• Bolalar bog’chasida tabiat burchagi
  • Tabiat burchagi uchun hayvon va o’simliklarni tanlashga qo’yilgan talablar
  • Mavzu: Tabiat bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni rivojlantirish




    Download 324.5 Kb.
    bet1/2
    Sana09.03.2024
    Hajmi324.5 Kb.
    #169182
      1   2
    Bog'liq
    Tabiat bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni rivojlantirish 2
    Инновацион педагогик технологияларнинг мустақил таълимдаги аҳамияти, шпоры на госник сбор и подготовка, 632235-results-karakalpakstan-grade-6-1, Slayd Abdurahimova.N, 0202, -5307951, Abdunazarov Abdurashid 2F1 Optika, Moliya HUQUQIDAN USLUBIY MAJMUA, Xosmas integral, audit kurs ishi norbek, Rustamova Z, 12 tajriba ishi, 1 ПАТОК 2 СЕМЕСТР BOLALAR PSIXOLOGIYASI ЯКУНИЙ НАЗОРАТ САВОЛЛАРИ, vazifa 1 , Uskunaviy dasturlar

    Mavzu: Tabiat bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni rivojlantirish
    1. Bolalar bog’chasida tabiat burchagi
    2.Tabiat burchagini tashkil etishda tarbiyachining ro’li
    3. Tabiat bilan tanishtirish uchun bolalar bog’chasining tabiat burchagi va yer maydonchasining ta`lim-tarbiyaviy ahamiyati

      1. Bolalar bog’chasida tabiat burchagi

    Bolalar bog’chasi bolalarni tabiat bilan tanishtirish, tabiat bilan doimo bevosita munosabatda bo’lishni talab qiladi. Buni ta’minlovchi shartlardan biri bolalar bog’chasida tabiat burchagiga ega bo’lishdir. Biroq butun bolalar muassasasi uchun umumiy tabiat burchagiga ega bo’lish yanada yaxshiroq. Unda yoshlar guruhlari tabiat burchaklarida yashovchi hayvonlarni to’ldirib turishda foydalanish mumkin.
    Bolalarning tabiat burchagidagi mehnati hamda o’simlik va hayvonlarni kuzatishlari butun yil davomida ( qishda, kech kuzda va erta bahorda) tashkil etiladi.
    Tabiat burchagi bolalarning diqqatini burchakda yashovchi bir necha hayvonlarga, ularning o’ziga xos belgilarga qaratish va shu bilan bolalarning anchagina chuqur, mustahkam bilimga ega bo’lishlariga imkon yaratadi. Bevosita tabiatda bolalar uchratadigan hayvonlar va o’simliklarning xilma-xilligi hayvon va o’simliklar hayotidagi umumiy ahamiyatli hamda qonuniylikni ajratib ko’rsatishni qiyinlashtiradi. Cheklangan miqdordagi maxsus tanlangan ob’yektlar bilan tabiat b urchagida tanishtirish bu murakkab va muhim vazifani hal etish imkonini beradi.
    Tabiat burchagi uchun hayvon va o’simliklarni tanlashga qo’yilgan talablar:

    1. O’simlik yoki hayvon u yoki bu sistematik yoki ekologik guruh uchun mos bo’lishi zarur. Bunday holda bolalarning o’simlik yoki hayvonlarning katta guruhi uchun xarakterli bo’lgan asosiy, o’ziga xos belgilari, yashash sharoiti yoki tarzlari bilan tanishtirish imkoni yaratiladi.

    2. Tabiat burchagida yashovchilarni parvarish qilish mehnatning sifati, xarakteri, unga sarflanadigan kuch va vaqtga ko’ra maktabgacha yoshdagi bolalarning qo’lidan keladigan bo’lishi lozim. Shuning uchun bola “beor” o’simlik va ovqatni tanlamaydigan hayvonlar tanlanadi.

    3. Tabiat burchagida hayvon va o’simliklar tashqi ko’rinishidan yorqin, jozibador, maktabgacha yoshdagi bolaning hali unchalik barqaror bo’lmagan diqqatini o’ziga jalb qilib tura oladigan bo’lib turishi kerak.

    4. Bir turdagi o’simlik va hayvonlarning bir necha xil mavjud belgilarigina emas, balki yakka belgilarini ham ko’ra oladilar. Bu bolalarning tirik organizmlarning xilma-xilligi hamda takrorlanmasligini anglashlariga olib keladi.

    5. O’simlik va hayvonlar tamoman xavfsiz bo’lishi, bolalarning sog’liqlariga zarar yetkazmasliklari zarur.

    6. O’simlik va hayvonlarning bolalar muassasasi binosidagi normal hayot faoliyati o’sishi va rivojlanishida doimiy temperaturasini, quruqligi, shovqin-suronning mavjudligini hisobga olish lozim.

    O’simlik va hayvonlarni tabiat burchagiga joylashtirishda birinchi navbatda ularning biologic xususiyatlari hamda ehtiyojlarini nazarda tutishiga e’tibor berish lozim. Shu bilan birga tabiat burchagi ko’zni quvontiruvchi, inter’yerni berishi lozim. Bu nihoyat ob’yektlarni shunday joylashtirish lozimki, bolalar ularning yoniga bemalol kela olishlari, tabiat burchagini kuzata olishlari va unda mehnat qila olishlari lozim.
    Bolalar bog’chasi tabiat burchagida doimo yashovchilar – xona o’simliklaridir. Ular inson uyini qadimdan bezab kelganlar.
    Akvarium baliqchiligi tabiat burchagi uchun an’anaviydir. Akvariumda mahalliy suv havzalarining baliqlari ham (tovon baliq, qizil qanot, ilon baliq, ekzotik issiqsevar chiroyli baliqchalar), guppi, ekolyorey va boshqalar ham yashashlari mumkin. Baliqlarni kuzatish xilma-xildir, ularni parvarish qilish mehnati esa maktabgacha turli yoshdagi bolalarning (boqish, akvariumni tozalash) qo’lidan bemalol keladi.
    Tabiat burchagida qushlarning yashashi maqsadga muvofiqdir. Agarda yaxshi parvarish qilinsa, ular o’zlarini yaxshi xis qiladilar, sayraydilar, xatto bola ochadilar. Bolalar ularni zo’r qiziqish va muhabbat bilan parvarish qiladilar, ularga don beradilar, qafaslarning ozoda bo’lishini kuzatib boradilar.
    Qushlarni parvarish qilish mehnati tarbiyachiga bolalarda hayvonlarga nisbatan ehtiyotkorona va g’amho’rlik bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalash imkonini beradi.
    Sudralib yuruvchilar hamda quruqlikda va suvda yashovchilar terrariumda saqlanadi. Tayyor terrariumdan tashqari turli idishlardan , eski akvariumlardan foydalanish mumkin. Ularning ustidan dao yoki mayda metal to’t qoplash kifoyadir. Terrarium hayvonning biologic xususiyatiga ko’ra tayyorlanadi.

    Download 324.5 Kb.
      1   2




    Download 324.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Tabiat bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni rivojlantirish

    Download 324.5 Kb.