qizni kechirmaydi. Hikoya oxirida beshinchi marta gullab meva bergan olcha nordonligi eslanadi. Boshqorong’i Yoqutoy bu gal ataylab onasining bog’iga olchaxo‘rlikka kelgan. «Eski gaplar» uning hayotida misoli soyaday o‘tib ketgan. U mehnatkash ishchi yigitga turmushga chiqib, o‘z baxtini ozod mehnat qo‘ynida topgan qizlardan biriga aylangan. Bu o‘rinda G’.G’ulomning «Go‘zallik nimada?» she’ridayoq boshlangan estetik qarashlariga xos mehnat kishisini ulug’lash g’oyasi bo‘y ko‘rsatib, optimistik yechimni ta’minlaydi.
Download 25.63 Kb.




Download 25.63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



G’afur G’ulomning nasriy asarlari o’zbek bolalar adabiyotining ajoyib namunalari sifatida. G’afur G’ulomning ikkinchi jahon urushi davridagi ijodi

Download 25.63 Kb.