13-Mavzu: Amaliy dasturlar paketlari




Download 53.51 Kb.
bet1/4
Sana17.05.2023
Hajmi53.51 Kb.
#60909
  1   2   3   4
Bog'liq
13-Mavzu Amaliy dasturlar paketlari
ENG V2 N2 006, 3, Avtokorxona texnika xavfsizligi qoidalarini o, 1. Organik kimyo kirish, Menejment va marketing, Dunyo brendlaring reklama kompanyasi, Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, ba (4), O‘RQ-637 23.09.2020, “Kichik guruhlarda ishlash” usuli, Документ Microsoft Word, Taqvim ish reja (lotin)2, axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash, IQTISODIYOT NAZARIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA UNDAGI ASOSIY TA’LIMOTLAR, INKLYUZIV TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI

13-Mavzu: Amaliy dasturlar paketlari



      1. Amaliy dastur paketlarining tasniflanishi



Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchilarning aniq masalalarini hal etish dasturlari majmuasidan iborat.
Amaliy dasturiy ta’minot: amaliy dasturlar, amaliy dasturlar paketi va mutahassislik dasturlaridan tashkil topadi.
Amaliy dasturlar ixtiyoriy foydalanuvchining amaliy masalalarini hal etgan holda boshqa amaliy dasturlar bilan aktiv aloqada bo‘lmaydi. Ushbu dasturlardan foydalanish texnologiyasi bir-biridan tubdan farq qiladi. Bunday dasturlaga Corel Draw, Adobe Fotoshop, Winamp va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin [35].
Amaliy dasturlar paketi ixtiyoriy foydalanuvchining amaliy masalalarini hal etgan holda boshqa ushbu dasturiy paketga mansub amaliy dasturlar bilan aktiv aloqada bo‘ladi. Ushbu paketga kiruvchi dasturlardan foydalanish texnologiyasi bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Bitta dasturiy paketga kiruvchi amaliy dasturlar o‘rtasida o‘zaro aloqalar o‘rnatish ham mumkin. YA’ni, bir amaliy dasturda axborotni qayta ishlash natijasida olingan natijalar avtomatik tarzda boshqa amaliy dasturda tayyorlangan hujjatlarda aks ettiriladi. Amaliy dasturlar paketiga misol tariqasida hozirda keng omma tomonidan samarali qo‘llanilayotgan Microsoft Office paketini keltirish mumkin.
Mutahassislik dasturlari ma’lum soha (buxgalteriya, soliq, meditsina va boshqalar) axborotini qayta ishlashga qaratilgan amaliy dastur hisoblanadi. Ushbu dastur bir nechta modullardan tashkil topgan bo‘lib, har bir modul soha bo‘yicha aniq bir masalani hal etishga qaratilgan. Ko‘rinib turibdiki, mutahassislik dasturlaridan faqat soha mutaxassislari foydalanishlari mumkin. SHu sababli ham mutahassislik dasturlari mutahassisning avtomatlashtirilgan ish joyi deb ham ataladi. Bunday dasturlarga misol tariqasida 1S-Buxgalteriya, Bank-Mijoz va boshqalarni keltirish mumkin.
Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchilarning aniq bir masalalarini ishlab chiqish va bajarish uchun mo‘ljallangan. Amaliy dasturiy ta’minot operatsion tizimlar boshqaruvi ostida ishlaydi. Amaliy dasturiy ta’minot tarkibiga quyidagilar kiradi:

    • turli vazifalardagi amaliy dasturlar paketi;

    • foydalanuvchi va axborot tizimlari umumiy ish dasturlari.

ADP odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va u bundan keyingi aniq yo‘nalishda rivojlanadi.
Amaliy dasturlar paketi - bu muayyan sinf masalalarini hal etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmuidir. Barcha amaliy dastur paketlarini uch guruhga ajratish mumkin: operatsion tizimlar imkoniyatlarini kengaytiruvchi paketlar, umumiy belgilanishdagi paketlar, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimida ishlashga mo‘ljallangan paketlar.
Amaliy dasturlar paketi dasturiy ta’minlanishning eng dinamik rivojlangan qismidir : Amaliy dasturlar paketi yordamida hal qilinayotgan masalalar doirasi doimo kengaya boradi.
Hozirgi vaqtda o‘z funksional imkoniyatlari va amalga oshirish usullariga ko‘ra farqlanuv amaliy dasturlar paketlarining keng spektori mavjud.
Amaliy dasturlar paketlarining quyidagi turlari farqlanadi:

    • umumiy vazifadagi (universal);

    • uslubiy yo‘naltirilgan;

    • muammoli yo‘naltirilgan;

    • EHM global tarmoqlari;

    • hisoblash jarayonini tashkil etish (ma’muriylashtirish). Amaliy dasturlar paketlarining tasniflanishi 8.1-rasmda berilgan.






