• Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o‘rgatish.
  • Applikatsiya qog‘ozda kompozitsion uquvni bilishga sharoit yaratadi.
  • O‘rta guruhda applikatsiyaga o‘rgatish
  • Applikatsiya-amaliy san’at turi sifatida. Mtmda applikatsiya turlari reja




    Download 24,68 Kb.
    bet1/3
    Sana22.12.2023
    Hajmi24,68 Kb.
    #127161
      1   2   3
    Bog'liq
    Applikatsiya


    Applikatsiya-amaliy san’at turi sifatida. 
    MTMda applikatsiya turlari
    REJA:
    1. Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o‘rgatish.
    2. O‘rta guruhda applikatsiya qilishga o‘rgatish.
    3. Katta guruhda applikatsiya qilishga o‘rgatish.
    4. Tayyorlov guruhida applikatsiya qilishga o‘rgatish.


    Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o‘rgatish.
    Applikatsiya ishiga o‘rgatishning asosiy maqsadi–tevarak-atrofdagi borliqni tasavvur qilishda bolalarga yordam berish.
    Applikatsiya so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «joylashtirish» degan ma’noni anglatadi. Applikatsiyada ishlatiladigan ashyo o‘ziga xosligi bilan ajraladi. Qog‘oz, somon, quritilgan o‘simlik o‘ramga joylashtirilib, turli xil yelim bilan yelimlanadi. Mato, charm, jun, paxmoq – ularga esa tikiladi.
    Applikatsiya bir xil rangli yoki rangli bo‘ladi. Bir xil applikatsiya grafik tus bersa, ko‘p ranglisi esa go‘zallik. Uni ham buni ham badiiylik bo‘ladi. Applikatsiyaing chamalash asosiy belgisi bo‘lib hisoblanadi.
    Applikatsiya qog‘ozda kompozitsion uquvni bilishga sharoit yaratadi.
    Tarbiyalanuvchi tayyorlagan applikatsiya ishi estetik talabga javob berishi kerak. Applikatsiya predmetning umumiy, tipik va individualdan belgisini ko‘ra olishiga o‘rgatadi, ularni o‘zaro bog‘liqligi, butun, qismlar, simmetrik chamalash rivojlanadi, predmetning shaklini, rangini bosqichma–bosqich ko‘rsatish malakasini ko‘rsata oladi.
    Мaktabgacha ta’lim muassasasida applikatsiya mashg‘ulotlari birinchi kichik guruhdan boshlab olib boriladi. Bu guruhda barcha mashg‘ulotlarda bolalar kattalar tomonidan qilib berilgan tayyor shakllarni qog‘ozga to‘g‘ri, turli xil joylashishda terib chiqib va yopishtirshga qaratilgandir. Bu guruhda asosiy vazifa - bolalarni yelimlash usullarini o‘rgatishdir.
    O‘rta guruhda applikatsiyaga o‘rgatish
    Bola hayotining 5yoshida ham psixologik, ham jismoniy tomondan o‘sadi. Bu esa bolaning applikatsiya bo‘yicha bajaradigan ishning sifat jihatidan o‘zgarishiga olib keladi.
    Bolalar tuzilish jihatdan ancha murakkab bo‘lgan predmetlarni tasvirlashga o‘rganadilar. O’rta guruh bolalari kichik guruhga nisbatan malaka va ko‘nikmalarini ancha egallagan bo‘ladilar. Bu guruh bolalari 2-3 qismli emas, balki 4-5 qismdan iborat predmetlarni tuzishga o‘rganadilar. Dastlab, bu guruhga qaychi bilan ishlash kiritiladi. Bolalar qaychini to‘g‘ri ushlashga, uni richagini yopishga va ochish to‘g‘ri qirqim olishga o‘rganadilar. Buning uchun oldin eskiz, keyin esa enli yoki keng qog‘oz lentalar qirqishga o‘rganadilar. Bu guruhda bolalar yelimlash malakasini egallashi davom ettiradilar.
    Bola hayotining bu davrida doira, kvadratdan tashqari uchburchak, oval, o‘zun to‘g‘ri to‘rtburchakni biladilar. Trapetsiya shaklini esa kichik guruhda bo‘lgani kabi obrazli tasvirida davom etadi. Masalan: tom, qayiqcha, kichik guruhga yana qo‘shimcha havo rang, pushti, kulrangni sezishga va to‘g‘ri aytishga o‘rganadilar. Ular qog‘oz varog‘ida tez va osonlik bilan mo‘ljal olishga o‘rganadilar. Bolalar qaychi bilan ishlashni darhol o‘zlashtira olmaydi. Shuning uchun tarbiyachi qaychi bilan ishlashga o‘rgatishda dastlab enli, ensiz kesmalar qirqishga o‘rgatib, mashqlantiradi. Har bir applikatsiya mashg‘ulotlarining mavzu va mazmuni turlicha bo‘lishi lozim.

    Download 24,68 Kb.
      1   2   3




    Download 24,68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Applikatsiya-amaliy san’at turi sifatida. Mtmda applikatsiya turlari reja

    Download 24,68 Kb.