Katta guruhda applikatsiya qilishga o‘rgatish




Download 24,68 Kb.
bet2/3
Sana22.12.2023
Hajmi24,68 Kb.
#127161
1   2   3
Bog'liq
Applikatsiya

Katta guruhda applikatsiya qilishga o‘rgatish.
Katta guruhlarda ko‘pincha mashg‘ulotining ma’lum bir qismi ikki va undan ortiq bolalar bilan birga ishlaydigan jamoa ish sifatida tashkil etish lozim. Bolalar birgalikda oldida turgan vazifani muhokama qiladilar, ish tartibini rejalashtirishadi, bir-birlariga yordam ko‘rsatadilar.
Applikatsiya mashg‘uloti shartsiz ravishda bolalarda ijodiy qobiliyatlarining o‘sishga ta’sir ko‘rsatadi. Bola hayotining 6-yilida kuzatishlar, o‘yin sensor tarbiyaning ta’siri ostida bolalarda predmetning rangi, shakli, kattaligi va boshqa sifatlari to‘g‘risida bilim va tasavvurlari shakllana boradi.
Bu yoshga kelib bolalarda tasviriy o‘quvi va texnik usullari mavjud bo‘ladi, qo‘l muskullari rivojlangan bo‘lib, qaychi bilan qiladigan harakatlari ancha aniq va ishonchli bo‘ladi, bu esa o‘z-o‘zidan applikatsiyaga o‘rgatishning ancha murakkab vazifalarini hal etishni taqozo etadi.
Applikatsiya jarayonida figuralarni bir-biri bilan taqqoslashga o‘rganadilar, baland-past, keng-tor ya’ni qalin-ingichka kabi tushunchalarni egallab, tushunib boradilar. Shuningdek, qog‘oz varag‘ini mo‘ljallay bilish bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalar, tepada, pastda, o‘rtasida, ketma-ket tushunchalarni egallashga harakat qiladilar. Bu ishda bolalarni qaychi bilan qirqish usullariga o‘rgatib borish davom ettiriladi. Bu bilan o‘rgatib borish davom ettiriladi, bu bilan bolalar o‘rta guruhda egallagan qirqish usullarini takrorlab, mustahkamlaydilar va yangi kirqish usullarini egallaydilar. Bular quyidagilar: qog‘ozni 2 buklab bir xil shakllar qirqish usuli, simmetrik shakllarini ham bir necha marta buklab (garmoshka qilib taxlab) qirqishga o‘rganadilar. Masalan: gullar, barglar va hokazo.
Bu guruhda tarbiyachi bolalarning diqqatini doimo ishning sifatiga qaratib boradi. Chunki qirqish va yopishtirishning sifati butun bir ishning, applikatsiyaning sifatiga ta’sir etadi. O‘quv yilining boshida bolalar bilan doiraviy shakllarni qirqish ustida ishlanadi, chunki bolalar bu usulni o‘rta guruhda yetarli darajada egallamagan bo‘ladilar. Bolalar predmetlarni qismlarga bo‘lib, qirqib yopishtirishni o‘rgangach, ularning qirqishning ratsional usuli, ya’ni garmoshka usulida qog‘ozni buklab qirqishga o‘rganadilar.

Download 24,68 Kb.
1   2   3




Download 24,68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Katta guruhda applikatsiya qilishga o‘rgatish

Download 24,68 Kb.