    1. -rasm. Amaliy dastur paketlarining tasniflanishi

Umumiy vazifali amaliy dastur paketlari - bu universal dasturiy mahsulotlar bo‘lib, axborot tizimlari va foydalanuvchilarning funksional masalalarini ishlab chiqishni va ishga solishni avtomatlashtirishga qaratilgan.


Integrallashtirilgan paketlar deb umumiy ishlarga mo‘ljallangan amaliy dastur paketlaridagi dasturlarning xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan amaliy dasturlar paketlariga aytiladi. Zamonaviy integrallashtirilgan amaliy dasturlar paketlari o‘z ichiga quyidagilarni kiritadi: matn tahrirlagichi, elektron jadval, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, kommunikatsion (ulovchi) modul va boshqalar.
Integrallashtirilgan paketlarga qo‘shimcha modul sifatida fayllarning eksport-import tizimi, kalkulyator, kalendar, dasturlash tizimlarini kiritish mumkin.
Uslubiy yo‘naltirilgan amaliy dasturlar paketlarining farqi shundaki, ularning algoritmik asosi masala echimining qandaydir ma’lum bir iqtisodiy - matematik usuliga asoslangandir. Bunday amaliy dasturlar paketlariga quyidagi usullarni kiritish mumkin:

    • matematik dasturlash (chiziqli, dinamik, va bosh.);

    • tarmoqli rejalashtirish va boshqarish;

    • ommaviy xizmat ko‘rsatish;

    • matematik statistika.

Uslubiy yo‘naltirilgan paketlar qo‘llanish sohasidan qatiy nazar, masalaning umumiy holdagi echimini beradi. Uning namunasi sifatida chiziqli dasturlash va tarmoqli rejalashtirish paketlarini ko‘rsatib o‘tish joizdir. Masalan, tarmoqli rejalashtirish amaliy dasturlar paketlari korxona, bo‘lim, sex, laboratoriya ish rejalarini shakllantirish imkoniyatini beradi. U jadval shaklida ifodalanib, unda har bir ish qachon boshlanib, qachon tugashi, ularni amalga oshirish uchun qancha va qanday zaxiralar kerakligi ko‘rsatiladi[19,20].
Muammoga yo‘naltirilgan amaliy dasturlar paketlari - bu eng keng tarqalgan amaliy dasturlar paketlardir. Umumiy holda muammoga ynaltirilgan amaliy dasturlar paketlar deb halq xo‘jaligi, fan va texnikaning biror bir sohadagi mavjud muammoni echishga qaratilgan amaliy dasturlar paketlarga aytiladi. Bunday amaliy dasturlar paketlarning juda ko‘p turlari ichidan sanoatda va nosanoat sohasida boshqarish funksiyasini avtomatlashtirishga qaratilgan amaliy dasturlar paketlarni ko‘rib chiqamiz.
Hozirgi kunning eng dolzarb masalasi – integrallashgan axborot tizimlarni yaratish masalasidir. Uning asosiy maqsadini qisqacha qilib
«Mijoz-server» (client\server) deb aytish mumkin. Uning asosiy ma’nosi mijoz-foydalanuvchi uchun u istagan har qanday xizmat servisini bajo keltirishdir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, zamonaviy G‘arb bozorida iqtisodiy ishlab chiqarish faoliyatini avtomatlashtiradigan juda ko‘p amaliy dasturlar paketlari mavjud. Ularni shartli ravishda 4 guruhga ajratish mumkin.
Katta yoki o‘rtacha korxonaning hamma faoliyatini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan umumiy vazifalarga qaratilgan integrallashgan amaliy dasturlar paketlar kompleksi. Bularga yuqori narxli ko‘p funksional mahsulotlar hisoblanuvchi quyidagilar kiradi : R\3 (SAP), ORACLE, ADP
«Galaktika» va boshqalar.
Ma’lum turdagi ishlab chiqarishni boshqaruvchi ilovalar komplekti. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin : EDWARDS, BAAN, PRIZM va hokazo.
Ixtisoslashgan dasturiy mahsulotlar: MMDS, MES ishlab chiqarishni moslashuvchan qiluvchi, uni bozor talablariga moslashuvini tezlashtiruvchi, sexlar ishini nazorat qiluvchi amaliy dasturlar paketlar.
Mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi hamma jarayonlar buyum detallarini loyihalashdan boshlab to foydalanuvga tayyor mahsulotni olguncha bo‘lgan paytining zanjirini boshqaruvchi amaliy dasturlar paketlar: ERP tizimlari va boshqalar.
Ko‘pchilik muammoga yo‘naltirilagn amaliy dasturlar paketlar kompleksining narxi juda qimmat (ba’zan 1mln. dollardan ham yuqori). Lekin shunga qaramay, ko‘pgina G‘arb firmalari o‘z ish jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida muammoga yo‘naltirilgan kompleks amaliy dasturlar paketlardan unumli foydalanish yo‘lidan bormoqdalar.
Nosanoat sohasidagi muammoga yo‘naltirilgan amaliy dasturlar paketlarga qo‘yiladigan talablar ham sanoat sohasidagi amaliy dasturlar paketlarga qo‘yiladigan talablarga ko‘pchilik hollarda mos tushadi: ko‘p satxli integrallashgan tizimlarni yaratish.
Muammoga yo‘naltirilgan amaliy dasturlar paketlari ma’lum bir sohadagi muammoni amalga oshirishga mo‘ljallangan. Masalan, buxgalteriya hisobi amaliy dasturlar paketi EHM da quyidagi ishlarni amalga oshirishga imkon beradi: ish xaqi hisobi, turli vedomostlarni shakllantirish, har bir xizmatchining har oyga hisob kvitansiyasini chop etish va hokazo.
SHaxsiy EHM ning ko‘pgina amaliy dasturlar paketlari ham muammoga yo‘naltirilgan paketlar turkumiga kiradi. Paketning asosiy maqsadi biror muammoni echishda foydalanuvchini EHM bilan «do‘stona aloqa» muhitini yaratishdan iborat bo‘lib, u muloqot shaklida tashkil etilib, uning tezligi foydalanuvchini qoniqtiradigan bo‘lishi kerak.
Amaliy dasturlar paketlari alohida modullardan, etakchi dasturdan ko‘pgina «monitor» deb ataluvchi etakchi dastur amaliy dasturlar paketlarni modullar ishini tashkil etadi. Foydalanuvchining ko‘rsatmalariga ko‘ra boshqaruvchi dastur kerakli modullarni tanlaydi va ishchi dasturni shakllantiradi. Ishchi dastur to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanuvchi vazifasini bajaradi, chiqish sonlarini kerakli shaklda tayyorlaydi va ularni foydalanuvchiga taxlil uchun chiqarib beradi. Kerakli amaliy dasturlar paketlarni chaqirish va u yordamida kerakli axborotni qayta ishlash operatsion tizim boshchiligida amalga oshiriladi.
Ayrim muammo sohaga tegishli amaliy dasturlar paketlariga AO Diasoft firmasi mahsulotlari : buxgalteriya hisoboti, moliya menejmenti, xuquqiy tizimlar va h.k. kiradi.
Moliyaviy menejment amaliy dasturlar paketlari firmalar faoliyatini moliyaviy rejalashtirish va taxlil qilish zaruriyati orqasida paydo bo‘ldi. SHu sinfga mansub bo‘lgan amaliy dasturlar paketlar EDIP (Sentrinvest
Soft), Alt moliyaviy (Alt), moliyaviy taxlil (Info-Soft) FOCCAL (Sentrinvest Soft) larni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Xuquqiy ma’lumotnomalar tizimlari amaliy dasturlar paketlari uzluksiz ravishda to‘lib boruvchi katta miqyosdagi qonunshunoslik axborotlari bilan unumli ishlash uchun xizmat qiladi. Bunday amaliy dasturlar paketlarga
«Konsultant Plyus», «Garant», «Pravo» va boshqalar kiradi.
Keng qamrovli hisoblash tarmoqlarining asosiy vazifasi foydalanuvchining xudud bo‘yicha yoyilgan umumtarmoq zahiralariga ma’lumotlar bazasiga, axborot uzatishga va boshqa ishlarga qulay, puxta erishish imkoniyatiga ega bo‘lishdir.
Misol tariqasida keng qamrovli Internet tarmog‘ida ishlatiladigan standart amaliy dasturlar paketlarni keltirish mumkin:

