Konsentratsiyani erigan moddaning massa ulushlarida ifodalanishi




Download 143,53 Kb.
bet3/4
Sana13.02.2024
Hajmi143,53 Kb.
#155901
1   2   3   4
Bog'liq
Eritmalar

Konsentratsiyani erigan moddaning massa ulushlarida ifodalanishi. Erigan modda massasining (m modda) eritma massasiga (m) nisbati, erigan
moddaning massa ulushi (W) deyiladi:)
Bu formula erigan modda massasini eritmaning umumiy massasidagi ulushini ifodalaydi. Massa ulushi foizlarda ifodalansa:
(2)
Agar eritma hajmi (V) ml da va uni zichligi (ρ) (g/ml) da ma'lum bo’lsa:
Molyar konsentratsiya. Molyar konsentratsiya - bu erigan modda miqdorining eritma hajmiga bo’lgan nisbatidir.
(4)
Bu yerda: V- eritma hajm litr hisobida; CM - x moddaning molyar konsentratsiyasi, g/mol; nx- x moddaning miqdori, mol. Molyar massa - bu modda massasining modda miqdoriga bo’lgan nisbatidir.

Bu yerda: Mx- x moddaning molyar massasi, g/mol; mx- x moddaning massasi, g. (6) ni (4) ga qo’ysak (7) tenglik kelib chiqadi:
(7)
Bu yerda: V- ml hisobida. Molyar konsentratsiyaning CM birligi - mol/m3, lekin ko’pincha mol/l ishlatiladi. Agar 1 l eritmada 1 mol modda erisa, bunday eritma konsentratsiyasi bir molyar eritma deyiladi va 1 M bilan ifodalanadi. Agar 0,1 mol yoki 0,01 mol moddalar erisa detsimolyar, santimolyar eritmalar deyiladi hamda 0,1 M va 0,01 M bilan ifodalanadi.
Ekvivalent molyar konsentratsiya. Ekvivalent molyar konsentratsiya - bu eritmadagi ekvivalent modda miqdorining eritma hajmiga bo’lgan nisbatidir.
(8)
CHx- x moddaning ekvivalent molyar konsentratsiyasi; nx- x moddaning ekvivalent miqdori; V- eritma hajmi, l.
(9)
E- ekvivalent modda miqdori. (9) ni (8) ga qo’ysak (10) tenglik kelib
(10)
chiqadi:
Bu yerda: V- hajm, ml da. Agar 1 l eritmada 1 mol ekvivalent modda erigan bo’lsa, uning konsentratsiyasini normal eritma deyiladi va 1n bilan ifodalanadi. Detsinormal, santinormal eritmalar 0,1n va 0,01n bilan ifodalandi. Ekvivalent molyar eritmalar tayyorlash uchun kislota, asos, tuzlarni ekvivalentlarini aniqlash lozim. Ekvivalent molyarligi (normalligi) har hil bo’lgan eritmalar o’zaro ta'sir etganda eritmalarning hajmi ularning normalligiga teskari proporsional bo’ladi.

Bu yerda: N1 va N2- birinchi va ikkinchi eritmalarning ekvivalent molyarligi; V1 va V2- birinchi va ikkinchi eritmalarning hajmi. Eritmada erigan modda massasini (m), eritma hajmiga bo’lgan nisbati titr (T) deyiladi.

Eritmaning titri bilan molyar konsentratsiya Cm va ekvivalent molyar konsentratsiya Cn o’rtasida quyidagacha bog’lanish bor:
Molyal konsentratsiya. Molyal konsenrtratsiya - bu erigan modda miqdorining erituvchi massasiga bo’lgan nisbatidir: nx
(14)
Bu yerda: Cmx- x moddaning molyal konsentratsiyasi; nx- erigan moddaning miqdori; m- erituvchining massasi. mx
(15)
(15) ni qiymatini (14) ga qo’ysak:
(16)
Bu yerda: mx- x moddaning massasi; Mx- x moddaning molyar massasi. Molyal konsentratsiyaning birligi kg/mol dir.

Download 143,53 Kb.
1   2   3   4




Download 143,53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konsentratsiyani erigan moddaning massa ulushlarida ifodalanishi

Download 143,53 Kb.