|
Кредитно-модульная система
|
Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 1,67 Mb. | | #106958 |
Bog'liq 6-mavzu F.k.va d - O’zbekiston Respublikasi
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
- vazirligi
- Muqimiy nomidagi
- Qo’qon davlat pedagogika instituti
- O’qituvchi: N.Z.Mamadaliyeva
-
- Fizik kattaliklar va doimiylarni o‘rganish usullari
- Mavzu:Dinamika bo’limidagi kattaliklar, doimiylar va ularani o‘lchash usullari.
- Fizikaga “jism massasi” atamasini kiritgan Nyuton uni tushuntirishda ma’lum qiyinchiliklar borligini yaxshi bilgan. Buning asosiy sababi, massani ikki xil aniqlanishning mavjudligidir. Bular: inert va gravitatsion massalardir.
- Kilogramm fransuzcha atama — “kilogramm”dan olingan. O‘z navbatida, u yunoncha “ming” va “gramma” degan so‘zlar birikmasidan olingan bo‘lib “kichik vazn” degan ma’noni anglatadi.
- Inert massa — jismning boshqa jismlar ta’sirida ma’lum tezlanish olish xususiyatini xarakterlovchi kattalik. Boshqacha aytganda, inert massa jismning harakat holatini o‘zgartirishga qarshiligi bilan o‘lchanadi. U jism tezlanish olganda yoki sekinlashganda namoyon bo‘ladi.
- Gravitatsion massa esa boshqa jismlarga tortilish kuchi bilan aniqlanadi va jismning harakatiga bog‘liq emas. U jismlarning o‘zaro ta’sirini amalga oshiradigan gravitatsion maydonni vujudga keltiradigan fizik kattalikdir. Shunday qilib, jismning massasi skalyar fizik kattalik bo‘lib uning inertligining va gravitatsion xossalarining miqdoriy o‘lchovidir.
- Tarozi qadimiy oʻlchash asboblaridan. Ikki yelkali va tarelkasimon pallali oddiy tarozi qadimgi Bobilda mil. av. 2,5 ming yillikda va Misrda mil. av. 2 ming yillikda paydo boʻlgan. Savdo, ishlab chiqarish va fanning rivojlanishi bilan tarozi asta-sekin takomillashib borgan. Tarozining umumiy maqsadlarga moʻljallangan, namuna (etalon; toshlarni tekshirish uchun) va laboratoriya (analitik, mikroanalitik, namuna aniqlanadigan va boshqalar) turlari bor. Ishlash tarzi boʻyicha richagli, elektrometrik, gidrostatik, gidravlik va prujinali xillarga boʻlinadi. Tortish chegarasi boʻyicha umumiy maqsad uchun moʻljallangan tarozining stol ustiga oʻrnatiladigan — 50 kilogrammgacha, koʻchma — 50 kg dan 6 tonnagacha, muqim (vagonetka, avtomobil, vagon, elevatorbunkerlarni tortish uchun) — 5 tonnadan 200 tonnagacha yukni torta oladigan xillari bor.
-
- КУЧ (механикада) — берилган жисмга бошқа жисмлар томонидан кўрсатилаётган механиқ таъсирнинг миқдори ва йўналишини ифодаловчи катталик. Жисмга кўрсатиладиган таъсир 2 хил ҳодисани — жисмнинг тезлигини ўзгартириши ёки унинг деформацияланишини вужудга келтириши мумкин. Иккала ҳодисада юзага келган тезланиш ёки деформация
- миқдорини ўлчаш орқали таъсир этаётган кучни аниқлаш мумкин.
- Кучнинг динамик ва статик ўлчаш усуллари мавжуд.
- Ньютоннинг иккинчи қонунига мувофиқ, жисмга таъсир этаётган куч Ғ жисм массаси м билан унинг тезланиши а кўпайтмасига тенг:
- F=ma
- . Гук қонунига асосан,эластик деформацияларда, пружиyа ёки стерженнинг чузилиши (сиқилиши)да вужудга келувчи деформацияланиш катталиги х таъсир этаётган кучга пропорционал: F=-kx, бунда К — пружина ёки стержень бикрлиги.
- DPU-20t dinamometri 20 tonnagacha bo'lgan keng diapazonda tortish kuchini aniq va ishonchli o'lchash uchun mo'ljallangan ilg'or o'lchash moslamasi. Yuqori aniqlik va ishonchlilik bilan ushbu qurilma turli sohalarda kuch ta'sirini boshqarish uchun ajralmas vositaga aylanadi.
-
- Kuchlar jismni tortish yoki itarish, deb tasvirlanishi mumkin. Ular gravitatsiya, magnetizm yoki massani tezlatuvchi boshqa har qanday hodisa tufayli boʻlishi mumkin
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
|
| |