|
-rasm. Тransport turlari bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish tarkibi, % (2019 yil yanvar-sentabr oylari uchun)
|
bet | 3/6 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #106800 |
Bog'liq 1-мавзу1.2.2-rasm. Тransport turlari bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish tarkibi, % (2019 yil yanvar-sentabr oylari uchun)
Hozirgi kunda mamlakatimiz yo‘lovchi transporti tizimini yanada rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur:
1. Shahar qurilishi va transportni rejalashtirish dasturlarini (loyihalarini) bog‘lovchi mexanizmlarni takomillashtirish. Qurilayotgan uy-joy va sanoat loyihalarini Тransport vazirligi bilan majburiy muvofiqlashtirish, shaharsozlik (sanoat va turar joy qurilish dasturlari va loyihalari)ni transport tizimining imkoniyatlari bilan sinxronlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish. Shaharsozlik amaliyotida funksional yuklanish (zichlik, qavatlar soni va binoning foydalanish maqsadi, aholi zichligi va avtomobillashtirish darajasi) va hududning transport resursi (yo‘l tarmog‘i va yer usti jamoat transporti tarmoqlari egallagan hududning ulushi, ko‘chalarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati, yo‘l tarmoqlari, jamoat transporti tizimlarining tashish qobiliyati) o‘rtasidagi muvozanatni hisoblash uslubini ishlab chiqish;
2. Bugungi kungacha shakllangan transport tizimini tartibga soluvchi qonunchilik, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, iste’molchilar va transport xizmatlarini ta’minlab beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlar hozirgi kunda sohani davlat tomonidan tartibga solishning yangi shartlari asosida rivojlanishni talab qilmoqda. Хususan, transport sohasida davlat-xususiy sheriklik masalalarini qonunchilik bilan tartibga solish masalalarini hal etish, pullik yo‘llar mexanizmlarini joriy etish, yo‘l harakati xavfsizligi va boshqalar;
3. Тariflarni davlat tomonidan tartibga solinishi tizimini takomillashtirish;
4. Minimal ijtimoiy transport standartlarini o‘zida mujassam etuvchi tizim ishlab chiqish orqali aholiga yuqori sifatli yo‘lovchi tashish xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish. Mazkur faoliyat natijalarini monitoring qilish masalalariga kompleks va tizimli yondashish lozim;
5. Тransport sohasida kadrlar siyosatini takomillashtirish. Bugungi kunda quyidagilar bilan tavsiflanadi:
- xodimlar tarkibini tanlash va ular bilan ishlashning shaffof va ochiq mexanizmlari;
- O‘zbekiston Respublikasi Тransport vazirligi mutaxassislari va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini baholash tizimini;
- ishchi xodimlarni rag‘batlantirish mexanizmi;
- xodimlar zahira bazasi va undan foydalanish mexanizmi;
- xodimlar tarkibini yangilash va almashtirish (rotatsiya) mexanizmi;
- mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashning takomillashgan tizimi;
- ilg‘or tajribalarni joriy etish maqsadida xorijdan malakali mutaxassislarni jalb qilish mexanizmi;
- O‘zbekiston Respublikasi Тransport vazirligi mutaxassislari va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini muntazam attestatsiyadan o‘tkazish mexanizmini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish.
Shuningdek, transport ta’limi tizimini zamonaviy uskunalar va inventar, o‘quv materiallari, kompyuter texnologiyalari, yuqori sifatli internet aloqalari bilan ta’minlash;
6. Statistik ma’lumotlarning oshkoraligini ta’minlash lozim;
7. Aholi uchun yo‘lovchi transporti xizmati sifat darajasi va foydalanish imkoniyatini oshirish;
Shuningdek, bugungi kunda yo‘lovchi transporti sohasidagi eng muhim muammolardan biri – bu aholiga transport xizmatlaridan foydalanish darajasining yetarli emasligi.
Respublikada o‘rtacha 10 ming aholiga 2,3 ta litsenziyaga ega avtobus, 1 ta mikroavtobus va 12 ta Damas avtomashinalari to‘g‘ri keladi, bu juda past ko‘rsatkich hisoblanadi. 4426 yo‘lovchi tashish yo‘nalishlaridan 663 tasi (14 %ga yaqin) bugungi kunda xizmat ko‘rsatmayapti, shu jumladan, 349 ta avtobus yo‘nalishi va 314 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari ham [5].
|
| |