|
Eritmalar
|
bet | 1/4 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 143,53 Kb. | | #155901 |
Bog'liq Eritmalar 1. Dispers tizimlar va eritmalarning turlari
Eritmalar dispers tizimlarning bir ko’rinishidir. Biroq moddaning mayda zarrachalari boshqa bir modda orasida taqsimlanishidan hosil bo’lgan tizimga dispers tizim deyiladi. Taqsimlangan modda dispersion faza, ikkinchi modda esa dispersion muhit deyiladi. Dispers faza zarrachalarining diametrlari 100 nаnometrdan (1nm - 10-6mm) katta bo’lgan tizimlar dag’al sitemalar deyiladi. Bularga suspenziya - qattiq moddaning suyuqlikda tarqalishi, emulsiya - erituvchida erimaydigan suyuqlikning erituvchida tarqalishi va ko’piklar- gazsimon moddaning suyuqlikda tarqalishi kiradi. Dispers tizim zarrachalarining o’lchami 1-100nm gacha bo’lgan tizimlar kolloid tizimlarni hosil qiladi.
Dispers tizim zarrachalari 1nm dan kichik bo’lganda chin, molekulyar yoki ionli dispers tizimga, ya'ni eritmalarga olib keladi. Ikki yoki bir necha moddalardan (komponentlardan) iborat bo’lgan bir jinsli (gomogen) termodinamik jihatdan barqaror bo’lgan, o’zgaruvchan tarkibli tizimlarga eritmalar deyiladi.
Eritmalarda bir yoki bir necha erigan moddaning zarrachalari erituvchida bir tekis tarqalgan bo’ladi. Masalan, fosfat kislota eritmasi, erigan modda kislota, erituvchi suv va ularning o’zaro ta'sir maxsulotlari gidratlangan ionlar H+, H2PO4-, HPO42-, PO43-lardan iborat bo’ladi.
Erituvchi va eruvchi moddaning agregat holatiga qarab eritmalar: gazsimon (har hil gazlar aralashmasi, masalan, havo), suyuq (qattiq moddalarni, suyuqliklarni va gazsimon moddalarni erituvchidagi eritmasi) va qattiq (qotishmalar - har hil metallar aralashmasi) holatlarida bo’lishi mumkin.
2. To’yingan, to’yinmagan va o’ta to’yingan eritmalar
Molekulyar-kinetik nazariyaga muvofiq erish jarayonini shunday tasavvur qilish mumkin: erituvchi ta'siridan qattiq modda sirtlaridagi ionlarning tebranma harakati kuchayib boradi va natijada ion yoki molekulalar asta-sekin ajrala boshlaydi. Eritmaga o’tgan zarrachalar diffuziya tufayli erituvchining butun xajmi bo’yicha bir me'yorda tarqaladi. Boshqa tomondan eritmalardagi zarrachalarning (ion yoki molekulalar) konsentratsiyasini oshib borishi va ularning to’xtovsiz harakati tufayli, ular oxirigacha erib ulgurmasdan qattiq modda sirtiga qayta o’tirishi ham mumkin, ya'ni erish jarayoniga teskari kristallanish ham yuzaga keladi. Nihoyat ma'lum vaqtdan so’ng erish va kristallanish orasida muvozanatyuzaga keladi, ya'ni qancha zarracha (ion yoki molekula) eritmaga o’tsa, shuncha zarracha eritmadan qattiq zarracha yuzasiga o’tadi.
Qattiq moddalar suvda eriganda eritmaga o’tuvchi zarrachalar va eritmadan qattiq zarracha yuzasiga o’tuvchi zarrachalar sonlarining nisbatiga asosan eritmalar to’yingan, to’yinmagan va o’ta to’yingan bo’lishi mumkin. Ayni haroratda modda ortiq erimaydigan, ya'ni eruvchi modda bilan muvozonatda turgan eritma to’yingan eritma deyiladi. Demak, to’yingan eritmada ayni haroratda erigan moddaning mumkin bo’lgan eng ko’p miqdori bo’ladi.
