• Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari jarayonida
  • Agar tasviriy faoliyatning turlari
  • 8. “Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida faoliyat markazlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni sezish qobiliyatlarini rivojlantirishni tashkil qilish




    Download 238.31 Kb.
    Sana16.09.2023
    Hajmi238.31 Kb.
    #82094
    Bog'liq
    8. “Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida faoliyat markazlarida
    Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)

    8. “Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida faoliyat markazlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni sezish qobiliyatlarini rivojlantirishni tashkil qilish
    Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat vositasida bolalarning estetik qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyachining o‘rnibeqiyos. U chuqur bilim va yuqori malakaga ega bo‘lishi, buning uchun muntazzam ravishda o‘z ustida ishlashi, o‘zining ilmiy nazariy saviyasini tinimsiz ko‘tarishi, ilg‘or tajribalarga tayanishi kerak.
    Davlat umumilliy dasturi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni ham shaklan, ham mazmunan zamon talablariga moslashtirish, ta’lim sifatsamaradorligini uzluksiz takomillashtirib borishga yo‘naltirildi.
    Т asviriy faoliyati bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasasi dasturi va maktabda tasviriy san’at dasturi bolalarda tevarak atrofga nisbatan, san’at bolalarda estetik munosabatni tarbiyalash ijodiy qobiliyat va tasvirlashlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mashg‘ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishlari uchun zarur bo‘lgan vazifalar xal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning analiz, sintez, takrorlash, konkretlashtirish kabilar shakllanadi. Shuningdek bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysundirishga o‘rganadilar. Bolalar maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyati mashg‘ulotlari bolalarda, o‘quv faoliyatida zarur bo‘lgan malaka ko‘nikmalarni shakllantiradi.
    Maktabgacha ta’lim muassasalarining tasviriy faoliyat birlamchi yo‘nalishi maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy-estetik tarbiyalash hisoblanadi.
    Bu yo‘nalishning samarasi estetik yo‘nalishning barcha vositalarini (teatr, musiqa, badiiy adabiyot, rasm chizish, applikatsiya va boshq.) kompleks tarzda qo‘llanilgandagina aniq bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tiladigan “Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari bolalarga beriladigan estetik tarbiya masalalarini yechishda katta ahamiyatga ega. Chunki tasviriy faoliyat o‘z xususiyatiga ko‘ra badiiy faoliyat hisoblanadi. Badiiy faoliyat mashg‘ulotlarining barcha turlari bolalarda go‘zallikni bilish uchun, borliqqa emotsional-estetik munosabatni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi.
    Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari jarayonida:
    Badiiy didni tarbiyalash;
    Amaliy badiiy faoliyat va malakalarni rivojlantirish;
    Fantaziya, ijodiy fikrlash va tasavvur qilish, idrok qilishni rivojlantirish;
    Qo‘lning aniq harakatlari va barmoqlarning mayda motorikasini rivojlantirish;
    Kasbiy badiiy-ijodiy faoliyat kurtaklarini namoyon bo‘lishi uchun imkon yaratish kabi ta’limiy va tarbiyaviy masalalar hal etib boriladi.
    Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturining tuzilishi va mazmunining tahlilidan ayonki, kichik guruhlardan boshlab eng ko‘p vaqt tasviriy faoliyatga ajratilgan.
    Agar tasviriy faoliyatning turlari
    rasm (2soat),
    applikatsiya (0,5 soat),
    qurish-yasash (0,5 soat)
    loy ishini (1 soat) qo‘shib hisoblasak, jami 4 soatni tashkil etadi.
    Haftalik yuklama 12 soatni tashkil etilishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, tasviriy faoliyat barcha faoliyatlarning uchdan bir qismini tashkil etadi.
    Demak, tasviriy faoliyat integrativ mazmun kasb etuvchi eng katta bo‘lim hisoblanadi va faoliyatning boshqa turlari bilan mantiqiy va didaktik bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Bu omil tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari mazmuni va metodikasini faoliyatning boshqa turlariga hamohang tarzda takomillashtirib borish lozimligini anglatadi.
    Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarda bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, san’at asarlarini bilan rasmga qarab hikoya qilish; maktabda esa tasviriy san’atning turlari rang tasvir, grafik, haykaltaroshlik va dekorativ san’at asarlari bilan yanada chuqurroq tanishadilar. Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari xilma-xildir: rasm chizish, loy, applikatsiya, qurish-yasash mashg‘ulotlari hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida keltirilgan mashg‘ulotlarning hammasiga katta ahamiyat beriladi. Boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli hal etilishi, maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan tasvirlash faoliyati mashg‘ulotlari bilan uzviy ravishda olib boriladi.
    Download 238.31 Kb.




    Download 238.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8. “Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida faoliyat markazlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni sezish qobiliyatlarini rivojlantirishni tashkil qilish

    Download 238.31 Kb.