    • to‘g‘rilash va kiritish vositalari - Nets Cape, Internet Explorer;

    • elektron pochta (Mail), masalan Eudora.

Bank faoliyatidagi halqaro tarmoqlarda ma’lumotlarni tayyorlash va uzatish uchun quyidagi standart amaliy dasturlar paketlar keng tarqalgan: Swift, Sprint, Reuters.
Hisoblash jarayonini ma’muriylashtirishni tashkil etishni ta’minlash uchun 50 % dan ortiq dunyo tizimlaridagi EHM larning lokal va global tarmoqlarida Bay Networks (AQSH) firmasining amaliy dasturlar paketlaridan foydalaniladi, ular ma’lumotlari, kommutatorlar, konsentratorlar, marshrutizatorlar, xabarlar grafiklarini ma’muriylashtirishni boshqaradi.
SHunday qilib, tizimli va amaliy dasturlar ta’minoti foydalanuvchining dasturlari uchun axborotni qayta ishlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Undan tashqari amaliyotda ba’zan shunday asl nusxa masalalar uchraydiki, ularni echish uchun amaliy dasturlar paketlari qo‘l kelmaydi. Bunday hollarda ushbu masalalarni echish uchun masalani echish shartlarini inobatga oluvchi maxsus dastur tuziladi va EHM da echiladi.

  1. Download 53.51 Kb.
  1   2   3   4




Download 53.51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



13-Mavzu: Amaliy dasturlar paketlari

Download 53.51 Kb.