To’yinmagan eritmada to’yingan eritmadagiga qaraganda kamroq, o’ta to’yingan eritmada esa-ko’proq modda bo’ladi. Harorat ortishi bilan to’yingan eritma to’yinmagan holga o’tadi. O’ta to’yingan eritmalar beqaror muvozonatsiz tizimlar bo’lib, ular o’z-o’zidan muvozanat holatiga o’tish hollari ham bo’lib turadi. Bunday vaqtda ortiqcha erigan modda eritmadan ajraladi va eritma to’yingan holatga o’tadi.
Eruvchi modda va erituvchining nisbiy miqdorlariga asosan suyultirilgan va konsentrlangan eritmalar mavjud bo’ladi. Erigan moddaning miqdori kam bo’lgan eritmalar suyultirilgan, ko’p bo’lgan eritmalar esa konsentrlangan eritmalar deyiladi. Eritma komponentlaridagi zarrachalar elektroneytral bo’lsa molekulyar (elektrolitmaslar), zaryadli zarrachalar bo’lsa ionli (elektrolitlar) eritmalar deyiladi.
3. Erishning issiqlik effekti. Moddalarning eruvchanligi
Kimyoviy reaksiyalar energetik effektlar bilan kuzatiladi, ya’ni energiyaning chiqishi yoki yutilishi sodir bo’ladi.
Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effektlarini kimyoning maxsus bo’limi termokimyo o’rganadi.
Issiqlikning ajralib chiqishi bilan sodir bo’ladigan reaksiyalar ekzotermik (grekcha “ekzo”- “tashqariga”) reaksiyalar deyiladi.
Issiqlikni yutilishi bilan sodir bo’ladigan reaksiyalar endotermik
(grekcha “endo”-“ichkariga”) reaksiyalar deyiladi.
Kimyoviy jarayonlarda nafaqat issiqlikni chiqishi yoki yutilishi, balki boshqa turdagi energiyalar: elektrik, yorug’lik, mexanik va h.k lar chiqishi mumkin.
Masalan galvanik elementlarda elektr energiyasi chiqadi, moddalarning elektrolizida esa u yutiladi. Fosforning nurlanishida yorug’lik energiyasining chiqishi kuzatiladi (xemilyumines tsentsiya), fotomateriallarda esa yorug’lik energiyasining yutilishi natijasida kumush tuzlari parchalanadi, portlash reaksiyalarida esa juda katta mexanik energiya ajralib chiqadi (albatta avval portlovchi moddaga mexanik ta’sir ettiriladi). Kimyoviy jarayonlarning borishida yutiladigan yoki ajralib chiqadigan har hil energiya turlari issiqlik energiyasiga aylantirib hisoblanadi va uning miqdori kilojoullarda ifodalanadi (kJ). Kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti qiymati moddaning bir moli reaksiyaga kirishganda qancha issiqlik chiqishi yoki yutilishi bilan ifodalanadi. Reaksiyalarning issiqlik effekti maxsus asbob kalorimetrlar yordamida o’lchanadi.
Issiqlik effekti qiymati ayni reaksiya borayotgan sharoitlar harorat va bosimga bog’liq bo’ladi. Shu sababli termokimyoda reaksiyaning issiqlik effekti qiymati standart sharoitda (standart sharoit deb, T=2980K (t=250C), P=101,325 kPa yoki P=1 atm qabul qilingan) hisoblanadi va reaksiyada moddalarning agregat holatlari ko’rsatiladi. Agar kristall modda polimorf bo’lsa, uning kristallik modifikatsiyasi ko’rsatiladi:
Masalan, Cgrafit+O2(r)=CO2(g)-393,6 kJ/mol.
Kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqqan yoki yutilgan issiqlik miqdorlari ko’rsatilgan tenglamalarni termokimyoviy tenglamalar deyiladi.
Moddalar erigan vaqtda erituvchi va eruvchi modda molekulalari orasida fizik (orientatsion, induksion va dispersion) hamda kimyoviy kuchlar (vodorod bog’i va ion-dipol) o’zaro ta'siri natijasida issiqlik yutilishi va chiqishi mumkin.
|
| |